Natriy tiosulfatretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: natriy tiosulfati – 300 g; yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, inyektsiya uchun suv – 1 l gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

natriy tiosulfat

Preparatning savdo nomi:

Natriy tiosulfat

Farmakalogik guruhi:

Zaharlanishda va intoksikatsiyada qo‘llanadigan vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz suyuqlik.

Zaharlanishda va intoksikatsiyada qo‘llanadigan vosita.

V03AV06

Vena ichiga yuborilganida hujayradan tashqaridagi suyuqlikka tez tushadi, o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – 0,65 soatni tashkil qiladi.

Mishyak, simob, qo‘rg‘oshin birikmalari, sinil kislotasi va uning tuzlari, yod, brom va ularning tuzlari bilan zaharlanishda qo‘llanadi.

Mishyak, simob, qo‘rg‘oshin birikmalari bilan, yod, brom va ularning tuzlari bilan zaharlanishda 1,5-3 g (30% li eritmaning 5-10 ml) dozada vena ichiga bolyus ravishda buyuriladi. Sinil kislotasi va uning tuzlari bilan zaharlanishda 15 g (30% li eritmaning 50 ml) dozada yuboriladi. Preparat butun toksik davr davomida (zaharlanishning birinchi klinik simptomlari paydo bo‘lganidan boshlab, toksin organizmdan to‘liq chiqib ketgunicha) buyuriladi.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ongni buzilishi, quloqlarni shang‘illashi, ko‘rishni xiralashishishi. Allergik reaktsiyalar: anafilaktik reaktsiyalar, artralgiya, isitma. Teri tomonidan: qichishish, toshmalar (shu jumladan makulopapulez toshmalar), eshakemi, giperemiya, qizib ketish hissi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni kollapsga qadar tushib ketishi, hushni yo‘qotish. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish. Boshqalar: yuborish joyida reaktsiyalar, umumiy holsizlik, diurezni kuchayishi.

Preparatning komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Metabolizmi rodanirovaniye bosqichi orqali kechuvchi dori vositalari bilan birga qo‘llanishi, bu preparatning farmakologik samaralarini susayishiga olib keladi. Yodidlar, bromidlarni saqlovchi dori vositalari natriy tiosulfati bilan birga qo‘llanganda o‘zining farmakologik xususiyatlarini namoyon eta olmaydi. Nomutanosibligi. Nitrit va nitrat eritmalari bilan nomutanosib. Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir shpritsda aralashtirish mumkin emas.

Arterial gipertenziyasi, jigar tsirrozi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, homiladorlar toksikozi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki patsiyentning ahvoli yomonlashishi mumkin. Tsianidlar bilan zaharlanganda avval metgemoglobinni hosil qiluvchi moddalar – antitsian yoki amilnitritni qo‘llash, so‘ngra esa natriy tiosulfatini vena ichiga yuborishga o‘tish kerak. Qo‘llashdan oldin ampulaning ichidagi moddani ko‘rikdan o‘tkazish lozim. Cho‘kma bo‘lsa preparatni ishlatmaslik kerak. Inyektsiyalar uchun filtrli 5 mikronli ignalarni ishlatish, vena ichiga infuziyalar uchun esa – 0,22 mikronli chiziqli filtrlarni ishlatish lozim. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar. Natriy tiosulfati, ma’lumki, asosan buyrak orqali chiqariladi, va shu boisdan preparatga toksik reaktsiyalarning xavfi buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda yuqori bo‘lishi mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlar. Keksa yoshdagi patsiyentlarda buyrak faoliyatini susayish ehtimoli yuqoriroq, shuning uchun dozani tanlashda ehtiyotkorlikga rioya qilish va buyrak faoliyatini nazorat qilish lozim. Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlik yoki laktatsiya davrida preparat faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyuriladi. Bolalar. Klinik ma’lumotlarni yo‘qligi tufayli preparat bolalarda qo‘llanmaydi. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir etish xususiyati. Klinik ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun davolanish vaqtida avtotransportni boshqarishdan yoki diqqatni yuqori jamlanishi va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: artralgiya, giperrefleksiya, tirishishlar, psixotik xulq-atvor, shu jumladan ajitatsiya, gallyutsinatsiyalar; ko‘ngil aynishi, qusish; nojo‘ya reaktsiyalarni kuchayishi. Davolash: gemodializ; tutib turuvchi davolash.

Retsept bo‘yicha

5 ml dan ampulalarda; 10 ampuladan PVX plenkali kontur uyali o‘ramda.

2 yil.