NIRMIN 5Sretsept bilan rasmini ko'rish

Preparatning savdo nomi:

NIRMIN 5S

Parenteral yuborilgan aminokislotalar organizmda oqsil sintezi jarayonida ishlatiladi. Bu jarayonda ishlatilmaydigan aminokislotalar mochevinani hosil bo‘lishi bilan dezaminatsiyaga uchraydilar, u so‘ngra siydik bilan chiqariladi. Aminokislotalarning T1/2 (sog‘lom odamlarda) 5-15 minutni tashkil qiladi. Aminokislotalarning qondagi kontsentratsiyasi tez oshirilganida, ular biotransformatsiyalanishga ulgurmay, organizm tomonidan o‘zlashtirilmay, siydik bilan chiqishi mumkin. “Nirmin 5S” organizmda flavinmononukleotid fermentiga biotransformatsiyalanadi, so‘ngra esa flavinadenindinuleotidga. “Nirmin 5S” metabolitlari plazma oqsillari bilan 60% ga bog‘lanadi. “Nirmin 5S” siydik bilan, qisman metabolitlari shaklida chiqariladi. Sorbitol dastlab jigarda fruktozagacha metabolizmga uchraydi, lekin darhol glyukozagacha metabollanishi ham mumkin.

Parenteral oziqlantirish enteral oziqlanishning imkoni yo‘qligida;ovqat hazm qilish a’zolarining og‘ir kasalliklarida (me’da-ichak yo‘llarining obstruktsiyasi, malabsorbtsiya sindromi, ichakning yallig‘lanish kasalliklari, pankreatit, ichak oqmalari);jarohatlarda;kuyishlarda;sepsisda;xavfli o‘smalarda;operatsiyadan oldingi va keyingi davrda qo‘llaniladi.

Patsiyentning holatiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi. Dozalash patsiyentning yoshi, tana vazni va holatiga qarab, aminokislotani talab etilishiga muvofiq buyurilishi kerak. Preparat v/i infuziya ko‘rinishida (yuborish tezligi minutiga 3-4 ml) sutkada tana vazniga qarab, bu sutkada 1-2 g aminokislota/kg ga muvofiq keladi.

proteinlar sintezini buzilishi;buyraklar faoliyatining yaqqol buzilishlari;jigar faoliyatining yaqqol buzilishlari;yurak yetishmovchiligining og‘ir shakllari;fruktozani o‘zlashtiraolmaslik;metanol bilan zaharlanish;giperkaliyemiya;atsidozda qo‘llash mumkin emas.

Argininni tiazid diuretiklar va aminofillin bilan bir vaqtda yuborish qonda insulin miqdorini oshiradi. Arginin spironolakton bilan bir vaqtda qo‘llanganida og‘ir giperkaliyemiya kuzatilishi mumkin. Birga qo‘llanganida izoniazid, penitsillin, peroral kontratseptivlar piridoksinning metabolizmini pasaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanganida “Nirmin 5S” doksitsiklinning, tetratsiklinning, oksitetratsiklinning, eritromitsinning va linkomitsinning faolligini ahamiyati kamaytirdi.

Sepsisda, noaniq genezli arterial gipertenziyada, jigar kasalliklarida, shuningdek suyuqlikni yuborish cheklash kerak bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Preparatni buyurishda, preparatning tarkibiga kiruvchi arginin qon plazmasida fosforning kontsentratsiyasini kamayishini va kaliyning kontsentratsiyasini oshishini, ayniqsa qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda chaqirishi mumkin. Shuning uchun har qanday turdagi qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga “Nirmin 5S” ni faqat insulinoterapiya fonida buyurish mumkin. Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanish “Nirmin 5S” preparatini homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Retsept bo‘yicha

100 ml, 200 ml va 500 ml dan rezina tiqinli, alyuminiy qopqoqcha bilan zich yopilgan shisha flakonlarda.