Natriy oksibutirati qo‘llanilganda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaktsiyalarga quyidagilar kiradi: bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi.
Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Metabolizm va oziqlanish tomonidan buzilishlar: anoreksiya, ishtahani pasayishi.
Ruhiyat tomonidan buzilishlar: depressiya, katapleksiya, odatdagi bo‘lmagan tush ko‘rishlar, ongni chalkashishi, dezoriyentatsiya, tungi dahshatlar, somnambulizm, uyquni buzilishi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, o‘z joniga qasd qilishga urinish/fikrlar, psixoz, paranoya, gallyutsinatsiyalar, patologik fikrlar, ajitatsiya, uyquga ketishni buzilishlari.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi, vertigo, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, tremor, muvozanatni buzilishi, diqqatni buzilishi, gipoyesteziya, paresteziya, disgevziya, mushaklarni tirishib tortilishi, amneziya, bezovta oyoqlar sindromi, tirishishlar.
Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar: ko‘rishni noaniqligi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: yurak urib ketishi, gipertenziya, bradikardiya.
Nafas a’zolari tomonidan buzilishlar: hansirash, burunni bitishi, nazofaringit, sinusit, nafasni susayishi, apnoe.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, axlatni tutib turolmaslik.
Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan buzilishlar: gipergidroz, toshmalar, eshakemi.
Suyak-mushak tizimi tomonidan buzilishlar: artralgiya, mushak spazmlari, belda og‘riq.
Siydik-jinsiy tizim tomonidan buzilishlar: siydikni tutib turolmaslik, nikturiya.
Boshqalar: asteniya, toliqish, mastlik hissi, gipokaliyemiya, periferik shishlar, tana vaznini oshishi.