Nazivin rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: 0,01% li Nazivin – 0,1 mg oksimetazolin gidroxloridi 0,025% li Nazivin – 0,25 mg oksimetazolin gidroxloridi 0,05% li Nazivin – 0,5 mg oksimetazolin gidroxloridi Yordamchi moddalar: Limon kislotasi monogidrati ……………………0,6093 mg Natriy tsitrati digidrati ………………………….3,823 mg Glitserol (85%)…………………………………………..24,348 mg Benzalkoniy xloridi (50% li eritma) …………0,100 mg Tozalangan suv …………………………………………979,020 mg (0,01% li uchun); 978,870 mg (0,025% li uchun); 978,600 mg (0,05% li uchun)

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

oksimetazolin

Preparatning savdo nomi:

Nazivin

Farmakalogik guruhi:

alfa–adrenomimetik vosita.

deyarli tiniq, rangsizdan biroz sarg‘ish rangligacha bo‘lgan eritma.

alfa–adrenomimetik vosita.

R01AA05.

Mahalliy intranazal qo‘llanganida oksimetazalin tizimli ta’sirga ega emas. Yarim chiqarilish davri intranazal yuborilganida 35 soat tashkil qiladi. 2,1% oksimetazolin siydik bilan va taxminan 1,1% ahlat bilan chiqariladi.

tumov bilan kechuvchi o‘tkir respirator kasalliklarni davolash;allergik rinit;vazomotor rinit;burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanishida, yevstaxiitda, o‘rta otitda drenajni tiklanishi uchun;burun yo‘llarida o‘tkaziladigan diagnostik muolajalardan oldin shishni bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.

0,01%, 0,025% va 0,05% li Nazivin® tomchilari burunga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: 0,05% li Nazivin® tomchilari 1-2 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta qo‘llanadi. 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 0,025% li Nazivin® tomchilari 1-2 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta qo‘llanadi. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 4 haftalikkacha bo‘lgan bolalarga 0,01% li Nazivin® 1 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta buyuriladi. 5 haftalikdan boshlab 1 yoshgacha – 1-2 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta buyuriladi. Aniq dozalashni ta’minlash uchun 0,01% li Nazivin® tomchilari bo‘lgan flakon, tomchilarning miqdorini belgilari bo‘lgan darajalangan pipetkaga ega. Masalan, agar 1 tomchi buyurilgan bo‘lsa, pipetkani eritma bilan 1 belgisigacha to‘ldirish lozim. Shuningdek quyidagi muolajaning ham samaradorligi isbotlangan: yoshiga qarab 0,01% li eritmaning 1-2 tomchisini paxtaga tomiziladi va burun yo‘llariga surtiladi. 0,01%, 0,025% va 0,05% li Nazivin® tomchilarini 3-5 kun davomida qo‘llash kerak. Tavsiya qilinganidan yuqori dozalarni faqat shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin.

Ba’zida: burun shilliq qavatini achishishi yoki quruqligi, aksirish. Kam hollarda: Nazivin® ning samarasi o‘tganidan so‘ng, burunni kuchli “bitishi” hissi bo‘ladi (reaktiv giperemiya). Mahalliy nazal qo‘llanganida, ko‘p marta dozani oshirib yuborilishi ba’zan pulsni tezlashishi (taxikardiya) va arterial bosimni oshishi kabi tizimli simpatomimetik samaralarga olib keladi. Juda kam hollarda bezovtalik, uyqusizlik, toliqish, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi kuzatilgan. Uzoq davomiylik tinimsiz tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni qo‘llanilishi taxifilaksiyaga, burun bo‘shlig‘ini shilliq pardasini atrofiyasiga va burun bo‘shlig‘ini shilliq pardasini qayta shishiga (dori riniti) olib kelishi mumkin.

Atrofik rinit, yopiq burchakli glaukoma; preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Turli yosh toifalari uchun mo‘ljallangan preparatning tavsiya qilingan kontsentratsiyalariga rioya qilish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).

MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bir vaqtda buyurilganida – arterial bosimni oshishi. Tomirlarni toraytiruvchi boshqa dori vositalarni birga buyurilishi nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradi.

Preparatni uzoq muddat ishlatishga va dozasini oshirib yuborishga, ayniqsa bolalarda yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanganida tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas. Preparat faqat, ona va homila uchun xavf va foyda nisbati sinchkov baholanganidan keyin qo‘llanishi lozim.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani sezilarli oshirib yuborilishida yoki tasodifan ichga qabul qilinganida quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: qorachiqni torayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, tsianoz, tana haroratini oshishi, taxikardiya, aritmiya, kollaps, yurak faoliyatini susayishi, arterial gipertenziya, o‘pka shishi, nafas buzilishlari. Bundan tashqari, ruxiy buzilishlar, shuningdek uyquchanlik, tana haroratini pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasni to‘xtab qolishi va komani rivojlanishi mumkin bo‘lgan markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishi paydo bo‘lishi mumkin. Preparatni ichga qabul qilish bilan bog‘liq dozani oshirib yuborilishida, me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish buyuriladi.

Retseptsiz

nazal tomchilar

3 yil.