Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: piridoksin gidroxloridi – 5,0 mg; yordamchi moddalar: magniy stearati, glyukoza monogidrati, mikrokristallik tsellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, talk.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
piridoksin gidroxloridi
Preparatning savdo nomi:
Neovit V6
Farmakalogik guruhi:
Vitamin.
Dori shakli:
tabletkalar
oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, yassi tsilindrik shaklli, hidsiz tabletkalar.
Vitamin.
A11NA02
Butun ingichka ichak bo‘ylab tez so‘riladi, katta miqdori yo‘g‘on ichakda so‘riladi.
Piridoksinning qon plazmadagi normal kontsentratsiyalari 3-18 mg/ml ni tashkil qiladi.
Qonda albumin bilan bog‘langan holatda eritrotsitlar gemoglobini bilan tashiladi.
Jigarda piridoksin bir-biriga o‘zaro o‘tish qobiliyatiga ega 3 vitamerga aylanadi: piridoksin, piridoksal, piridoksamin.
Organizmda piridoksinning asosiy deposi, organizmdagi hamma piridoksinning 80-90% ni saqlovchi skelet mushaklari hisoblanadi.
Jigarda farmakologik faol metabolitlari (piridoksal fosfati va piridoksaminfosfat) hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.
Piridoksal fosfat plazma oqsillari bilan 90% ga bog‘lanadi.
Hamma to‘qimalarga yaxshi o‘tadi, asosan jigarda, kamroq – mushaklarda va markaziy nerv tizimida to‘planadi.
Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi.
Piridoksin faol bo‘lmagan piridoksal kislotasi ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.
Yarim eliminatsiya davri 25-33 kunni tashkil qiladi.
Yarim chiqarilish davri 15-20 kun.
Buyraklar orqali, shuningdek gemodializ o‘tkazilganda ham chiqariladi.
Piridoksinni qo‘llashga uning tanqislik simptomlari hisoblanadi.
Neovit V6 yangi tug‘ilgan va emizikli bolalarda majmuaviy davolash ko‘rsatilgan: sun’iy oziqlanishda, azob chekayotganlar, teri qoplamalarini quruqligi shishi va kepaklanishida;bolalar uchun ishlab chiqarilgan muvozanatlanmagan maxsus bolalar aralashmalar bilan emas, balki donor suti yoki qishloq xo‘jaligi xayvonlarining suti bilan sun’iy oziqlantirishda;tana vazni kam (gipotrofiya);tirishish sindromi bilan;nerv tizimining shikastlanishlari va modda almashinuvining buzilishlari bilan bog‘liq; Neovit V6 kattalarda va bolalarda majmuaviy davolash uchun: nerv tizimini kasalliklarida: nevralgiyalar, radikulitlar, periferik nevritlarda;nevrozlarda;depressiyalarda (serotoninni va norepinefrin ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishi tufayli);Menyer sindromi, dengiz va xavo kasalliklarida (diuretik ta’siri hisobiga, shu tufayli o‘rta quloq bo‘shlig‘ini suyuqlik bilan to‘lishi tezligi pasayadi);postentsefalik parkinsonizm va uning boshqa turlari;yoyilgan xavotirlik;autizm;kichik xoreya;Littl kasalligi;miasteniya va mushak distrofiyasini avj olishida;tutqanoq.
Me’da-ichak yo‘llarining kasalliklarida: enterit (diareyada vitamin V6 ni yo‘qotganda o‘rnini to‘ldirish uchun), shu jumladan radiatsion;me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida;o‘tkir va surunkali gepatitlarda;surunkali xoletsistitda;surunkali gastritda axlorgidriyasi bilan;kam so‘rilishish sindromi bilan surunkali enteritda;sekretor yetishmovchiligi bilan surunkali pankreatitda;me’da yoki ichak qismi olib tashlangan holatlarda;glyuten enteropatiyada;Uippl kasalligida;Kron kasalligida.
Teri kasalliklarida: dermatitlarda (seboreya va eksfoliativ), ayniqsa erta yoshli bolalarda;o‘rab oluvchi temiratkida;neyrodermitda;ekssudativ diatezda;qo‘pol va pushti xusunbuzarlarda;ekzemada;psoriazda;sklerodermiyada;fotodermatozlarda;xeyliitlar, stomatitlarda.
Majmuaviy davolash hamda boshqa kasalliklar va xolatlarda: ortirilgan va nasliy temir tanqisligi anemiyasida;miokard distrofiyasi, surunkali yurak yetishmovchiligida;GINK preparatlarini qo‘llashda (izonikotin kislotasi gidrazidi -izoniazid, ftivazid va boshqa tuberkulezga qarshi preparatlar) nojo‘ya toksik ko‘rinishlarini bartaraf etish uchun jumladan tirishishlarni oldini olish uchun;xar qanday yoshdagi odamlarda fibril tirishishlarda (tananing yuqori haroratiga javoban rivojlanadigan);massiv antibiotikoterapiyada;gemodializda;alkogolizmda.
Neovit V6 ni profilaktika sifatida qo‘llanishi – ko‘rsatmalar: ko‘ngil aynishi va bilan kechuvchi homiladorlarning erta toksikozlarda tez-tez qusish;laktatsiyada;emizikli bolalarni sun’iy oziqlantirishida;axamiyatli jismoniy yuklamalarda (sportda), ayniqsa parxez fonida;o‘ta to‘yingan oqsilli parxezlarda, ayniqsa sportchilarda.
Yosh va jinsga qarab piridoksinga bo‘lgan extiyoj farq qiladi:
Allergik reaktsiyalar, me’da shirasini kislotaligini oshishi, epigastral soxada og‘riqlar, oyoq-qo‘llarda og‘ir siqilish hissini – “paypoq” va “qo‘lqop” simptomlarini paydo bo‘lishi, laktatsiyani pasayishi kuzatilishi mumkin.
Jigarning og‘ir shikastlanishlarida piridoksin katta dozalarda, uning funktsiyasini yomonlashishini chaqirishi mumkin.
Erlix reagenti yordamida urobilogenni tekshirishda natijalarni noto‘g‘ri ko‘rsatishi mumkin.
Me’da va 12-barmoq ichak yara kasalligida IBS extiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Diuretiklarning ta’sirini kuchaytiradi, levodopaning faolligini susaytiradi.
Izonikotin gidrazidi, penitsillamin, tsikloserin va estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlar piridoksinning samarasini susaytiradi.
Yurak glikozidlari, (piridoksin miokardda qisqaruvchan oqillar sintezini oshishiga yordam beradi), glutamin kislotasi, shuningdek kaliy va magniy asparginati, (asparkam) to‘g‘ri keladi.
Piridoksin boshqa toksik ko‘rinishlari, shu jumladan izoniazid va tuberkulezga qarshi boshqa preparatlarni qo‘llaganda kuzatiladigan jigarning shikastlanishlarini oldini oladi yoki kamaytiradi.
V6 vitamini o‘simliklarda va hayvon organizmi a’zolarida, ayniqsa tozalanmagan bug‘doy maxsulotlari, sabzavotlarda, go‘shtda, baliqda, sutda, treska balig‘i va qoramol jigarida va tuxum sarig‘ida saqlanadi.
B6 vitamini xamirturushda deyarli ko‘p.
V6 vitaminiga extiyot ozuqa maxsulotlari bilan qoplanadi: qisman u ichak mikroflorasi tomonidan ham sintezlanadi.
Piridoksin gidroxloridi homilador ayollarda va yosh bolalarda V6 vitamini yetishmovchiligini oldini oladi.
Homiladorlar toksikoz va qusishda qo‘llanadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Retseptsiz
10 tabletkadan PVX/alyumin folga kontur-uyali o‘ramda.
2 yoki 5 kontur-uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karobkali karton qutida.