Nesopin rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml sprey quyidagilarni saqlaydi: faol modda: oksimetazolin gidroxloridi – 0,5 mg; yordamchi moddalar: ratsementol (ratsemik mentol) – 0,4 mg, xivchinsimon evkalipt barglari moyi (evkalipt moyi) – 0,4 mg, dinatriy edetati digidrati (etilendiaminotetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi, trilon B) – 0,5 mg, natriy gidrofosfati dodekagidrati (natriy digidrofosfati 12 N2O) – 28,0 mg, natriy digidrofosfat digidrati (natriy digidrofosfati 2 N2O) – 12,5 mg, propilenglikol – 100,0 mg, benzil spirti – 10,0 mg, inyektsiya uchun suv – 1,0 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

oksimetazolin

Preparatning savdo nomi:

Nesopin

Farmakalogik guruhi:

antikongestiv vosita – alfa-adrenomimetik

Dori shakli:

nazal sprey

rangsiz yoki sarg‘ish tusli, tiniq yoki tovlanuvchi suyuqlik.

antikongestiv vosita – alfa-adrenomimetik

R01AA05.

Mahalliy qo‘llanilganida tizimli so‘rilishi past.

Allergik va infektsion-yallig‘lanish etiologiyali rinit, sinusit, yevstaxiit, pichan isitmasida qo‘llanadi.

Intranazal qo‘llanadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – har bir burun yo‘liga      2-3 purkashdan 10-12 soat interval bilan buyuriladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – har bir burun yo‘liga 1 purkashdan buyuriladi. 3-5 kundan ko‘proq davolash zarurati bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini o‘tkinchi quruqligi va achishishi, og‘iz va tomoqni qurishi, aksirish; arterial bosimni oshishi, yuqori xavotirlik, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, yurak urib ketishi, uyquni buzilishi. Uzoq muddat qo‘llanilganida – taxifilaksiya, shilliq qavat reaktiv giperemiyasi va burun bo‘shlig‘i shilliq qavati atrofiyasi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalarda            (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi dori vositalarini so‘rilishini sekinlashtiradi, ularning ta’sirini susaytiradi. Qon tomirlarni toraytiruvchi boshqa dori vositalari bilan birga buyurish nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfini oshiradi. Monoaminoksidaza blokatorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda buyurilganda – arterial bosim oshadi.

Tavsiya etilgan dozada shifokor bilan maslahatlashmasdan 3 kungacha qo‘llash mumkin. Intranazal yuborish uchun mo‘ljallangan preparatni ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Transport vositalarini boshqarish, potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta’siri Preparat ko‘rishga ta’sir ko‘rsatganligi tufayli, reaktsiya tezligi pasayishi mumkin, shuning uchun davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va tezkor reaktsiyalarni talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha haroratda.

Simptomlari: intranazal qo‘llanilganida – taxikardiya, arterial bosimni oshishi, markaziy nerv tizimini susayishi. Davolash: simptomatik.

Retseptsiz

Nazal sprey 0,05%. 10 ml dan preparat plastik purkagichli dori vositalari uchun plastik flakonlarda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil.