Neypileptretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:                                  125 mg/ml           250 mg/ml faol modda: tsitikolin natriy (tsitikolinga qayta xisoblaganda)   500 mg                  1000 mg yordamchi moddalar: xlorid kislotasining 1 M eritmasi                               rN 6,5-7,5 gacha     rN 6,5-7,5 gacha yoki natriy gidroksidining 1 M eritmasi inyektsiya uchun suv                                                              4 ml gacha               4 ml gacha

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsitikolin

Preparatning savdo nomi:

Neypilept

Farmakalogik guruhi:

nootrop vosita.

Dori shakli:

vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma

tiniq, rangsiz suyuqlik.

nootrop vosita.

N06BX06

Metabolizmi: vena ichiga yuborilganidan keyin tsitikolin tez xolin va tsitidinga gidrolizlanadi va organizmning turli to‘qimalariga yetkaziladi. Taqsimlanishi: yuborilganidan keyin tsitikolin xolin fraktsiyasini strukturali fosfolipidlarga va tsitidin fraktsiyasini tsitidinli nukleotidlar va nuklein kislotalariga tez kiritilishi bilan bosh miya strukturalarida keng taqsimlanadi. Bosh miyaga yetib, fosfolipidlar fraktsiyalarini tuzilishida ishtirok etib, tsitikolin xujayra, tsitoplazmatik va mitoxondrial membranalarga joylashadi. Chiqarilishi: dozaning faqat km miqdori buyrak va ichak orqali chiqariladi (<3%). Dozaning taxminan 12% nafas bilan chiqarilayotgan SO2 bilan chiqariladi. Preparatni buyrak orqali chiqarilishida ikki faza ajratiladi: birinchi faza – taxminan 36 soat, unda chiqarilish tezligi tez pasayadi, va ikkinchi faza, unda chiqarilish tezligi ancha sekinroq pasayadi. SO2 bilan chiqarilishida ham shunday fazalik kuzatiladi, nafas bilan chiqarilayotgan SO2 ning chiqarilish tezligi taxminan 15 soat o‘tgach tez pasayadi, keyinchalik u ancha sekinroq pasayadi.

ishemik insultning o‘tkir davri (majmuaviy davolash tarkibida);ishemik va gemorragik insultning tiklanish davrida;bosh miya jaroxati, o‘tkir (majmuaviy davolash tarkibida) va tiklanish davri;bosh miyaning degenerativ va tomirli kasalliklaridagi kognitiv va hatti-harakat buzilishlarida qo‘llanadi.

Ishemik insultning va bosh miya jaroxatining (BSMT) o‘tkir davri: tsitikolin tashxis qo‘yilganidan keyin 1000 mg dan birinchi sutkadan har 12 soatda buyuriladi, davolash davomiyligi 6 haftadan oshmasligi kerak. Maksimal sutkalik doza – 2000 mg. Ishemik va gemorragik insultning tiklanish davri, BMJ ning tiklanish davri, bosh miyaning degenerativ va tomirli kasalliklaridagi kognitiv va xatti-xarakat buzilishlari: Vena ichiga yoki mushak ichiga kuniga 500-2000 mg dan yuboriladi. Dozalash va davolashning davomiyligi kasallikning simptomlarini og‘irligiga bog‘liq. Keksa patsiyentlar Keksa patsiyentlarga NЕYPILЕPT preparatini buyurishda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Ampula ochilganidan keyin preparat darxol ishlatilishi kerak. NЕYPILЕPT  mushak ichiga, vena ichiga oqim (buyurilgan dozaga qarab sekin, 3-5 minut davomida) bilan yoki tomchilab (infuziya tezligi – minutiga 40-60 tomchi) yuboriladi. Vena ichiga (v/i) yuborish yo‘li, mushak ichiga (m/i) qaraganda avzalroq. V/i yuborilganida preparatni bir joyning o‘ziga qayta yuborishdan saqlanish kerak. NЕYPILЕPT  vena ichiga yuboriladigan izotonik eritmalarning xamma turlari va dekstroza eritmalari bilan mutanosib.

Nojo‘ya ta’sirlari paydo bo‘lishining tez-tezligi bo‘yicha guruhlangan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000 gacha), tez-tezligi aniqlanmagan. Juda kam hollarda (shu jumladan individual holatlar): allergik reaktsiyalar (toshma, terini qichishishi, anafilaktik shok), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qizish xissi, tremor, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gallyutsinatsiyalar, shishlar, hansirash, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, ishtaxani pasayishi, falajlangan oyoq-qo‘llarni uvishishi, jigar fermentlari faolligini o‘zgarishi. Ayrim xollarda tsitikolin parasimpatik tizimni rag‘batlantirishi, shuningdek arterial bosimni qisqa muddatli o‘zgarishini chaqirishi mumkin. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi kuchaysa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarini sezsangiz, shifokorga xabar bering.

preparatning har qanday komponentidan biriga yuqori sezuvchanlik;yaqqol vagotoniyasi (vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismining yuqori tonusi) bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas;yetarlicha klinik ma’lumotlarning bo‘lmaganligi tufayli, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Tsitikolin levodopaning samaralarini kuchaytiradi.

NЕYPILЕPT vena ichiga oqim bilan asta-sekin yuboriladi (dozaga qarab 3-5 minut). Vena ichiga tomchilab yuborishda infuziya tezligi minutiga 40-60 tomchi bo‘lishi kerak. Doimiy davom etuvchi bosh miyaga qon quyilishida NЕYPILЕPT preparatining dozasini sutkada 1000 mg dan oshirmaslik kerak, preparat vena ichiga tomchilab minutiga 30 tomchi tezlikda yuboriladi.

Tsitikolinni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar yo‘q. Garchi xayvonlardagi tadqiqotlarda salbiy ta’siri aniqlangan bo‘lmasa ham, homiladorlik davrida tsitikolin faqat, ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan xolda buyuriladi. Laktatsiya davrida tsitikolin buyurilganida, ayollar emizishni to‘xtatishlari kerak, chunki tsitikolinni ko‘krak sutiga chiqarilishi xaqida ma’lumotlar yo‘q.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning past toksikligi tufayli bilan dozani oshirib yuborilishining xollari ta’riflanmagan.

Retsept bo‘yicha beriladi

Vena ichiga va mushak ichiga  yuborish uchun eritma, 125 mg/ml va 250 mg/ml. 4 ml dan sindirish uchun rangli xalqa yoki rangli nuqta va o‘yiqchasi bo‘lgan rangsiz shisha ampulalarda. Ampulalarga qo‘shimcha bir, ikki yoki uch rangli halqalar va/yoki ikki o‘lchamli shtrix-kod, va/yoki harfli-raqamli kodlash yoki qo‘shimcha rangli halqalarsiz, ikki o‘lchamli shtrix-kod, harfli-raqamli kodlash tushiriladi. 5 ampuladan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga yoki polimer plenka yoki folgasiz va plenkasiz kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga katon qutida.

2 yil.