MЕNAKTRA bo‘g‘ma anatoksini bilan kon’yugirlangan polisaxarid meningokokk vaktsinasi (A, C, Y va W 135 seroguruhlar).retsept bilan

Tarkibi:

Bir doza (0,5 ml) quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: A guruhi polisaxaridi Neisseria meningitides*                           4 mkg; S guruhi polisaxaridi Neisseria meningitides*                           4 mkg; Y guruhi polisaxaridi Neisseria meningitides*                           4 mkg; W-135 guruhi polisaxaridi Neisseria meningitides*                   4 mkg; Yordamchi moddalar: Bo‘g‘ma anatoksini                                                                           48 mkg; Natriy xloridi                                                                             4,35 mg.

Preparatning savdo nomi:

MЕNAKTRA bo‘g‘ma anatoksini bilan kon’yugirlangan polisaxarid meningokokk vaktsinasi (A, C, Y va W-135 seroguruhlar).

Dori shakli:

mushak ichiga yuborish uchun eritma 0,5 ml/doza.

tiniq, rangsiz suyuqlik.

Menaktra vaktsinasi Neisseria meningitides A, S, Y va W-135 seroguruh meningokokklari chaqirgan invaziv meningokokk infektsiyalarni oldini olish uchun 2 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni faol immunizatsiya qilish uchun qo‘llanadi. Menaktra vaktsinasi boshqa mikroorganizmlar chaqirgan meningitlar yoki N. meningitides V seroguruhi meningokokklari chaqirgan invaziv meningokokk infektsiyalarni oldini olish uchun qo‘llanmaydi. Menaktra vaktsinasi meningokokk infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanmaydi. Menaktra vaktsinasi bo‘g‘mani oldini olish uchun qo‘llanmaydi. Menaktra vaktsinasi vaktsinatsiya qilinayotgan aholining 100% himoya qilishga kafolat bera olmaydi.

Menaktra 0,5ml ga teng bir martalik dozada mushak ichiga deltasimon mushak sohasiga yuboriladi. Vaktsinani vena ichiga, teri ostiga yoki teri ichiga yuborish mumkin emas. Buster dozani yuborishning zarurati, shuningdek birlamchi dozaga nisbatan uni yuborish vaqti hozirgi kunda aniqlanmagan. Qo‘llashdan oldin parenteral preparatlar ko‘rik nazoratidan o‘tkazilishi kerak. Agar imkoniyat bo‘lsa, konteynerning butunligini tekshirish, suyuqlikda qattiq aralashmalar borligini o‘rganish, uning rangiga e’tibor berish lozim.

2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya reaktsiyalari, yuborilgan joyda og‘riq, to‘qimani zichlashishi, diareya, uyquchanlik va anoreksiya hisoblanadi; 11 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda yuborilgan joyda og‘riq, bosh og‘rig‘i va yuqori toliqish eng ko‘p kuzatilgan; kattalarda mahalliy nojo‘ya reaktsiyalari ko‘proq kuzatiladi. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktik/soxta anafilaktik reaktsiya; hansirash, nafasni qiyinlashishi, yuqori nafas yo‘llarini shishi, eshakemi, eritema, qichishish, arterial qon bosimini pasayishi kabi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalaridir. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: Giyen-Barre sindromi, sinokarotid xushni yo‘qotilishi, prozopoplegiya, ko‘ndalang miyelit, o‘tkir tarqalgan entsefalomiyelit. Mushak-suyak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: mialgiya.

Menaktra vaktsinasini qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘lib, uning har qanday komponentiga, shu jumladan bo‘g‘ma anatoksiniga yuqori sezuvchanlik, shuningdek o‘xshash komponentlar saqlovchi ilgari yuborilgan vaktsinaga javoban hayot uchun xavfli reaktsiya hisoblanadi. Vaktsinani qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘lib, anamnezida Giyen-Barre sindromi hisoblanadi (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang). Vaktsinani qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘lib, quruq tabiiy lateksga yuqori sezuvchanlik hisoblanadi (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘lishiga qarang).

Qoqshol va bo‘g‘mani oldini olish uchun vaktsinalar. Menaktra vaktsinasi va kattalarda qo‘llash uchun adsorbirlangan bo‘g‘ma-qoqsholga qarshi anatoksini (Td, Sanofi Paster Ink., Sviftuyeter, Pensilvaniyada ishlab chiqarilgan) bilan bir vaqtda qo‘llash 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 1021 nafar ko‘ngillilarda o‘tkazilgan ikki tomonlama yashirin randolizatsiyalangan nazoratli klinik tekshirishlarda baholanadi. Menaktra va Td vaktsinasini bir vaqtda yuborilganida S, Y va W-135 seroguruh meningokokklarga nisbatan SBA antitelalar titrining 4 marta yoki undan ahamiyatli o‘sishi bo‘lgan ishtirokchilarning foizi, Td vaktsina yuborilganidan so‘ng 1 oydan keyin Menaktra vaktsinasi yuborilganiga qaraganda yuqori bo‘ldi. Olingan ma’lumotlarning klinik ahamiyati to‘liq baholanmagan. Meningokokk vaktsinasi bilan birga immunizatsiya qilish natijasida qaqshol va bo‘g‘mani oldini olish uchun qilingan vaktsina komponentlariga nisbatan immun javobning pasayishi aniqlanmagan (Qo‘llash usuli va dozalari bo‘limiga qarang). Typhim Vi® subbirlik polisaxarid qorin tifi vaktsinasi Menaktra va Typhim Vi vaktsinalarini bir vaqtda yuborish (sayohatchilarning alohida kategoriyasiga tavsiya qilinadi) 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 945 nafar ko‘ngillilarda o‘tkazilgan ikki tomonlama yashirin randolizatsiyalangan nazoratli klinik tekshiruvlarda baholangan. Menaktra va Typhim Vi vaktsinalari parallel yuborilganida immun javobi, faqat Menaktra vaktsinasi yoki faqat Typhim vaktsinasi alohida yuborilganida olingan immun javob bilan mutanosib bo‘lgan (Qo‘llash usuli va dozalari bo‘limiga qarang).

Menaktra vaktsinasini yuborish va Giyen-Barre sindromini paydo bo‘lishi orasida vaqtinchalik aloqa aniqlangan. Vaktsinaning nojo‘ya samaralarini postmarketing tekshirishlarning natijalariga muvofiq, menaktra vaktsinasi yuborilganidan so‘ng Giyen-Barre sindromini rivojlanishi hollari sonining biroz oshishi aniqlangan. Biroq, xavfli vaziyatlar haqidagi spontan xabarlarning tizimiga xos bo‘lgan cheklanishlar tufayli, bu ma’lumotlar aslida xavfning o‘sishini ta’kidlash mumkin emas va bu ma’lumotlarga ehtiyotkorlik bilan qarash kerak. Anamnezida Giyen-Barre sindromi bo‘lgan shaxslarga Menaktra vaktsinasini qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Flakonni berkitadigan tiqin tarkibiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan odamlarda allergik reaktsiyalarni rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan quruq tabiiy lateks kiradi.

Homilador ayollar ishtirokida adekvat yoki qatiy nazoratli tekshirishlar o‘tkazilmagan. Homilador ayollarga Menaktra vaktsinasini yuborish faqat juda zarur bo‘lgan holda tavsiya qilinadi.

2°S dan 8°S gacha (35°-46°G‘) bo‘lgan haroratda saqlansin. MUZLATILMASIN. Muzlagan preparatni ishlatish mumkin emas. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Tavsiya qilingan dozalarga rioya qilinganida kuzatilmagan.

Flakon, 1 doza (5 flakon o‘ramda).

24 oy. Ulashish: 1 143 Views