MRSamnatretsept bilan

Tarkibi:

Faol modda: Zopiklon – 7,5 mg. Yordamchi moddalar: mikrokristallik tsellyuloza, laktoza monogidrati, povidon, talk, stearin kislotasi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Zopiklon

Preparatning savdo nomi:

MRSamnat

Farmakalogik guruhi:

Uxlatuvchi vosita.

Dori shakli:

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Dumaloq, ikki tomoni qavariq, oq rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Uxlatuvchi vosita.

N05CF01

Ichga qabul qilinganida, me’da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Uyqu 30 minut davomida boshlanadi va 6-8 soat davom etadi. Buyrak orqali va karbonat angidrid gazi ko‘rinishida nafas havosi bilan chiqariladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligida preparatni chiqarilishi sekinlashishi mumkin.

Uyquni buzilishi, shu jumladan uyquga ketishning qiyinligi, tungi uyg‘onishlar va vaziyatli va turg‘un surunkali uyqusizlikka o‘tuvchi erta uyg‘onish; ruhiy buzilishlarda va tungi astmada uyquning ikkilamchi buzilishlarida qo‘llanadi.

Ichga qo‘llanadi. MRSamnat preparatining tavsiya qilingan dozasi – 1 tabletka (7,5 mg zopiklon) ichga, uyqudan biroz oldin. Turg‘un uyqusizlikka uchragan bemorlarda dozani 2 tabletkagacha oshirish mumkin. Keksa yoshli shaxslarda va jigar faoliyatining buzilishlarida kamaytirilgan dozada – ½ tabletka (3,75 mg) buyurish kerak. Preparatning samaradorligi va o‘zlashtirilishiga qarab keyinchalik dozani oshirish mumkin. Doza va davolashning davomiyligi shaxsiy belgilanadi. Davolash kursi 4 haftadan oshmasligi kerak.

Tavsiya qilingan dozalarda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. MRSamnat preparati bilan davolashda eng ko‘p uchraydigan quyidagi nojo‘ya holatlar bo‘lishi mumkin: ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: og‘izda achchiq yoki metall ta’mni his qilish, kam xollarda – ko‘ngil aynishi, qusish; markaziy nerv tizimi tomonidan: ta’sirchanlik, ongni chalkashishi, tushkun kayfiyat. Eshakemi, teri toshmasi ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar kam xollarda kuzatiladi. Uyg‘onganda uyquchanlikni, kam xollarda bosh aylanishi va koordinatsiyani buzilishi his qilinishi mumkin.

Preparatga yuqori sezuvchanlik, yaqqol nafas yetishmovchiligi, 15 yoshgacha bo‘lganlar, homiladorlik, laktatsiya (davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak).

MRSamnat miorelaksantlar va psixotrop vositalarning ta’sirini kuchaytiradi. Preparat trimipraminning kontsentratsiyasini pasaytiradi, buni ularni bir vaqtda qo‘llanganda hisobga olish kerak. Markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi preparatlarni, alkogolni ta’sirini kuchaytiradi.

MRSamnat preparatini keskin bekor qilish «bekor qilish» samaralarini chaqirmaydi. MRSamnat preparati miasteniyada qo‘llangan hollarda, mushak kuchsizligini kuchayishi mumkinligi tufayli, qat’iy nevrologik nazorat kerak. Homiladorlik va emizishda qo‘llash mumkin emas. Preparatni qabul qilayotgan patsiyentlar, yuqori diqqatni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanishlari kerak. MRSamnat preparati bilan bir vaqtda alkogol va boshqa psixotrop preparatlarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25˚S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Jiddiy yoki turg‘un noxush samaralari aniqlanmagan; dozani oshirib yuborilishi chuqur davomli uyqu bilan namoyon bo‘ladi. Biroq, MRSamnat preparati alkogol yoki boshqa MNT susaytiruvchi vositalari bilan birga qo‘llanganda, dozani oshirib yuborilishi og‘ir va patsiyentning hayoti uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Doza oshirib yuborilgan holda darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Tutib turuvchi va simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. Bir kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton penalda joylangan.

2 yil.