Neurovitan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: oktotiamin – 25 mg, piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – 40 mg, riboflavin (V12 vitamini) – 2,5 mg, tsianokobalamin (V12  vitamini) – 0,25 mg, yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, makkajo‘xori kraxmali, povidon K30, mikrokristall tsellyuloza, aerosil, magniy stearati, qobiq tarkibi: talk, titan dioksidi, saxaroza, shellak, kanakunjut moyi, jelatin rangi 150, 1351 FD&C Yellow №6 bo‘yovchisi, 36003 Edicol Erythrosine Red bo‘yovchisi, karnaub mumi, parafin.

Preparatning savdo nomi:

Neurovitan

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oval shaklli, pushti-to‘q sariq rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

A11A.

Preparat butun ingichka ichak bo‘ylab so‘rilib, barcha to‘qimalarga o‘tadi, organizmda biotransformatsiyaga uchraydi, siydik bilan chiqariladi.

O‘sishda ortda qolish, homiladorlik va emizish davrida, operatsiyadan oldin va keyingi davrda, parhez (diabet, uritsemiya), surunkali infektsiyalar, antibiotiklar bilan davolanish vaqtida va undan keyingi jigar va teri kasalliklari, anemiya, immun tanqisligi. Neurovitan shuningdek muvozanatlashmagan oziqlanish, yuqori alkogol va tamaki iste’mol qiluvchi, faol yashash tarzidagi insonlar uchun buyuriladi. Neurovitan shuningdek uzoq muddatli nevritni davolashda, turli kelib chiqishga ega bo‘lgan nevralgiyalarda, paresteziyada, periferal falajlikda, lyumbagoda, artralgiyalarda va mialgiyalarda, diabetik nevropatiyada qo‘llanadi.

Tabletkalarni ovqatdan keyin, chaynamasdan va ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan  qabul qilish lozim. Odatda 1 tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi. 6 yoshdan katta bolalarga shifokor tavsiyasiga ko‘ra, 1 tabletkadan sutkada 1-3 martadan buyuriladi. Kurs davomiyligi odatda 2-3 haftani (shifokor tavsiyasi bo‘yicha) tashkil qiladi.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Kam hollarda: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishiko‘ngil aynishi Juda kam hollarda: V6 vitaminini juda katta dozalarda noto‘g‘ri qo‘llanganda sezuvchanlikni buzilishiqichishish va urtikar toshma ko‘rinishidagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatiladi.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik qo‘llash mumkin emas.

Levodopa bilan birga qo‘llanganda preparat levodopaning parkinsonizmga qarshi samarasini susaytiradi. Etanol tiaminni so‘rilishini keskin pasaytiradi. Preparatni qabul qilish vaqtida tarkibida V guruhi vitaminlari bo‘lgan polivitamin komplekslarini qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Preparatning tarkibida riboflavin bo‘lganligi sababli preparatni qabul qilishda siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkinligini hisobga olish kerak. Dori vositasini transport vositalari va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyati ta’sirining o‘ziga xosligi. Belgilanmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15o-25oS haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilish holatlari haqida xabar berilmagan.

Retseptsiz

10 tabletkadan PVX va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi. 3 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.