Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: levometsitin 500 mg yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati yoki stearin kislotasi
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
xloramfenikol
Preparatning savdo nomi:
MR Levomitsetin
Farmakalogik guruhi:
Antibiotiklar (xloramfenikol guruhi).
Dori shakli:
tabletkalar
oq yoki och sariq–yashil tusli oq rangli tabletkalar.
Antibiotiklar (xloramfenikol guruhi).
J01BA01
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion kasalliklarni (qorin va toshmali tifi, paratif, salmonellyozlarning tarqalgan shakllari, dizenteriya, brutsellyoz, tulyaremiya, xlamidioz, ko‘kyo‘tal va rikketsiozlar, traxoma, gonoreya, turli etiologiyali pnevmoniyalar, meningit, sepsis, osteomiyelit, kuydirgi, gazli gangrena, bosh miyaning abstsessi, kichik chanoq azolarining infektsiyalarini) davolashda qo‘llanadi.
Aralash aerob va anaerob infektsiyalarda preparat aminoglikozid – antibiotiklar bilan birga qo‘llanadi.
Ichga, ovqatdan 30 minut oldin, ko‘ngil aynishi yoki qusish holatida – ovqatdan 1 soat keyin qabul qilinadi.
Preparatning dozasi kasallikning turi va og‘irligiga qarab, shifokor tomondan shaxsiy ravishda belgilanadi.
Birga qo‘llash mumkin bo‘lmagan preparatlar: sulfanilamidlar, pirazolon hosilalari, fenotiazin, fenilbutazon, difenilgidantoin, tsitostatiklar, penitsillinlar, tsefalosporinlar, eritromitsin va boshqa shunga yaqin antibiotiklar.
Nur bilan davolash bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Preparatni kontratseptiv vositalar, barbituratlar va boshqa dori preparatlari (difenin, neodikumarin, paratsetamol, antikoagulyantlar, temir, V12 vitamini, tutqanoqni davolashda qo‘llanadigan preparatlar va boshqalar) bilan birga qo‘llanishi uning ta’sirini pasayishiga olib keladi.
Qonda qand miqdorini kamaytiruvchi sulfanilamid preparatlar bilan birga qo‘llanganida gipoglikemik komaga olib kelishi mumkin.
Alkogol bilan birga qo‘llanganda disulfiramsimon reaktsiya (terini qizarishi, taxikardiya, ko‘ngil aynishi, reflektor yo‘tal, titroq) paydo bo‘lishi mumkin.
Ichga qabul qilinganda periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish zarur.
Avtomobilni boshqaruvchi patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya qilinadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Simptomlari: psixomotor buzilishlar: ongni chalkashuvi, ko‘rish va eshitish gallyutsinatsiyalari, ko‘rish va eshitish o‘tkirligini pasayishi, dispeptik holatlar (ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyatlar), og‘iz, xalqum, jinsiy a’zolarni, anusni (orqa chiqaruv teshigini) ta’sirlanishi, teri toshmalari ko‘rinishdagi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganidan keyin yo‘qoladi.
Davolash: simptomatik davolash.