Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Antibakterial sintetik vosita (nitrofuran guruhi).
Dori shakli:
kapsulalar
sariq/sariq rangli, №0 o‘lchamli, qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagisi – sariq rangli kukun.
Antibakterial sintetik vosita (nitrofuran guruhi).
A07AX03
Nifuroksazid me’da ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi, qabul qilingan dozaning 99% ichakda qoladi va u yerda o‘zining mikroblarga qarshi ta’sirini ko‘rsatadi.
Nifuroksazid ichak orqali chiqariladi: 20% o‘zgarmagan holatda, nifuroksazidning qolgan qismi kimyoviy jihatdan o‘zgargan holatda chiqariladi.
Umumiy holat yomonlashmay, tana harorati oshmay, intoksikatsiyasiz kechuvchi o‘tkir bakterial diareya (diareyaning adekvat og‘irlik darajasiga qarab ichga suyuqlikni va elektrolitlarni qabul qilish yo‘li bilan yoki zarurati bo‘lsa, vena ichiga yuborish bilan adekvat regidratatsiyaga qo‘shimcha ravishda) qo‘llaniladi.
Preparat faqat kattalar yoki 6 yoshdan oshgan bolalar tomonidan ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
Kattalarga: sutkada 4 kapsula (800 mg) dan 2-4 marta qabul qilish uchun bo‘lingan holda buyuriladi.
6 yoshdan oshgan bolalar: sutkada 3-4 kapsula (600-800 mg) dan 2-4 marta qabul qilish uchun bo‘lingan holda buyuriladi.
Davolash kursining davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktik shok yuz berishi mumkin.
-nitrofuran hosilalariga yoki preparatning boshqa har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik; -6 yoshgacha bo‘lgan bolalar; -homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Ma’lumotlar yo‘q.
Tizimli shikastlanish belgilari bilan kechuvchi bakterial diareyada (umumiy holatni yomonlashuvi, tana haroratini oshishi, intoksikatsiya yoki infektsiya simptomlarda) tizimli diffuziyasi yaxshi bo‘lgan antibakterial preparatlarni qo‘llash lozim.
Yaqqol davomli diareya, og‘ir qusish yoki ovqatdan voz kechishda inkor qilishda regidratatsiya uchun suyuqlik va elektrolitilarni vena ichiga yuborish masalasini qayta ko‘rib chiqish lozim.
Agar davolash fonida diareya 2 kundan ortiq saqlansa, davolashni qayta ko‘rib chiqish lozim va ichga suyuqlik va elektrolitlarni qabul qilish yoki ularni vena ichiga yuborish zarurati haqidagi masalani ko‘rib chiqish lozim.
Yuborilayotgan suyuqlikning hajmi va uni yuborish usuli (ichga, v/i) diareyaning yaqollik darajasiga, yoshga va bemorning klinik holatiga muvofiq bo‘lishi lozim.
Laktatsiya davri: emizish davri vaqtida preparat bilan qisqa davolash kursi paytida emizishni davom ettirish mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: preparat transport vositalarini boshqarish yoki boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 250S, yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Ma’lumotlar yo‘q.
Retseptsiz
10 kapsuladan PVX/alyumin folga kontur-uyali o‘ramlarda.
Kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.