Neotropretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: piratsetam – 400 mg, tsinnarizin – 25 mg; yordamchi moddalar: kaltsiy stearati, magniy subkarbonati. qobiq tarkibi: jelatin, glitserin, titan dioksidi, tozalangan suv, natriy laurilsulfati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

piratsetam, tsinnarizin.

Preparatning savdo nomi:

Neotrop

Farmakalogik guruhi:

Psixostimulyatorlar va nootrop preparatlar.

Dori shakli:

kapsulalar.

oq rangli tomonlari polusferik tsilindr shaklli, “0” o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar

Psixostimulyatorlar va nootrop preparatlar.

N06BX

Preparat me’da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Terapevtik samarasi 1-6 soatdan keyin namoyon bo‘ladi. Piratsetam – qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga (Smax) 2-4 soatdan keyin, orqa miya suyuqligida – 2-8 soatdan keyin erishiladi. Biokirishaolishligi 100%. Organizmning barcha a’zo va to‘qimalarida taqsimlanadi, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Bosh miya po‘stlog‘ida tanlab to‘planadi, asosan peshona, chakka va ensa sohalarida, miyacha va bazal gangliylarda to‘planadi. Metabolizmga uchramaydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) plazmadan 4-5 soatni, orqa miya suyuqligidan 6-8 soatni tashkil qiladi. Yuborilganidan so‘ng 30 minutdan keyin 90% buyraklar orqali chiqariladi. Tsinnarizin – qon plazmasida Smax 1-4 soatdan keyin jigarda to‘liq metabolizmga uchraydi. T1/2 – 4 soat. Siydik bilan (1/3) va ahlat bilan (2/3) chiqariladi.

-bosh miyada qon aylanishining buzilishi; bosh miya tomirlarining aterosklerozida, ishemik insultda, gemorragik insultdan keyingi tuzalish davrida; bosh miya jarohatlaridan keyin; – turli genezli entsefalopatiyalarda; -bosh miya jaroxatlaridan va intoksikatsiyalaridan keyingi komatoz va subkamatoz xolatlarida; – markaziy asab tizimining kasalliklarida kuzatiladigan intellektual-mnestichestik vazifalarining sustlashishi; – turli genezli labirintopatiyalarda (bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, nistagm, ko‘ngil aynishi va qusish); – Menyer sindromi; – depressiya, psiorganik sindromi asteniya asoratlari bilan va adinamiya, psixogen kelib chiqqan asteniyada; – migrenni va kinetozlarni oldini olish; – xotirani, fikrlash faoliyatini va diqqatni jamlashni buzilishi; – bolalarda akliy rivojlanishning buzilishi.

Ichga buyuriladi. Kattalarga 1-2 kapsuladan sutkada 3 marta 1-3 oy davomida kasallikning og‘irligiga qarab buyuriladi. 5 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kapsuladan sutkada 1-2 marta buyuriladi. Davolash davriyligi 1 yilda 2-3 marta. Surunkali buyrak yetishmovchilikda (KK 60 ml/dak kamida) dorining miqdorini (dozasini) kamaytirish yoki dori vositasini qabul qilish oralig‘ini oshirish zarur.

Ta’sirchanlik, uyquni buzilishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, epigastriyda og‘riqlar, dispepsiya, og‘izni qurishi, tana vaznini oshishi, juda kam hollarda – yorug‘likka sezuvchanlik, teri toshmasi ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar, oyoq-qo‘llar tremori, yuqori mushak tonusi.

Preparat komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, jigar va/yoki buyrak faoliyatining og‘ir darajali buzilishlari, Parkinsonizm, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Alkogol va markaziy nerv tizimini faoliyatini susaytiruvchi vositalar, shuningdek nootrop va gipotenziv vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda sedativ ta’sirni potentsiyalanishi mumkin. Tomirlarni kengaytiruvchi vositalar preparatning ta’sirini kuchaytiradi, gipotenziv vositalar esa – kamaytiradi. Antipsixotik dori vositalarini (neyroleptiklar) va tritsiklik antidepressantlarni o‘zlashtiraolishligini yaxshilaydi. Preparat peroral antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi.

Preparatda tarkibida tsinnarizin mavjudligi tufayli, sportchilarda doping – sinamasi o‘tkazilganida musbat reaktsiyani chaqirishi mumkin. Shuningdek radiofaol yodni aniqlash (kapsula qobig‘idagi bo‘yovchilar yod saqlaydi) natijalarini ham o‘zgartirishi mumkin. Transport vositalarini boshqarish va mashina, qurilmalar bilan ishlashda preparatni terapevtik dozalarda (agar asosiy kasallik imkon bersa) qo‘llash mumkin. Biroq agar markaziy nerv tizimining qo‘zg‘alishi yoki uyquchanlik va tremorni paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladigan nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, u holda transport vositalarini boshqarish mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 150S dan 250S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Simptomlari: dozani oshirib yuborilishida nojo‘ya samaralar kuchayishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 3 yoki 6 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.