N02BB52 Farmakologik xususiyatlari Majmuaviy preparat, uning tarkibiga: metamizol natriy, (analgin), pitofenon gidroxloridi va fenpiveriniy bromidi kiradi. Metamizol natriy pirazalon hosilasi, nonarkotik analgetik. Prostaglandinlar sintezini susaytirishi bilan bog‘liq og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta’sirlarga ega. Pitofenon gidroxloridi papaverin turi miotrop spazmolitik vositasi bo‘lib, bevosita ichki a’zolarning siliq mushaklariga miotrop ta’sir ko‘rsatadi va uni bo‘shashishini chaqiradi. Fenpiveriniy bromidi M-xolinbloklovchi vosita bo‘lib, M-xolinobloklovchi ta’siri hisobiga silliq mushaklarga qo‘shimcha bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Preparatning uchta komponentini qo‘shilishi, ularning farmalogik ta’sirini o‘zaro kuchayishiga olib keladi, buning oqibatida og‘riqlarni yengillashishi, siliq mushaklarni bo‘shashishi va tana haroratini pasayishi kuzatiladi. Qo‘llanilishi Ichki a’zolarning silliq mushaklarini spazmlaridagi og‘riq sindromi, shu jumladan: jigar, buyrak sanchiqlari, o‘t chiqarish yo‘llarining diskineziyasi, algodismenoreya. Nevralgiya, artralgiya, ishialgiya, mialgiyalarni qisqa muddatli simptomatik davolash. Jarrohlik va diagnostik aralashuvlardan keyingi og‘riqlarni kamaytirish uchun yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Preparat vena ichiga (v/i) (juda sekin) yoki mushak ichiga (m/i) yuboriladi. Kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun bir martalik doza 2-5 ml ni, sutkalik doza – 10 ml gacha ni tashkil qiladi. Bolalar va chaqaloqlar uchun sutkalik doza tana vaznini hisobga olib belgilanadi. Vena ichiga yuborish: 3-11 oylik 5-8 kg vaznli emizikli chaqaloqlarda qo‘llanmaydi; 1-2 yoshli 9-15 kg vaznli bolalarga – 0,1-0,2 ml; 3-4 yoshli 16-23 kg vaznli bolalarga – 0,2-0,4 ml; 0,3 ml; 5-7 yoshli 24-30 kg vaznli bolalarga – 0,3-0,4 ml; 8-12 yoshli 31-45 kg vaznli bolalarga – 0,5-0,6 ml; 12-15 yoshli 46-53 kg vaznli bolalarga – 0,8-1,0 ml. M/i yuborish: 3-11 oylik 5-8 kg vaznli chaqaloqlarga – 0,1-0,2 ml; 1-2 yoshli 9-15 kg vaznli bolalarga – 0,2-0,3 ml; 3-4 yoshli 16-23 kg vaznli bolalarga – 0,3-0,4 ml; 5-7 yoshli 24-30 kg vaznli bolalarga – 0,4-0,5 ml; 8-12 yoshli 31-45 kg vaznli bolalarga – 0,6-0,7 ml;