Neyrotonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqdaydi: faol moddalar: 100% suvsiz moddaga qayta hisoblanganda 50 mg tiamin gidroxloridi, 100% quruq moddaga qayta hisoblanganda 50 mg piridoksin gidroxloridi, 100% quruq moddaga qayta hisoblanganda 0,5 mg tsianokobalamin; yordamchi moddalar: lidokain gidroxloridi, benzil spirti, natriy polifosfati, kaliy geksatsianoferrat III, 1M natriy gidroksidi eritmasi, inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Neyroton

Farmakalogik guruhi:

V vitamini preparatlari, V vitamini va/yoki V vitamini bilan majmuada.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, qizil rangli, o‘ziga xos hidli suyuqlik.

V vitamini preparatlari, V vitamini va/yoki V vitamini bilan majmuada.

A11DB

Tiamin parenteral yuborilgandan keyin organizmda taqsimlanadi. Tiaminning taxminan 1 mg har kuni metabolizmga uchraydi. Metabolitlari siydik bilan chiqariladi. Defosforilizatsiyasi buyrakda amalga oshadi. Tiaminning biologik yarim parchalanish davri 0,35 soatni tashkil qiladi. Yog‘larda erishi cheklanganligi tufayli, tiaminni organizmda to‘planishi kuzatilmaydi. V6 vitamini fosforlanadi va piridoksal-5-fosfatgacha oksidlanadi. Qon plazmasida piridoksal-5-fosfat va piridoksal albumin bilan bog‘lanadi. Transport qilinadigan shakli piridoksal hisoblanadi. Xujayra membranasidan o‘tish uchun albumin bilan bog‘langan piridoksal-5-fosfat ishqoriy fosfotaza tomonidan piridoksalgacha gidrolizga uchraydi. V12 vitamini parenteral yuborilgandan keyint transport oqsil komplekslarini hosil qiladi, ular jigar, suyak ko‘migi va boshqa proliferativ a’zolar tomonidan tez so‘riladi. V12 vitamini safroga tushadi va ichak-jigar tsirkulyatsiyasida ishtirok etadi. V12 vitamini yo‘ldosh orqali o‘tadi.

Turli nevrologik kasalliklar: nevritlar, nevralgiyalar, polineyropatiyalar (diabetik, alkogolli)ildizcha sindromiretrobulbar nevrityuz nervini shikastlanishida qo‘llanadi.

Mushak ichiga yuborish uchun buyuriladi. Lidokain saqlovchi dori vositasini yuborishdan oldin preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlikka teri sinamasini o‘tkazish kerak, inyektsiya joyida shish va qizarish undan dalolat beradi. Og‘ir (o‘tkir) holatlarda davolash o‘tkir simptomlarni bartaraf etguncha sutkada 1 marta 2 ml eritmadan mushak ichiga yuborishdan boshlanadi. Davolashni davom ettirish uchun       2 ml (1 inyektsiya) dan xaftada 2-3 marta buyuriladi. Davolash kursi kamida 1 oy davom etadi. Mushak ichiga inyektsiyani dumba mushagining tashqi yuqori kvadratiga amalga oshirish kerak. Inyektsiyalarning terapevtik kursni tutib turish yoki davom ettirish uchun yoki qaytalanishni oldini olish uchun Vitakson, qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati tavsiya etiladi.

V6 vitaminini har kuni 50 mg dan yuqori dozalarda uzoq vaqt (6-12 oydan ko‘proq) qo‘llash periferik sensor neyropatiya, nerv qo‘zg‘alishi, lohaslik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, shu jumladan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, me’da shirasining kislotaligini oshishi. Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (teri toshmasi, nafasni buzilishi, anafilaktik shok, Kvinke shishi), ko‘p terlash. Teri tomonidan: qichishish, eshakemi, husnbuzar toshma, tarqalgan eksfoliativ dermatit, angionevrotik shish. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiyalar, bradikardiya, yurak o‘tkazuvchanligini sekinlashishi, yurakni ko‘ngdalang blokadasi, yurak faoliyatini to‘xtashi, periferik vazodilatatsiya, kollaps, taxikardiya, arterial bosimni oshishi/pasayishi, yurakda og‘riq. Nerv tizimi tomonidan: markaziy nerv tizimini (MNT) qo‘zg‘alishi (yuqori dozalarda qo‘llanilganda), bezovtalik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, ongni chalkashishi, uyquchanlik, hushdan ketish, koma; yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda – eyforiya, tremor, trizm, harakat bezovtaligi, paresteziyalar, tirishishlar. Ko‘rish a’zosi tomonidan: nistagm, qaytuvchan ko‘rlik, diplopiya, ko‘z oldida “jimirlash”, yorug‘likdan qo‘rqish, kon’yunktivit. Eshitish a’zosi tomonidan: eshitishni buzilishi, quloqlarda shovqin, giperakuziya. Nafas tizimi tomonidan: hansirash, rinit, nafasni susayishi yoki to‘xtashi. Boshqalar: qo‘l-oyoqda qizish, sovush yoki uvishish hissi, shishlar, holsizlik, xavfli gipertermiya, sezuvchanlikni buzilishi, motor blok. Umumiy buzilishlar: yuborish joyida reaktsiyalar. Tez parenteral yuborilgan hollarda tirishish ko‘rinishidagi tizimli reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikyurak o‘tkazuvchanligini o‘tkir buzilishlaridekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligining o‘tkir shaklihomiladorlik va laktatsiya davribolalar va 18 yoshgacha o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas. V1 vitaminini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas: allergik reaktsiyalar V6 vitaminini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas: zo‘rayish bosqichidagi me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (chunki me’da shirasining kislotaligi oshishi mumkin) V12 vitaminini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas: eritremiya, eritrotsitoz, tromboemboliya Lidokainni quyidagilarda qo‘llash mumkin emas: lidokain yoki boshqa mahalliy og‘riqsizlantiruvchi amidlarga yuqori shaxsiy sezuvchanlikanamnezida lidokainga tutqanoqsimon xurujlarning mavjudligiog‘ir bradikardiyaog‘ir arterial gipotenziyakardiogen shoksurunkali yurak yetishmovchiligining og‘ir (II-III darajadagi) shakllarisinus tugunining zaifligi sindromiVolf-Parkinson-Uayt sindromiAdams-Stoks sindromiII va III darajadagi atrioventrikulyar (AV) blokadagipovolemiyajigar/buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlariporfiriyamiasteniyada qo‘llash mumkin emas.

Tiaminning ta’siri 5-ftoruratsil tomonidan faolsizlantiriladi, chunki 5-ftoruratsil tiaminni tiamin-pirofosfatga fosforlanishini ingibitsiya qiladi. Kanalchalar reabsorbtsiyasini tormozlovchi halqali diuretiklar, masalan furosemid uzoq vaqt davolaganda tiaminni chiqarilishini oshirishi va shu orqali tiaminning darajasini kamaytirishi mumkin. Levodopa bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki V6 vitamini levodopaning parkinsonga qarshi ta’sirini kamaytirishi mumkin. Piridoksin antagonistlari (masalan izoniazid, gidralazin, penitsillamin yoki tsikloserin), peroral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qabul qilish V6 vitaminiga ehtiyojni oshirishi mumkin. Sulfitlar saqlovchi ichimliklarni (masalan vino) iste’mol qilish tiaminning degradatsiyasini oshiradi. Lidokain narkoz uchun vositalar (geksobarbital, vena ichiga tiopental natriy), uxlatuvchi va sedativ vositalarning nafas markazlariga susaytiruvchi ta’sirini kuchaytiradi; digitoksinning kardiotonik ta’sirini susaytiradi. Uxlatuvchi va sedativ vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’siri kuchayishi mumkin. Etanol lidokainning nafas faoliyatiga susaytiruvchi ta’sirini kuchaytiradi. Adrenoblokatorlar (shu jumladan propranolol, nadolol) – jigarda lidokainning metabolizmini sekinlashtiradi, lidokainning samaralarini (shu jumladan toksik) kuchaytiradi va bradikardiya va gipotenziya rivojlanishi xavfini oshiradi. Kuraresimon preparatlar – miorelaksatsiya chuqurlashishi mumkin (hatto nafas mushaklarini falajigacha). Norepinefrin, meksiletin – lidokainning toksiligi oshadi (lidokainning klirensi pasayadi). Izadrin va glyukagon – lidokainning klirensi oshadi. Tsimetidin, midazolam – qon plazmasida lidokainning kontsentratsiyasi oshadi. Tsimetidin lidokainni oqsillar bilan bog‘idan siqib chiqaradi va jigarda faolsizlanishini sekinlashtiradi, bu lidokainning nojo‘ya ta’sirini kuchayishi xavfini oshishiga olib keladi. Midazolam qonda lidokainning kontsentratsiyasini biroz oshiradi. Tirishishga qarshi vositalar, barbituratlar (shu jumladan fenobarbital) – jigarda lidokainning metabolizmi oshishi, qonda kontsentratsiyasi kamayishi mumkin. Antiaritmik preparatlar (amiodaron, verapamil, xinidin, aymalin, dizopiramid), tirishishga qarshi vositalar (gidantoin hosilalari) – kardiodepressiv ta’siri kuchayadi; amiodaron bilan bir vaqtda qo‘llash tirishishlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Novokain, novokainamid – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda markaziy nerv tizimi qo‘zg‘alishi, gallyutsinatsiyalar kuzatilishi mumkin. Monoaminoksidaza ingibitorlari, aminazin, bupivakain, amitriptilin, nortriptilin, imipramin – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda arterial gipotenziya rivojlanishi xavfi oshadi va lidokainning mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta’siri uzayadi. Narkotik analgetiklar (morfin va boshqalar) – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda narkotik analgetiklarning og‘risizlantiruvchi samarasi kuchayadi, lekin nafasni susayishi ham kuchayadi. Prenialmin – “piruet” tipidagi qorinchalar aritmiyasi rivojlanishi xavfi oshadi. Propafenon – markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya samaralarning davomiyligini oshishi va og‘irligini oshishi kuzatilishi mumkin. Rifampitsin – qonda lidokainning kontsentratsiyasi pasayishi mumkin. Polimiksin V – nafas faoliyatini nazorat qilish kerak. Prokainamid – gallyutsinatsiyalar bo‘lishi mumkin. Yurak glikozidlari – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda yurak glikozidlarining kardiotonik samarasi susayishi mumkin. Digitalis glikozidlari – intoksikatsiya fonida lidokain AV-blokadaning og‘irligini chuqurlashtirishi mumkin. Vazokonstriktorlar (epinefrin, metoksamin, fenilefrin) – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda lidokainni so‘rilishini sekinlashishi va lidokainning ta’sirini uzayishiga olib keladi. Guanadrel, guanetidin, mekamilamin, trimetafan – spinal va epidural anesteziya uchun majmuaviy qo‘llanilganda yaqqol gipotenziya va bradikardiya xavfi oshadi. β-adrenoblokatorlar – majmuaviy qo‘llanilganda jigarda lidokainning metabolizmi sekinlashadi, lidokainning samaralari (shu jumladan toksik) kuchayadi va bradikardiya va arterial gipotenziya rivojlanishi xavfi oshadi. β-adrenoblokatorlar va lidokain bir vaqtda qo‘llanilganda lidokainning dozasini kamaytirish kerak. Atsetazolamid, tiazid va halqali diuretiklar – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda gipokaliyemiya paydo bo‘lishi oqibatida lidokainning samarasi kamayadi. Antikoagulyantlar (shu jumladan ardeparin, dalteparin, danaparoid, enoksiparin, geparin, varfarin) lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda qon ketishi rivojlanishi xavfi oshadi. Tirishishga qarshi vositalar, barbituratlar (fenitoin) – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda jigarda lidokainning metabolizmi tezlashishi, qonda kontsentratsiyasi pasayishi, kardiodepressiv samarasi kuchayishi mumkin. Nerv-mushak blokadasiga olib keluvchi preparatlar – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda nerv-mushak blokadasiga olib keluvchi preparatlarning ta’siri kuchayadi, chunki bu preparatlar nerv impulsini o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.

Preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas. V12 vitaminini parenteral yuborish funikulyar miyeloz yoki pernitsioz anemiyaning diagnostikasiga vaqtincha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. V6 vitaminini har kuni 50 mg dan yuqoriroq dozada uzoq vaqt (6-12 oydan ko‘proq) yoki sutkada 1000 mg dan yuqoriroq dozalarda (2 oydan ko‘proq) qo‘llash qaytuvchan periferik sensor neyropatiyaga olib kelishi mumkin. Periferik sensor neyropatiya (paresteziya) simptomlari paydo bo‘lgan hollarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak va agar zarur bo‘lsa davolashni to‘xtatish kerak. Bu dori vositasi 1 mmol/doza natriy va kaliy saqlaydi, ya’ni bu elementlardan deyarli xoli. Vitakson® V6 vitamini saqlaganligi tufayli, anamnezida me’da va o‘n ikki barmoq ichak peptik yarasi, buyrak va jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. O‘smalari bo‘lgan patsiyentlarda, megaloblast anemiya va V12 vitamini tanqisligi bo‘lgan hollardan tashqari, preparatni qo‘llash mumkin emas. Yurak faoliyati dekompensatsiyasi va stenokardiyaning og‘ir shaklida preparatni qo‘llash mumkin emas. Vitakson® lidokain saqlaganligi tufayli, inyektsiya joyini og‘ir metall tuzlarini saqlovchi dezinfektsiya qiluvchi eritmalar bilan ishlov berilganda og‘riq va shish ko‘rinishida mahalliy reaktsiya rivojlanishi xavfi oshishini e’tiborga olish kerak. Lidokain yaqqol antiaritmik ta’sir ko‘rsatishi va o‘zi aritmiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan aritmogen omil sifatida ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi tufayli, ilgari aritmiyaga shikoyat qilgan shaxslarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. O‘rtacha darajadagi yurak yetishmovchiligi, o‘rtacha darajadagi arterial gipotenziya, to‘liq bo‘lmagan AV-blokada, qorinchalar ichki o‘tkazuvchanligini buzilishi, o‘rtacha darajada jigar va buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml), nafas faoliyatini buzilishi, tutqanoq, yurakdagi operatsiyadan keyingi, gipertermiyaga genetik moyilligi bo‘lgan patsiyentlar, holsizlangan bemorlar va keksa yoshdagi patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Lidokainni qo‘llaganda EKG nazorati majburiy hisoblanadi. Sinus tuguni faoliyatini buzilishlari, PQ intervalini uzayishi, QRS ni kengayishi yoki yangi aritmiyalar rivojlangan hollarda preparatning dozasini kamaytirish/bekor qilish kerak. Yurak kasalliklarida lidokainni qo‘llashdan oldin (gipokaliyemiya lidokainning samaradorligini pasaytiradi) qonda kaliyning darajasini normallashtirish kerak. Mushak ichiga yuborilganda kreatinin kontsentratsiyasi oshishi mumkin, bu o‘tkir miokard infarkti diagnozini qo‘yishda xatoga olib kelishi mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi Preparatni bolalarda qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik yoki emizish davrida V6 vitaminiga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj 25 mg gachani tashkil qiladi. Preparat bir ampulada 100 mg V6 vitamini saqlaydi, shuning uchun homiladorlik yoki emizish davrida uni qo‘llash mumkin emas. Preparatni transport vositalari va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi Preparat avtotransportni boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Agar preparat bilan davolanish vaqtida bosh aylanishi kuzatilsa, avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Original o‘ramida, 2°S dan 8°S gacha haroratda saqlansin.

V1 vitamini keng terapevtik doiraga ega. Juda yuqori dozalarida (10 g dan ko‘p) nerv impulslarini o‘tkazuvchanligini susaytirib, kuraresimon samara kuzatiladi. V6 vitamini juda past toksiklikka ega. Bir necha oy davomida sutkada 1 g dan yuqoriroq dozalarda haddan tashqari ko‘p qo‘llash neyrotoksik samaralarga olib kelishi mumkin. Ataksiya va sezuvchanlikni buzilishi bilan kechuvchi neyropatiya, EEG da o‘zgarishlar bilan kechuvchi tserebral tirishishlar, shuningdek ayrim hollarda gipoxrom anemiya va seboreyali dermatit sutkada 2 g dan ortiq yuborilganda ta’riflangan. V12 vitamini: tavsiya etilgan dozalardan yuqoriroq dozalar parenteral yuborilganda (kam hollarda – peroral qo‘llanilgandan keyin) allergik reaktsiyalar, ekzematoz teri buzilishlari va aknening xavfsiz shakli kuzatilgan. Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda jigar fermentlari faolligini buzilishi, yurak sohasida og‘riq, giperkoagulyatsiya kuzatilishi mumkin. Davolash: simptomatik davolash. Lidokain: Simptomlari: psixomotor qo‘zg‘alish, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, arterial bosimni pasayishi, tremor, ko‘rishni buzilishi, toniko-klonik tirishishlar, kollaps, atrioventrikulyar blokada, markaziy nerv tizimini susayishi, nafasni to‘xtashi kuzatilishi mumkin. Sog‘lom odamlarda dozani oshirib yuborilishining birinchi simptomlari lidokainning qondagi kontsentratsiyasi 0,006 mg/kg dan oshganda, tirishishlar – 0,01 mg/kg da kuzatila boshlaydi. Davolash: preparatni yuborishni to‘xtatish, oksigenoterapiya, tirishishga qarshi vositalar, vazokonstriktorlar (noradrenalin, mezaton), bradikardiyada – xolinolitiklar (0,5-1 mg atropin). Intubatsiya, o‘pkalarning sun’iy ventilyatsiyasi, reanimatsion choralar o‘tkazilishi mumkin. Dializ samarasiz.

Retsept bo‘yicha

Preparat 2 ml dan sindirish halqasi yoki sindirish nuqtasi bo‘lgan jigarrang rangli shisha ampulalarga joylanadi. Ampulalarga o‘zi yopishadigan etiketka yopishtiriladi. 5 ampuladan polimer plyonkali kontur uyali o‘ramga joylanadi. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.