Nevrotsitretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritmada saqlanadi: Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini)                               5 mg Riboflavin (Vitamin B2)                                                                         2 mg Piridoksin gidroxloridi (Vitamin V6) 2 mg Tsianokobalamin (V 12 vitamini)                           2 mkg Nikotinamid                        (RR vitamini)                                                                     20mg D-pantenol                                                                                                              3 mg Yordamchi moddalar: propilenglikol, monotioglitserol, benzil spirti, dinatriy EDTA, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Tiamin, Riboflavin, Piridoksin, Nikotinamid, tsianokobalamin, D-pantenol.

Preparatning savdo nomi:

Nevrotsit

Farmakalogik guruhi:

Vitaminlar.

Dori shakli:

Inyektsiya uchun eritma, 3 ml dan ampulalarda.

Vitaminlar.

Mushak ichiga yuborilganida tiamin tez va to‘liq so‘riladi. Barcha a’zo va to‘qimalar bo‘ylab yetarli darajada bir tekis taqsimlanadi. Qonda kontsentratsiyasi nisbatan past, ayni vaqtda plazmada asosan erkin tiamin, aylanib yuradi, eritrotsitlarda va leykotsitlarda – uning fosforli efirlari bo‘ladi. Fosforlanishi jigarda ro‘y beradi. Eng faol fosforli efiri koenzim faolligiga ega bo‘lgan tiamin difosfatidir. Asosan jigarda, yurakda, miyada, buyraklarda, taloqda to‘planadi. Ichak orqali va buyraklar tomonidan chiqariladi. Riboflavin tez so‘riladi, jigarda metabolizmga uchraydi va metabolitlari qisman siydikka ajralib chiqadi. Asosan o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Piridoksin gidroxloridi yaxshi so‘riladi va organizmga tushib, jigarda farmakologik faol metabolitlari (piridoksal fosfat va piridoksaminfosfat) ni hosil bo‘lishi bilan metabollanadi. Piridoksal fosfati plazma oqsillari bilan 90% bog‘lanadi. Barcha to‘qimalarga yaxshi kiradi; asosan jigarda to‘planadi, kamroq – mushaklarda va markaziy nerv tizimida. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan chiqadi. T1/2 – 15-20 kun. Asosan buyraklar orqali, shuningdek gemodializ davomida chiqariladi. Tsianokobalamin qon plazmasi oqsillari bilan 90% bog‘lanadi, teri ostiga va mushak ichiga yuborilgandan so‘ng – maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti – 1 soat. O‘t-safro va siydik bilan chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Mushak ichiga yuborilganida nikotinamid tez va to‘liq so‘riladi. Barcha a’zo va to‘qimalar bo‘ylab yetarli darajada bir tekis taqsimlanadi. Juda oz qismi buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. D-pantenol yaxshi so‘riladi va organizmning barcha a’zo va to‘qimalar bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi. Asosan o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi.

o‘tkir yoki surunkali nevritlar va polinevritlar, uchshoxli nervning nevralgiyasi, ishialgiya;diabetik polinevropatiya ;toksik  polinevropatiya (shu jumladan dorivor);alkogolli periferik nevropatiya (Vernika-Korsakov sindromi);“beri-beri” kasalligi (quruq  va nam);o‘rab oluvchi gerpes;Birmer kasalligi (pernitsioz anemiyasi); Shuningdek Nevrotsit tegishli vitaminlarning yetishmovchiligi oqibatidagi gipovitaminoz va avitaminozlarda, jismoniy va aqliy toliqishda, lanjlikda, furunkulyozda va boshqa teri kasalliklarida, aterosklerozda, keksa yoshdagi shaxslarda boshqa kasalliklarda qo‘llanadi.

Har kuni 3 ml dan (1 ampula) mushak ichiga (m/i) yoki 5-10 kun davomida kunora shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra yuboriladi. Dozalash tartibi patologik jarayonning turi, og‘irlik darajasi va o‘tkazilayotgan davolashga patsiyentning reaktsiyasiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Allergik reaktsiyalar: qichishish, eshakemi. Boshqalar: taxikardiya

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatni homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilinmagan. Homiladorlik va laktatsiya – homiladorlik va laktatsiya vaqtida ishlatish mumkin emas, chunki bolada turli xarakterga ega nuqsonlarning rivojlanishini chaqirishi mumkin.

V1 vitamini ishqoriy eritmada oson parchalanadi, shuning uchun Nevrotsitni ishqoriy preparatlar, masalan, natriy bikarbonati yoki natriy tsitrati bilan ishlatish mumkin emas.

Odatda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Garchi juda kam bo‘lsada, eshakemi, qichishish, Kvinke shishi paydo bo‘lishi mumkin, ular ko‘proq moyil patsiyentlarda uchraydi. Nevrotsitning yuqori dozalari bilan davolash (unda piridoksin saqlangani tufayli), yurishni buzilishi va tovonda achishuvchi og‘riqlar bilan namoyon bo‘luvchi periferik nevropatiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu simptomlar davolash boshlanganidan keyin bir oydan keyin boshlanib, 3 yilgacha namoyon bo‘lishi mumkin. Riboflavin siydikni sarg‘ish-zarg‘aldoq rangga bo‘yashi mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Xona haroratida, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Juda yuqori dozalarda preparat qo‘zg‘alish, qo‘rquv, tremor, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlarni chaqirishi mumkin. Davolash simptomatikdir.

Retsept bo‘yicha

3 yil.