Nebido®ni faqat gipogonadizm ko‘rinishlarida (giper- vagipogonadotrop) va faqat agar davolash boshlanganicha bu simptomlarni chaqirishi mumkin bo‘lgan barcha boshqa sabablar insisno qilingan xolda qo‘llash kerak.
Testosteron yetishmovchiligining aniq klinik belgilari (ikkilamchi jinsiy belgilarning regressiyasi, tana tuzilishini o‘zgarishi, asteniya, libidoni pasayishi, erektil disfunktsiya va boshq.) mavjud bo‘lishi kerak, ular qondagi testosteron darajasini ikki alohida o‘lchashlar davomida tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
65 yoshdan oshgan keksa yoshdagi patsiyentlarda Nebido®ni qo‘llash tajribasi cheklangan.
Hozirgi paytda testosteron darajasining yoshga ko‘ra nazoratli ko‘rsatkichlari yuzasidan yakdil fikr mavjud emas.
Biroq yosh o‘tishi bilan qon zardobidagi testosteronning darajasini fiziologik pasayishi yuz beradi.
Tibbiy tekshirish Keksa patsiyentlarni davolash uchun androgenlar ishlatilganida prostata bezi giperplaziyasining xavfi oshishi mumkin.
Androgenlar prostata bezi kartsinomasini chaqirishi mumkinligi xaqida ma’lumotlar yo‘qligiga qaramasdan, ular mavjud bo‘lgan kartsinomani o‘sishiga yordam berishi mumkin.
Shuning uchun testosteron bilan davolashni boshlashdan oldin barcha patsiyentlar prostata bezining raki borligi xavfini istisno qilish uchun, sinchkov nazoratdan o‘tishlari kerak.
Prostata va ko‘krak bezlarini sinchiklab va muntazam nazorati, testosteron bilan davolash olayotgan patsiyentlarda tavsiya etilgan usullarga (barmoq bilan rektal tekshirish, PSA (prostata spetsifik antigenni aniqlash) muvofiq kamida yiliga bir marta, va keksa yoshli patsiyentlarda va xavf guruhiga kiruvchi patsiyentlarda (klinik yoki oilaviy omillar bo‘lganida) yiliga ikki marta o‘tkazilishi kerak.
Testosteron bilan o‘rinbosar davolashda xavfsizlikni nazorati bo‘yicha regional tavsiyalarni e’tiborga olish kerak.
Androgenlar bilan uzoq muddatli davolash olayotgan patsiyentlarda, testosteronning kontsentratsiyasini laborator tahlillaridan tashqari, vaqti-vaqti bilan quyidagi laborator parametrlar: gemoglobin, gematokrit va jigarning funktsional sinamalari tekshirilishi kerak.
Laborator natijalarning o‘zgaruvchanligi tufayli, testosteron darajasini barcha o‘lchashlar bir laboratoriyada o‘tkazilishi kerak.
O‘smalar Nebido®ni giperkaltsiyemiyani paydo bo‘lish xavfi (va u bilan bog‘liq giperkaltsiuriya) bo‘lgan raki bo‘lgan bemor patsiyentlarda, suyakka metastazlar tufayli, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Bu patsiyentlar zardobida kaltsiyning kontsentratsiyasini muntazam nazoratini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Gormonal moddalarni, masalan, androgen hosilalarini olgan patsiyentlarda xavfsiz va xavfli o‘sma hollari haqida xabar berilgan.
Nebido®ni qabul qilayotgan erkaklarda, qorinning yuqori qismida kuchli og‘riq va shikoyat, jigarni kattalashishi yoki qorinda ichki qon ketishining belgilari paydo bo‘lgan hollarda, differentsial diagnostikani o‘tkazishda, mumkin bo‘lgan variantlar qatoriga jigar o‘smasini kiritish kerak.
Boshqa kasalliklar Og‘ir yurak, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi yoki yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda testosteronni qo‘llash bilan davolash, dimlangan yurak yetishmovchiligi bilan yoki usiz xarakterlanuvchi shish bilan og‘ir asoratlar chaqirishi mumkin.
Bunday hollarda davolashni darhol to‘xtatish kerak.
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda bu dori maxsulotining samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlash uchun tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Demak, bu patsiyentlarda testosteron bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Shishlarga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak, chunki androgenlarni qo‘llash bilan davolash natriyni yuqori tutilishiga olib kelishi mumkin.
Odatda, qon ivishini orttirilgan yoki nasliy buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda mushak ichiga inyektsiyalarni qo‘llash bo‘yicha cheklashlarga doimo rioya qilish kerak.
Nebido®ni tutqanog‘i va migreni bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bu kasalliklarni zo‘rayishi yuz berishi mumkin.
Androgenlarni olayotgan patsiyentlarda insulinga sezuvchanlikni yaxshilanishi kuzatilishi mumkin, ularda o‘rinbosar davolash natijasida plazmada testosteronning kontsentratsiyasini normallashishiga erishiladi.
Ta’sirchanlik, asabiylik, tana vaznini oshishi, uzaygan yoki tez-tez erektsiyala kabi ma’lum klinik belgilar, androgenlarni haddan ziyod ta’sirini ko‘rsatadi, bu dozani to‘g‘rilashni talab qiladi.
Mavjud bo‘lgan uyqudagi apnoe sindromi kuchayishi mumkin.
Androgenlar sog‘lom subyektlarda mushaklarni rivojlanishini kuchaytirish uchun va jismoniy qobiliyatni oshirish uchun ishlatilmaydi.
Birlamchi yoki ikkilamchi erkak gipogonadizmida testosteron bilan o‘rinbosar davolash olayotgan sportchilar, bu dori mahsuloti dopingga qarshi sinamalarni o‘tkazishda ijobiy reaktsiya berishi mumkin bo‘lgan ta’sir qiluvchi modda saqlashidan xabardor qilingan bo‘lishlari kerak.
Bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlar ishtirokida Nebido®ning klinik tadqiqotlari hozirgi vaqtgacha o‘tkazilmagan.
Bolalarni davolash uchun testosteronni ishlatish maskulinizatsiya bilan birga, suyak to‘qimasini o‘sishi va yetilishini tezlashishini, shuningdek epifizning o‘sish sohasini muddatidan oldin bekilishini chaqirishi mumkin, natijada bu yakuniy o‘sishni pasayishiga olib keladi.
Oddiy xusnbuzarlar paydo bo‘lishi mumkin.
Barcha moyli eritmalar kabi Nebido®ni mushak ichiga, preparatning moyli eritmasi bilan o‘pka arteriyasini mikroemboliyasidan saqlanish uchun, u yo‘tal, xansirash, lanjlik, gipergidroz, to‘sh orqasida og‘riq, bosh aylanishi, parasteziyalar yoki xushdan ketish kabi simptomlar bilan nomoyon bo‘lishi mumkin, sekin yuborish kerak.
Bu reaktsiyalar inyektsiya vaqtida yoki bevosita undan keyin rivojlanishi mumkin va qaytuvchi xarakterga ega.
Davolash, odatda, tutib turuvchi, masalan, qo‘shimcha kislorod yuborish.
Nebido®ni inyektsiyasidan keyin anafilaktik reaktsiyalar haqida xabarlar bor.
Agar dozalashning tavsiya etilgan tartibi bo‘yicha davolash vaqtida androgenlarni xaddan tashqari ta’sirining simptomlari saqlansa yoki qayta paydo bo‘lsa, Nebidoni to‘liq bekor qilish kerak.
Fertillik Testosteron bilan o‘rinbosar davolash spermatogenezni qaytuvchan pasaytirishi mumkin (“Nojo‘ya ta’sirlari “ bo‘limiga qarang).
Klinikagacha bo‘lgan tekshirishlarda olingan xavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlar Nebido®ni ishlatish rivojlanishning ayrim bosqichlarida ayol jinsidagi homilada o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Lekin embriotoksiklikka tekshirishlar va, xususan teratogen samaralarining natijalari, a’zolarning rivojlanishini qo‘shimcha yomonlashishi ehtimoli borligini ko‘rsatmaydi.