NAZO ADVANSretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Ta’sir etuvchi modda: oksimetazolin gidroxloridi 0,5 mg/ml. Yordamchi moddalar: evkaliptol (tsineol), kamfora, mentol, benzalkoniy xloridi, dinatriy edetat digidrati, polisorbat 80, propilenglikol, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy fosfat digidrati, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

NAZO ADVANS

Farmakalogik guruhi:

Mahalliy qo‘llash uchun tomirlarni toraytiruvchi preparat.

Dori shakli:

Nazal sprey

Kuchsiz mentol, evkaliptol va kamfora hidli tiniq rangsiz suyuqlik.

Mahalliy qo‘llash uchun tomirlarni toraytiruvchi preparat.

Yallig‘lanish kasalliklarida, grippda, O‘RVI da, sinusitlar va nafas yo‘llarining boshqa kasalliklaridagi burundan nafas olish qiyinlashganida qo‘llanadi.

Har bir burun yo‘liga navbat bilan purkang, purkaganda boshni orqaga egmang. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: har bir burun yo‘liga 2­3 martadan purkaladi. 6­12 yosh bolalar: 1 marta purkaladi. Purkashni kamida 12 soatdan keyin takrorlash mumkin.

Tez­tez: burun shilliq qavatini achishishi va qurishi, aksirish. Tez­tez emas: preparatni qo‘llashning samarasi o‘tganidan so‘ng kuchli burun “bitishi” hissi (reaktiv giperemiya), burundan qon ketishi, allergik reaktsiyalar (Kvinke shishi, eshakem, qichishish) kuzatilishi mumkin. Kam: yurak urishini tezlashishi, taxikardiya, arterial gipertenziya. Juda kam: chaqaloqlarda apnoe, uyqusizlik, charchoq (uyquchanlik, sedativ samara), bosh og‘rig‘i, bezovtalik, gallyutsinatsiya (asosan bolalarda), aritmiya, tirishishlar (asosan bolalarda).

Preparatning ingrediyentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik; atrofik rinit; arterial gipertenziya; yaqqol ateroskleroz; taxikardiya; ko‘z ichki bosimini oshishi, yopiq burchakli glaukoma; gipertireoz; qandli diabet; feoxromotsitoma; buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari; prostata bezini kattalashishi bilan bog‘liq bo‘lgan siyishni qiyinlashishi; transfenoidal gipofizektomiyadan yoki qattiq miya qobig‘iga teguvchi boshqa jarrohlik aralashuvdan keyin; MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish; homiladorlik; 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Uzoq muddat qo‘llanganida va topik dekogenstanlarni dozasi oshirib yuborilganida ularning samarasi susayishi mumkin. Ularni suiste’mol qilishning oqibati sifatida: burun shilliq qavatini reaktiv giperemiyasi (rebaund samara), burun shilliq qavatini surunkali shishishi (medikamentoz rinit), shilliq qavat atrofiyasi kuzatilishi mumkin. Tavsiya etilgan dozadan oshirmaslik va preparatni 7 kundan ortiq ishlatmaslik kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanganda tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas. Bu davrda faqat ona va homila uchun bo‘lgan havf va foyda nisbati yaxshilab baholanganidan so‘ng qo‘llash mumkin.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Tavsiya qilingan dozani oshirib yuborilishi og‘riq yoki achishishni, aksirish va burun yo‘lidan ajralmalarni oshirishini chaqirishi mumkin. Katta dozalarda, ayniqsa uzoq vaqt qo‘llanganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi kuzatilishi mumkin.

3 yil. O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.