Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: glitserol – 1,24 g yoki 2,11 g; yordamchi moddalar: stearin kislotasi, natriy karbonat dekagidrati, polietilenglikol 400.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
glitserol
Preparatning savdo nomi:
MR Glitserin
Farmakalogik guruhi:
Surgi vositasi.
Dori shakli:
rektal suppozitoriylar
tiniq yoki yarimtiniq, deyarli rangsiz yoki sarg‘ish-jigarrang tusli rangli, torpedosimon shaklli suppozitoriylar.
Gigroskopik,
Surgi vositasi.
A06AG04
Turli etiologiyali qabziyat, shu jumladan homiladorlik va emizish davrida simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Defekatsiya vaqtida kuchanish mumkin emas bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanadi.
Rektal qo‘llanadi.
Ovqat qabul qilinganidan keyin 15-20 minut o‘tgach buyuriladi.
Suppozitoriylar 2,11 g: kattalar va 7 yoshdan oshgan bolalarga – 1 suppozitoriy sutkada 1 marta buyuriladi.
Suppozitoriylar 1,24 g: hayotining birinchi kunlaridan boshlab qo‘llashga ruxsat beriladi.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 suppozitoriy sutkada 1 marta uyuriladi.
Zarurati bo‘lganida doza sutkada 2 suppozitoriygacha oshiriladi.
Allergik reaktsiyalar, mahalliy reaktsiyalar (terini qichishishi va achishishi).
Uzoq muddat qo‘llanganida – ich kelishi fiziologik jarayonini susayishi.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, zo‘riqish bosqidagi gemorroy, to‘g‘ri ichak yallig‘lanish kasalliklari va o‘smalari, qorinda sabablari aniqlanmagan og‘riqlarda qo‘llash mumkin emas.
Muntazam qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Ichakni normal peristaltikasi tiklanganidan keyin davolash to‘xtatiladi.
Suppozitoriylarga suyuq yoki quyuq mineral moylarni surkash mumkin emas.
Qo‘llanganda ichakdan suppozitoriylarni qoldiqlari ahlat bilan chiqariladi.
Transport vositalarni, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri.
Preparatni qo‘llash transport vositalarni, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborish holatlari noma’lum.
Preparat qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma muvofiq qo‘llansa dozani oshirib yuborilishi ehtimoldan uzoq.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Retseptsiz
Rektal suppozitoriylar 1,24 g yoki 2,11 g.
5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda joylanadi.
1 yoki 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.