Infiltratsion anesteziya uchun 0,25%-0,5% li eritmalar qo‘llanadi: A.V.Vishnevskiy usuli bo‘yicha anesteziyasi uchun (tarang o‘rmalovchi infiltratsiya) 0,125%-0,25% li eritmalar; paranefral blokadada 0,25%-0,5% li eritma (100-150 ml yoki 50-80 ml); vagosimpatik blokadada 0,25% li eritma (30-100 ml); peridural anesteziya uchun 2% li eritma (20-25 ml); neyrodermitda, ishiasda, ekzemada tsirkulyar va paravertebral blokada uchun teri ichiga 0,25%-0,5% li eritma yuboriladi.
So‘rilishini kamaytirish va ta’sir etishini uzaytirishi uchun mahalliy anesteziyada preparatga 0,1% li adrenalin gidroxloridi eritmasidan 2-10 ml ga 1 tomchi hisobidan qo‘shiladi.
Sovuqurganida (reaktsiyagacha bo‘lgan bosqichda) periferik tomirlarning spazmini ketkazish va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash uchun arteriya ichiga 10 ml 0,25% li preparat eritmasi, 2 ml 1% li nikotin kislotasining eritmasi va 10000 TB geparindan tashkil topgan aralashma yuboriladi.
Vena ichiga 1 ml dan 10-15 ml gacha 0,25% li eritma, asta-sekin, yaxshisi izotonik natriy xloridi eritmasida yuboriladi.
Inyektsiya miqdori (ba’zi hollarda 10-20 gacha) kasallikning og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqori dozalari (kattalar uchun): vena ichiga (0,25% li eritma) – 0,05 g (20 ml); sutkalik doza vena ichiga yuborish uchun (0,25% li eritma) – 0,1 g (40 ml).
Infiltratsion anesteziya uchun quyidagi yuqori dozalari belgilangan (kattalar uchun): operatsiyaning boshida birinchi doza – 1,25 g dan yuqori emas – 0,25% li eritma (500 ml) yoki 0,75 g-0,5% li eritma qo‘llanganida (150 ml).
Keyinchalik operatsiyaning har soati davomida – 2,5 g dan yuqori bo‘lmagan 0,25% li eritma (1000 ml) yoki 2 g dan yuqori bo‘lmagan 0,5% li eritma (400 ml) dozada qo‘llanadi.