Nistatin Zdorovyeretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 4500 TB/mg va 111,1 mg quruq moddaga qayta hisoblanganda 500000 TB nistatin; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, talk, kaltsiy stearati, metiltsellyuloza, natriy kroskarmelloza, gipromelloza, titan dioksidi (Ye 171), xinolin sarig‘i (Ye 104), vanilin, kopovidon.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

nistatin (nystatin)

Preparatning savdo nomi:

Nistatin-Zdorovye

Farmakalogik guruhi:

Ichak infektsiyalarida qo‘llanadigan mikroblarga qarshi vosita. Antibiotiklar.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

ko‘kish tusli och-sariq rangli, vanilin hidili, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida ikki qavat ko‘rinadi.

Ichak infektsiyalarida qo‘llanadigan mikroblarga qarshi vosita. Antibiotiklar.

A07AA02.

Candida (Candida albicans va boshq.) turkumi zamburug‘lari chaqirgan kasalliklarni davolash; ovqat hazm qilish yo‘llari, teri va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlarining kandidozini davolash.

Nistatin tabletkalari ovqatdan 40-60 minut oldin, chaynamasdan, ichga qabul qilish buyuriladi. Bir martalik dozalarni bir xil vaqt oraliqlaridan keyin qabul qilish kerak. Kattalarga preparat 500000 TB (1 tabletka) dozada sutkada 3-4 marta buyuriladi. Sutkalik doza – 1500000-3000000 TB (3-6 tabletka), og‘ir hollarda – 4000000-6000000 TB (8-12 tabletka) ni tashkil qiladi. 6 yoshdan oshgan bolalarga ushbu dori shaklida 500000 TB (1 tabletka) dozada sutkada 3-4 marta, 13 yoshdan oshgan bolalarga – kattalar kabi dozada buyuriladi. Bolalar uchun 6 yoshdan boshlab maksimal sutkalik doza – 2000000 TB (4 tabletka), 13 yoshdan boshlab – 4000000 (8 tabletka), og‘ir hollarda – 6000000 TB (12 tabletka) ni tashkil qiladi. Davolash kursi – 10-14 kun. Surunkali qaytalanuvchi kandidozlarda 2-3 haftalik tanaffus bilan takroriy davolash kurslari o‘tkaziladi. Buyrak/jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izda achchiq ta’m, dispepsik ko‘rinishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya, diareya. Allergik reaktsiyalar: tana haroratini oshishi, et uvishishi, teri toshmasi, eshakemi, qichishish, broxospazm, yuzni shishi; kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi. Boshqalar: fotosensibilizatsiya, taxikardiya, nospetsifik mialgiya; zamburug‘larning rezistent shakllarini tarqalish xavfi bo‘lishi mumkin, bu preparatni bekor qilinishini talab etadi.

Preparatning komponetlariga yuqori sezuvchanlik, me’da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligida qo‘llash mumkin emas.

Klotrimazol bilan bir vaqtda qabul qilinganida klotrimazolning zamburug‘larga qarshi faolligi pasayadi. Poliyen qatori antibiotiklari bilan, masalan, amfoteritsin V bilan kesishgan chidamlilik kuzatiladi.

Preparat tizimli mikozlarni davolash uchun qo‘llanilmasin. To‘liq davolash kursini tugallash kerak. Butun davolash kursi davomida davolash sxemasi va tartibiga qat’iy rioya qilish, preparatni teng vaqtlar oralig‘ida qabul qilish va dozani o‘tkazib yubormaslik kerak. Doza o‘tkazib yuborilganida iloji boricha uni tezroq qabul qilish kerak; agar navbatdagi dozani qabul qilish vaqti deyarli kelgan bo‘lsa, qabul qilinmasin; dozani ikki barobar oshirish mumkin emas. Nistatin quyosh nurlariga nisbatan terining sezuvchanligini oshirishi mumkin, shuning uchun davolash vaqtida to‘g‘ri quyosh nurlaridan va sun’iy ultrabinafsha nurlanishidan saqlanish kerak. Nojo‘ya reaktsiyalari rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak. Preparat laktoza saqlaydi, buni galaktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi kabi juda kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar hisobga olishlari lozim. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak. Bolalar. Preparat ushbu dori shaklida bolalarga 6 yoshdan boshlab buyurilishi mumkin. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir etish xususiyati. Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Original o‘ramida, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Nojo‘ya samaralar kuchayishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

500000 TB dan qobiq bilan qoplangan tabletkalar № 10, № 10x2 blisterda qutida, № 10 blisterda.