Sog‘lom ko‘ngillilarda qon plazmasidan o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi; o‘rtacha taqsimlanish hajmi taxminan 0,25 l/kg (11-27 l) ni tashkil qiladi; 250 mg dozada preparat qo‘llanganida o‘rtacha klirens minutiga 287 ml ni tashkil qiladi, 2 g dozada preparat qo‘llanganida klirensni pasayishi bilan minutiga 205 ml gacha.
Preparatni 500, 1000, va 2000 mg dozalarda infuziya ko‘rinishda qo‘llanganida 30 minut davomida Smax ning o‘rtacha qiymati muvofiq ravishda taxminan 23, 49 va 115 mkg/ml ni tashkil qiladi; AUC ning muvofiq qiymati 39,3.
62,3, va 153 mkgxs/ml ni tashkil qiladi.
Preparatni 500 va 1000 mg dozalarda infuziya o‘tkazilganidan keyin 5 minut davomida Smax ning qiymati muvofiq ravishda 52 va 112 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan patsiyentlarga preparatning bir nechta dozalari har 8 soatda yuborilganda meropenemni to‘planishi kuzatilmaydi.
Meropenemni intraabdominal infektsiyalar sababli jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilganidan keyin 1000 mg dozada har 8 soatda yuborilganida Smax qiymati va yarim chiqarilish davri ko‘rsatkichlari, sog‘lom ko‘ngillilarni ko‘rsatkichlariga mos kelganligi, lekin taqsimlanish hajmini yuqori (27 mg) bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
Taqsimlanishi.
Meropenemni qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishining o‘rtacha qiymati taxminan 2% ni tashkil qiladi va bu preparatning kontsentratsiyasiga bog‘liq emas.
Preparat tez yuborilganda (5 minut yoki kamroq) farmakokinetikasi biekspotentsial hisoblanadi, lekin bu o‘ttiz minutlik infuziyadan keyin sezilarli darajada juda past.
Meropenem organizmning ayrim suyuqliklari va to‘qimalariga, jumladan o‘pka, bronxial sekret, safro, orqa miya suyuqligi, ayollar jinsiy a’zolarining to‘qimalari, teri, fastsiya, mushaklar va peritoneal ekssudatlarga yaxshi o‘tadi.
Metabolizmi.
Meropenem mikrobiologik nofaol metabolit hosil qilib, beta-laktam halqasini gidroliz qilinishi yo‘li bilan metabolizmga uchraydi.
In vitro sharoitida meropenem odam degidropeptidaza-I (DGP-I) ta’siri ostida gidrolizga nisbatan imipenem bilan taqqoslanganda kamaygan moyillikni namoyon qiladi va DGP-I ingibitorini bir vaqtda qo‘llashga ehtiyoj yo‘q.
Yuborilishi.
Meropenem birinchi navbatda o‘zgarmagan ko‘rinishda buyrak orqali chiqariladi; taxminan preparat dozasining 70% (50-75%) 12 soat davomida o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Preparatning yana 28% mikrobiologik nofaol metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.
Axlat bilan chiqarilishi dozaning taxminan 2% ni o‘zida namoyon qiladi.
O‘lchangan buyrak klirensi va probenetsidning samarasi, meropenemni ham filtratsiya, ham kanalchalar sekretsiyasiga uchrashini ko‘rsatadi.
Buyrak yetishmovchiligi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi qon plazmasida AUC ning yuqori ko‘rsatkichlarini va meropenemning yarim chiqarilish davrini ko‘proq uzayishiga olib keladi.
Buyrak funktsiyasini o‘rtacha buzilishi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 33-74 ml) bo‘lgan patsiyentlarda AUC ning 2,4 marta, buyrak funktsiyasini og‘ir buzilishi (KK minutiga 4-23 ml) bo‘lgan patsiyentlarda – 5 marta va gemodializda (KK <2 ml/min) bo‘lgan patsiyentlar uchun – 10 martaga oshishi, sog‘lom ko‘ngillilar bilan (KK>80 ml/min) taqqoslanganda xarakterlidir.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ochiq halqali mikrobiologik nofaol metabolitining AUC ko‘rsatkichi ahamiyatli darajada yuqori.
Buyrak funktsiyasini o‘rtacha va og‘ir buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga preparatning dozasini tuzatish tavsiya etiladi.
Meropenem gemodializni o‘tkazish vaqtida anuriyasi bo‘lgan patsiyentlarga nisbatan 4 marta yuqori bo‘lgan klirensli gemodializ yo‘li bilan chiqariladi.
Jigar yetishmovchiligi.
Preparatni takroriy dozalari qo‘llanganidan so‘ng jigar kasalligini meropenemning farmakokinetikasiga ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
Bolalar.
Infektsiyasi bo‘lgan bolalarda (shu jumladan chaqaloqlarda) farmakokinetikasiga tegishli ma’lumotlar mavjud: preparatni 10, 20 va 40 mg/kg dozalarda qo‘llanganida Smax ning qiymati, preparatni 500, 1000 va 2000 mg dozalari muvofiq ravishda qo‘llanganidan keyin kattalarda aniqlanganiga yaqin.
Meropenem klirensining o‘rtacha qiymati 5,8 ml/min/kg (6-12 yosh), 6,2 ml/min/kg (2-5 yosh), 5,3 ml/min/kg (6-23 oylik) va 4,3 ml/min/kg (2-5 oylik) ni tashkil qiladi.
Preparat dozasining taxminan 60% meropenem ko‘rinishida va 12% metaboliti ko‘rinishida 12 soat davomida siydik bilan chiqariladi.
Meningiti bo‘lgan bolalarning orqa miya suyuqligida meropenemni kontsentratsiyasi qon plazmasida preparatning bir vaqtda aniqlangan darajalari, individlar orasida ahamiyatli o‘zgaruvchanlik mavjud bo‘lsa-da, taxminan 20% ni tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar.
Keksa yoshdagi (65-80 yosh) sog‘lom ko‘ngillilardagi farmakokinetik ma’lumotlar qon plazmasi klirensini pasayishidan dalolat beradi, bu yosh bilan bog‘liq, shuningdek buyrakdan tashqari klirensni ahamiyatsiz pasayishi, kreatinin klirensini pasayishi bilan mos keladi.
Keksa yoshdagi patsiyentlarga preparatning dozasini tuzatish, buyrak funktsiyasini o‘rtacha va og‘ir buzilishi istisno qilingan hollarda talab etilmaydi.