Mukogenretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: rebamipid – 100 mg; yordamchi moddalar: oldindan jelatinlangan kraxmal, mannitol, natriy kroskarmellozasi, tozalangan talk, suvsiz limon kislotasi, magniy stearati, natriy laurilsulfati; qobig‘ining tarkibi: gipromelloza (5cps), titan dioksidi (Ye171), propilenglikol.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

rebamipid

Preparatning savdo nomi:

Mukogen

Farmakalogik guruhi:

Me’daning kislotali muhitini buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarni davolash uchun preparatlar. Me’da yarasiga qarshi boshqa preparatlar va gastroezofageal reflyuksni davolash uchun preparatlar.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni silliq, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

Me’daning kislotali muhitini buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarni davolash uchun preparatlar. Me’da yarasiga qarshi boshqa preparatlar va gastroezofageal reflyuksni davolash uchun preparatlar.

A02BX

So‘rilishi Ichga bir martalik 100 mg dozasi qabul qilingandan keyin plazmada rebamipidning kontsentratsiyasini cho‘qqisiga (340 ng/ml) taxminan 2 soatdan keyin erishiladi. Plazma  oqsillari bilan bog‘lanishi 98,4-98,6%. Plazmadan yarim chiqarilishi davri – 1,5 soat. Preparat odam organizmida to‘planmaydi. Metabolizmi Ichga 600 mg bir martalik dozasi qabul qilinganidan keyin siydikda rebamipidning 8-pozitsiyadagi gidroksil guruhiga ega metaboliti aniqlanadi. Chiqarilishi Preparatning katta qismi o‘zgarmagan holda  chiqariladi. Yuborilgan dozaning taxminan 10% siydik bilan chiqariladi.

me’da yara kasalligio‘tkir gastrit, surunkali gastritning zo‘rayish davrigastrit va me’da yara kasalligini davolashda N.pylori eradikatsiyasi uchunme’da-ichak yarasi bo‘lmagan dispepsiyaNYAQP ni qabul qilish fonida me’daning shikastlanishini oldini olish uchun qo‘llanadi.

Kattalar 1 tabletka (100 mg) dan sutkada 3 marta ichga, oz miqdordagi suyuqlik bilan ichib, qabul qiladi. Davolash kursi 2-4 haftani tashkil qiladi, zarurati bo‘lganida 8 haftagacha uzaytirilishi mumkin.

qichishish, teri toshmasi, ekzema va yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilarita’m sezishni o‘zgarishlari, jig‘ildon qaynashi, kekirish, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, qabziyat, diareya.jigar faoliyatini buzilishi: qon zardobida jigar transaminazalari faolligini oshishileykopeniya, granulotsitopeniyahayz tsiklini buzilishlarishishlar

rebamipid va/yoki preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlikme’daning xavfli kasalliklari

Preparatning tsitoxrom R450 enzimlari bilan o‘zaro ta’siri Mukogenning metabolizmini ham, Mukogen bilan bir vaqtda qo‘llangan boshqa preparatlarning metabolizmini ham buzmaydi deb hisoblanadi. Mukogen gidroksillanish jarayonida faqat SYP3A4  jalb qilinishi taxmin qilinadi. Mukogen SYP1A2-, 2S9-, 2S19-, 2D6-, 2Е1-3A4-enzimlar yordamida amalga oshuvchi metabolizmni bostirmasligi ko‘rsatilgan. Mukogenning tsitoprotektor samarasi tsiklogeksimid yoki aktinomitsin D ta’sirida susayadi.

Me’da-ichak buzilishlarini xavfini minimallashtirish uchun keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bu patsiyentlar yoshlarga qaraganda rebamipidga sezuvchanroq bo‘lishi mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi Rebamitsidni bolalar va o‘smirlarda xavfsizligi va samarasi o‘rganilmagan. Homiladorlik va laktatsiya davri Mukogenni homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatning laktatsiya davrida buyurish zarurati bo‘lganda emizishni to‘xtatishni masalasini hal qilish kerak. Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni  boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta’sir etish xususiyatlari Ma’lumotlar yo‘q Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 7 231 Views

10 tabletkadan tegishli markirovkaga ega alyumin strip. 3 strip va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini saqlovchi karton quti.

36 oy.