MultiLakretsept bilan

Preparatning savdo nomi:

MultiLak

Farmakalogik guruhi:

Gemodializ uchun eritmalar. Gemofiltratlar.

Dori shakli:

gemofiltratsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli eritma.

Gemodializ uchun eritmalar. Gemofiltratlar.

B05ZB

Eritma tana haroratigacha isitilgandan va yaxshilab aralashtirilgandan keyin vena ichiga yuboriladi yoki dializ qiluvchi eritmasi sifatida ishlatiladi.

ko‘ngil aynishi,qusish,tirishishlar,gipotenziya,gipertenziya,giper- yoki gipogidratatsiya,elektrolit buzilishlari (shu jumladan gipokaliyemiya),gipofosfatemiya,giperglikemiya,metabolik alkaloz,giperlaktatemiya.

preparatning faol komponentlari va yordamchi moddalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;gipokaliyemiya;metabolik alkaloz;giperlaktatemiya, laktatsidoz, laktat metabolizmini pasayishi;homiladorlik va laktatsiya davri;bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Jadal davolashda odatda buyuriladigan elektrolit eritmalar, parenteral oziqlantirish va boshqa infuziyalar qon plazmasi va patsiyentning suv muvozanatini o‘zgartirishi mumkinligini yodda tutish kerak, buni gemofiltratsiya, gemodializ yoki gemodiafiltratsiya o‘tkazganda e’tiborga olish kerak. Gemofiltratsiya, gemodializ yoki gemodiafiltratsiya qonda dori preparatlarining, ayniqsa oqsil bilan bog‘lanishi past, taqsimlanish hajmi kichik, molekulyar massasi gemofiltrat membranasining o‘tkazuvchanlik bo‘sag‘asidan past, shuningdek gemofiltrat membranalari tomonidan so‘riladigan moddalarning kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin. Digitalisning toksik samarasi giperkaliyemiya, gipermagniyemiya va gipokaltsiyemiya bilan niqoblanishi mumkin. Bu elektrolit buzilishlarni gemofiltratsiya (yoki dializ) tomonidan muvofiqlashtirish digitalis intoksikatsiya belgilarini paydo bo‘lishini, masalan, yurak aritmiyalarini jadallashtirishi mumkin.

Agar laktat bufer asosidagi eritmalar ishlatilganida atsidoz rivojlansa, quyidagi sabablarni ko‘rib chiqish kerak: laktat metabolizmini pasayishi;va/yoki umumiy bufer asosni yetarli miqdorda infuziya qilmaslik. Laktat metabolizmini susayishi tizimli laktatni proportsional bo‘lmagan oshishiga olib keladi. Bunday hollarda gemofiltratsiya uchun bikarbonat bufer asosidagi eritmalarga o‘tishni ko‘rib chiqish kerak. Agar atsidoz gemofiltratsiya vaqtida umumiy bufer asosini yetarli darajada infuziya qilmaslik natijasi bo‘lsa, gemofiltratsiya jarayonida natriy bikarbonatini qo‘shimcha yuborish yoki almashinuv xajmini oshirish mumkin. Gemofiltratsiya jarayonida alkalozni rivojlanishi eritmadagi bufer asosning (laktatning kontsentratsiyasi) haddan tashqari yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Bunday hollarda laktatning pastroq kontsentratsiyadagi eritmalariga (yoki muqobil bikarbonatga) o‘tishni qayta ko‘rib chiqish kerak. Kontsentratsiyaning pastki chegarasini belgilaganda bikarbonat va laktat organizmdan ultrafiltrat ko‘rinishida chiqarilishini e’tiborga olish kerak. Degidratatsiya yoki gipergidratatsiya rivojlanishidan saqlanish uchun suyuqlik va tana vazni muvozanatini doimo aniq fiksatsiya qilish kerak. Kaliy kontsentratsiyasini va boshqa laborator ko‘rsatkichlarni (natriy, kaltsiy, magniy, fosfatlar, laktat, kreatinin, qonda glkyuaoza, kislota-ishqor holati) vaqti-vaqti bilan monitoring qilish majburiy hisoblanadi. Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda insulinning dozasiga glyukoza bilan oshib boruvchi yuklamaga mos ravishda tuzatish kiritish kerak. Eritma saqlovchi plastik paketlar transportirovka vaqtida shikastlanishi mumkin. Paketning hatto ahamiyatsiz shikastlanishlarini mavjudligiga ham e’tibor qaratish kerak. Eritmani faqat, agar paket shikastlanmagan bo‘lsa ishlating! Paket ichidagisi tiniq bo‘lmasa eritmani ishlatmang. Eritma saqlovchi paket bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan; eritmaning barcha ishlatilmagan miqdori yo‘q qilinishi kerak. Gemofiltratsiya va dializda gemofiltratsion eritmani qo‘llash bo‘yicha uzoq muddatli klinik tajribadan kelib chiqib, bunday eritmalarning potentsial noxush samaralari yaxshi ma’lum. Ular alohida komponentlar bilan bog‘liq emas, balki komponentlar orasidagi disbalans bilan bog‘liq. Uzoq muddatli klinik tajriba laktat-saqlovchi eritmalarning qoniqarli darajada xavfsizlik darajasini namoyish qiladi. Bir tomondan gemofiltratsion va dializlovchi eritmalarda bilvosita bufer asos sifatida ishlatiladigan laktatning aniqlangan samaradorligi va xavfsizligi va boshqa tomondan ma’lum klinik holatlarda laktatni qo‘llash bilan bog‘liq yetishmovchiliklar va xavflarni e’tiborga olib, laktat metabolizmini susayishi va laktat-atsidoz belgilari bo‘lgan patsiyentlarda buyrak kasalligini o‘rinbosar davolashni o‘tkazish uchun laktat saqlovchi eritmalarni istisno qilish kerak. Og‘ir darajadagi yurak-qon tomir kasalliklari (masalan, yurak yetishmovchiligi) bo‘lgan patsiyentlarda, bu guruh patsiyentlarida laktatni qo‘llashdan bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni e’tiborga olib laktat-saqlovchi eritmalarni qo‘llashni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish kerak.

4°S dan past bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishining holatlari qayd etilmagan. Gipergidratatsiya rivojlangan hollarda yurak va/yoki o‘pka yetishmovchiligi simptomlari kuchayishi mumkin, bunday hollarda ultrafiltratsiyani oshirish tavsiya etiladi. Degidratatsiya rivojlangan hollarda ultrafiltratsiya kamaytirilishi yoki to‘xtatilishi kerak.

Preparat retsept bo‘yicha beriladi

Gemofiltratsiya uchun eritma (kaliy 2 mmol/l), (kaliy 4 mmol/l). Chiqaruvchi naycha, tashqi tomondan berkitilgan tiqinli portga ega 5000 ml xajmli “Biofine®” tiniq plastik qopchada. Eritma saqlovchi qopcha, naycha va port himoya germetik, tiniq plastik qopchaga joylangan. 2 qopcha tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil.