Nerv tizimi vasezgi a’zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Qon va yurak-qon tomir tizimi tomonidan (qon yaratish, gemostaz): yurak aritmiyalari (tez oqimli yuborishda), neytropeniya, tranzitor leykopeniya, granulotsitopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, gipoprotrombinemiya, autoimmun gemolitik anemiya.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, diareya/qabziyat, meteorizm, disbakterioz, qon plazmasida LDG, ЩF, jigar transaminazalari faolligini billirubinni tranzitor oshishi, kam hollarda – soxtamembranoz kolit, stomatit, glossit.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasini buzilishi, oliguriya, interstitsial nefrit, qon plazmasida mochevina azoti va kreatinin miqdorining oshishi.
Allergik reaktsiyalar: toshma, giperemiya, eshakemi, eozinofiliya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema,Stivens—Djonson sindromi,toksik epidermal nekroliz, angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Boshqalar: superinfektsiya, vaginal va oral kandidoz, yuborilgan joydagi reaktsiyalar: m/i yuborilganida – og‘riq, yumshoq to‘qimalarning yallig‘lanishi va zichlanishi v/i yuborilganida – flebit.