MR Oksalin

Tarkibi:

faol modda: oksolin – 0,25 g. yordamchi moddalar: vazelin moyi, vazelin – 100 g gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Oksolin

Preparatning savdo nomi:

MR Oksalin

Farmakalogik guruhi:

viruslarga qarshi vosita.

Dori shakli:

nazal surtma.

oqdan to och-sariq rangligacha bo‘lgan surtma. Saqlanganida pushti tus paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

viruslarga qarshi vosita.

J05AX

Burun bo‘shlig‘i shilliq qavatiga qo‘yilganida preparatning 20% gachasi so‘riladi. Organizmda to‘planmaydi va asosan buyrak orqali bir sutka davomida chiqariladi.

Ko‘zning virusli kasalliklari, virusli rinitlar. Grippni oldini olishda qo‘llaniladi.

Mahalliy buyuriladi. Grippni oldini olish uchun: surtmaning 3 dan 5 mm gacha uzunlikdagi tizimchasini har kuni kuniga 2-3 marta burun shilliq qavatiga gripp epidemiyasini kuchayish va maksimal rivojlanish davrida (25 kun davomida) yoki gripp bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo‘lganida surtiladi. Virusli rinitni davolash: surtmaning 3 dan 5 mm gacha uzunlikdagi tizimchasini burun shilliq qavatiga 3-4 kun davomida kuniga 2-3 marta surtiladi. Ko‘zning virusli kasalliklari: surtmaning 2 dan 3 mm gacha uzunlikdagi tizimchasini pastki qovoqqa kuniga 3-4 marta qo‘yiladi. Boshqa mahalliy viruslarga qarshi davolash bilan birga surtmaning 2 dan 3 mm gacha uzunlikdagi tizimchasini pastki qovoqqa kechqurun qo‘yiladi.

Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Aniqlanmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davri Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida faqat ona uchun taxmin qilinayotgan foyda homila/bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 10ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ma’lumotlar yo‘q.

Retseptsiz

0,25% li mahalliy qo‘llash uchun surtma. 10 g dan tibbiy surtmalar uchun laminatsiyalangan polipropilen plyonkali folgali tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton penalga joylanadi.

2 yil.