Nolgripp Djunior rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 5 ml quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 125 mg            paratsetamol                            BF; 5 mg                fenilefrin gidroxloridi   BF; 1 mg                xlorfeniramin maleati       BF; yordamchi moddalar: polietilenglikol, glitserol, sorbitol, metilparaben, propilparaben, natriy saxarin, karmuazin bo‘yovchisi, qulupnay aromatizatori, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, fenilefrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati.

Preparatning savdo nomi:

Nolgripp Djunior

Farmakalogik guruhi:

analgetik-antipiretik.

Dori shakli:

sirop

pushti rangli sirop

analgetik-antipiretik.

N02BE51

Nolgripp Djunior paratsetamol saqlaydi, bu me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va uning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga preparat qabul qilinganidan keyin  2 soat o‘tgach erishiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan glyukuronid va sulfat kon’yugatlari ko‘rinishida chiqariladi. 5% dan kamrog‘i siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1-4 soat. Odatdagi terapevtik dozalarda plazmadagi bog‘lanishi salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Juda kam miqdorlarda hosil bo‘ladigan gidroksil guruhi qo‘shilgan metabolitlari jigarda glyutation tomonidan zaharsizlantiriladi, jigar funktsiyasi buzilishida ular jigarda to‘planishi mumkin. Fenilefrin me’da-ichak yo‘llarida to‘liq so‘riladi. Organizmning barcha to‘qimalari va suyuqliklariga taqsimlanadi va jigarda sekin metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Podagra va jigar kasalliklarida, fenilefrin muntazam bo‘lmagan so‘rilishda va jigardan birlamchi o‘tishida monoaminooksidazagacha o‘zgarishi natijasida  past bioekvivalentlikka ega. Xlorfeniramin maleati me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 1-4 soatda erishiladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga chiqadi. Xlorfeniramin plazma oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanadi va organizmda metabolizmga uchraydi. Asosan metabolitlari sifatida siydik bilan chiqariladi.

Nolgripp Djunior siropi burun bitishi, allergik rinit, tumov, aksirish, ko‘zni yoshlanishi, burun yoki tomoq qichishi, sinusit, gripp, shamollash, bosh og‘rig‘i, tanada og‘riq va gripp bilan bog‘liq bo‘lgan isitmada qo‘llanadi.

6-12 yoshli bolalarga: 10 ml dan kuniga  3-4 marta. 2-6 yoshli bolalarga: 5 ml dan kuniga 3-4 marta. 1-2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 2,5 ml dan kuniga 3-4 marta buyuriladi.

Paratsetamolni nojo‘ya ta’sirlari gematologik reaktsiyalar, jumladan, trombotsitopeniya, patsitopeniya, neytropeniya va agranulotsitoz aniqlangan bo‘lsada, odatda kam hollarda va sust kechadi. Terini qizarishi, uyqusizlik va o‘ta yuqori sezuvchanlikni boshqa reaktsiyalari aniqlangan. Fenilefrinni yuzaga chiqishi  mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalari asabiylashish, uyqusizlik, dam olmaslik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, me’dada achishishni o‘z ichiga oladi. Bu reaktsiyalar kam hollarda va xatto davolash to‘xtatilganda ham uchrashi mumkin. Prostata bezini gipertrofiyasi bo‘lgan patsiyentlarda siydikni tutilishi aniqlanishi mumkin. Xlorfeniraminni eng ko‘p uchraydigan umumiy nojo‘ya reaktsiyasi bu holsizlik. Boshqa samaralari kam uchraydi. Me’dadagi achishishni ovqatni suyuqlik yoki ichimliklar bilan qabul qilish orqali bartaraf etish mumkin.

Preparatning biron-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik, glaukoma, MAO ingibitorlarini qabul qilayotgan va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.

Nolgripp Djunior fenobarbital, varfarin, fenotiazinlar, monoaminooksidaza ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, bilvosita yoki aralash simpatomimetik vositalar, bezovtalik va uyqusizlikni davolash uchun vositalar, xinolonlar, depressiyani davolash uchun vositalarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Paratsetamol buyrak va jigar funktsiyasini yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Shuningdek jigar funktsiyasiga ta’sir qiluvchi preparatlar qabul qilinganida ham ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Preparat antigistamin komponent xlorfeniramin maleatini saqlaydi, uni sedativ ta’sir qiluvchi preparatlar va alkogol bilan birga qo‘llash, antigistamin komponentining ta’sirini oshirishi mumkin. Preparatni MNT rag‘batlantiruvchilari bilan, ayniqsa bolalarda qabul qilish, shu bilan birga tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas. Bu holsizlik va uyquchanlikka olib kelishi mumkin. Preparat qabul qilinganida avtotransportni haydash va boshqa mashinalarni boshqarishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Doza oshirib yuborilgan hollatlarda me’dani yuvish, usuli kabi qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish (bolalarga tana vazniga   1-2 g) yoki osmotik surgi vositasini qo‘llash mumkin.

Retseptsiz

60 ml PET butilka komplektda  dozator va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylangan.

36 oy.