NAZOL KIDSretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Ta’sir etuvchi modda: fenilefrin gidroxloridi 2,5 mg/ml. Yordamchi moddalar: evkaliptol (tsineol), benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati digidrati, glitserol, makrogol 1500, dinatriy fosfat digidrati, kaliy digidrofosfati, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

NAZOL KIDS

Farmakalogik guruhi:

Dekongestantlar va mahalliy qo‘llash uchun boshqa nazal preparatlar. Simpatomimetiklar. Fenilefrin.

Dori shakli:

nazal sprey

tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli evkaliptolning kuchsiz hidiga ega suyuqlik.

Dekongestantlar va mahalliy qo‘llash uchun boshqa nazal preparatlar. Simpatomimetiklar. Fenilefrin.

O‘tkir rinit yoki sinusit bilan kechuvchi shamollash kasalliklarida, grippda, allergik kasalliklarda (pichan isitmasi va boshq.) burun orqali nafas olishni yengillashtirish uchun; o‘tkir o‘rta otitda yordamchi vosita sifatda qo‘llanadi.

Qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash kerak. Har bir burun yo‘liga navbatma-navbat purkang, purkaganda boshni orqaga tashlamang. 4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: kuniga 3 martadan har bir burun yo‘liga 1-2 marta purkaladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: kuniga 3 martadan har bir burun yo‘liga 2-3 marta purkaladi. Ishlatgandan keyin flakondagi pipetkani arting. Tavsiya qilingan dozalash tartibi oshirilmasin.

Tez-tez: burunda achishish, qichishish, sanchiq, aksirish. Tez-tez emas: nafas olishni qiyinlashishi, burunni qonashi, toshma, qichishish, Kvinke shishi. Kam: yurakni tez urishi, taxikardiya, arterial gipertenziya. Juda kam: bezovtalik, uyqusizlik, charchoqlik, bosh og‘rig‘i, gallyutsinatsiyalar, aritmiyalar, kichik bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda apnoe, tirishishlar.

Preparatning ingrediyentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik; transfenoidal gipofizektomiya yoki bosh miyaning qattiq pardasiga tegib o‘tadigan boshqa jarroxlik aralashuvidan keyingi atrofik rinit; yurak-qon tomir tizimi kasalliklari (yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya), qalqonsimon bezi kasalliklari (gipertireoz), qandli diabet, prostata bezi giperplaziyasi.

3 sutka qo‘llanganidan keyin nafas olishni qiyinlashishi saqlanib qolsa, preparatni qo‘llash yuzasidan shifokor bilan kelishish kerak. Fenilefrin saqlovchi nazal dekongestentlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Uzoq muddat qo‘llanganida va doza oshirib yuborilganida quyidagilar paydo bo‘lishi mumkin: burun shilliq qavatining reaktiv giperemiyasi (medikamentoz rinit), shilliq qavat atrofiyasi.

Nazol Kids bolalar uchun mo‘ljallangan. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar yo‘q.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Mahalliy nazal ishlatilganida dozani oshirib yuborilishi ba’zida quyidagi tizimli samaralarga: taxikardiya, kam hollarda taxikardiya xurujidan keyin bradikardiyani rivojlanishi; arterial bosimini oshishi, qo‘zg‘alish, bosh og‘rig‘i, qusishga olib keladi:

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.