MR Flukonazolretsept bilan

Tarkibi:

Faol modda: Flukonazol – 200 mg. Yordamchi moddalar: natriy xloridi – 900 mg, inyektsiya uchun suv – 100 ml gacha.

Preparatning savdo nomi:

MR Flukonazol

Farmakalogik guruhi:

. Zamburug‘larga qarshi vosita.

Dori shakli:

Infuziya uchun eritma.

Tiniq, rangsiz suyuqlik.

. Zamburug‘larga qarshi vosita.

J02AC01

Flukonazolning qon zardobidagi eng yuqori kontsentratsiyaga vena ichiga (v/i) yuborilganidan keyin darhol erishiladi. Preparatning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi kontsentratsiyasi yuborilgan dozasi bilan to‘g‘ri proportsional bog‘liqlikda bo‘ladi. Preparat sutkada bir marta yuborilganida davolashning 4-5 kuniga kelib muvozanat kontsentratsiyaning 90% darajasiga erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 11-12%. Flukonazol barcha biologik suyuqliklarga, organizmning to‘qimalari va a’zolariga yaxshi kiradi. Preparatning so‘lak va balg‘amdagi kontsentratsiyasi uning plazmadagi darajasi bilan bir xildir. Zamburug‘li meningiti bo‘lgan bemorlarda orqa miya suyuqligidagi flukonazolning miqdori uning plazmadagi darajasining 80% ini tashkil qiladi. Shox qavatida, epidermisda, dermada, ajralib chiquvchi ter suyuqligida preparatning kontsentratsiyasi zardobdagidan oshiq bo‘lgan yuqori kontsentratsiyasiga erishiladi. Flukonazol terining shox qavatida to‘planadi va uzoq muddat saqlanadi. Flukonazol asosan buyraklar orqali chiqariladi; yuborilgan dozaning taxminan 80% o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga (KK) proportsionaldir.

Flukonazol infuziya uchun eritmasi ko‘pchilik zamburug‘li infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi: – kriptokokkoz, shu jumladan kriptokokkli meningit; tizimli kandidoz, shu jumldan kandidemiya, disseminirlangan kandidoz va boshqa invaziv kandidoz infektsiyalari (qorin pardasi, ko‘z, endokard, nafas va siydik yo‘llarining infektsiyalari);shilliq pardalarning kandidozlari (og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach kandidozlari, noinvaziv bo‘lmagan bronx-o‘pka kandidozlari, kandiduriya, tish protezlarini taqib yurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozi); – jinsiy a’zolarning kandidozi: qin kandidozi, o‘tkir va surunkali qaytalanuvchi balanit; teri mikozlari, shu jumladan, tovon, tana, chov sohaning mikozlari, kepaksimon temiratki, onixomikoz;chuqur endemik mikozlar; – xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda tsitostatik vositalar bilan davolashda yoki nur davosini o‘tkazishda va OITS bo‘lgan bemorlarda a’zolarni ko‘chirib o‘tkazishda va immunitetning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa holatlarda zamburug‘li infektsiyalarning oldini olishda qo‘llaniladi.

Flukonazol v/i, tomchilab sutkada soatiga 200 mg dan ortiq bo‘lmagan tezlikda tomchilab quyiladi. Qin kandidozida, kandidozli balanitda sutkada 100-200 mg dan buyuriladi; ko‘pincha preparat bir marta qo‘yilganidan keyin tuzalish kuzatiladi. Shilliq pardalar kandidozining boshqa shakllarida 14-30 kun davomida sutkada bir marta 50-100 mg tavsiya qilinadi. Tizimli kandidozda va kriptokokkli infektsiyalarda, shu jumladan meningitda, birinchi kuni 400 mg, so‘ngra infektsiyaning og‘irligiga qarab, sutkada bir marta 200-400 mg buyuriladi. Davolash davomiyligi klinik samarasiga bog‘liq; odatda kriptokokkli meningitda davolash kursi 6-8 hafta davom etadi. Teri mikozlarida tavsiya etiladigan doza haftada bir marta 150-200 mg yoki sutkada bir marta 50 mg ni tashkil qiladi, davolash kursining davomiyligi odatda 2-4 hafta. Ammo, tovon mikozlarida 6 haftagacha davolash talab qilinishi mumkin. Onixomikozda tavsiya etiladigan doza haftada bir marta 150-200 mg ni tashkil qiladi; davolash zararlangan tirnoqning sog‘lom tirnoq bilan to‘liq almashgunicha davom ettirilishi kerak. Xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda zamburug‘li infektsiyalarning oldini olish – kunora 100 mg, to bemor nurlanish bilan yoki kimeviy usulda davolanishi sababli yuqori xavf guruhida bo‘lgan vaqti davomida. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lmagan keksa yoshli bemorlarda preparatning odatdagi dozalash tartibiga rioya qilish lozim. Buyrak faoliyatini buzilishida bir marta qabul qilishda flukonazolning dozasi o‘zgarmaydi. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarga preparat takroran buyurilganida avval 50 mg dan 400 mg gacha bo‘lgan zarb dozasini yuborish kerak. Agarda KK 50 ml/min dan ortiqroq bo‘lsa, preparatning odatdagi dozasi qo‘llanadi (tavsiya qilingan dozaning 100%). KK minutiga 11 dan 50 ml gacha bo‘lsa, tavsiya qilingan dozaning 50% qo‘llanadi. Muntazam gemodializ qabul qiluvchi bemorlarga gemodializning har bir seansidan keyin preparatning bir dozasi qo‘llanadi. Bir yoshdan oshgan bolalarga buyrakning normal faoliyatida flukonazol har kuni sutkada 1 marta 1-3 mg/kg/sutka hisobidan (shilliq pardalar kandidozida) va 3-12 mg/kg/sutka hisobidan (tizimli kandidozlarda yoki kriptokokkozlarda) kasallikning og‘irligiga qarab yuboriladi. Buyrak faoliyati buzilgan bolalarga preparatning sutkalik dozasini (kattalardagi kabi proportsional bog‘liqlikda), buyrak yetishmovchiligining yaqqollik darajasiga mos kelishiga qarab kamaytirish lozim. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda flukonazol sekin chiqariladi. Hayotining birinchi ikki haftasida preparat o‘sha miqdorda (mg/kg), kattaroq yoshdagi bolalarga buyurilgan dozada (mg/kg da), lekin 72 soatlik interval bilan buyuriladi. 2-4 haftalik bolalarga o‘sha doza 48 soatlik interval bilan yuboriladi.

Me’da-ichak yullari tomonidan ko‘ngil aynishi, meteorizm qusish, qorin og‘riqlari va ich ketishi, ishtahani pasayishi, ta’mni o‘zgarishi, qabziyat, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik, kam hollarda – tirishish va allopetsiya. Teri reaktsiyalari: juda kam xollarda, teri toshmasi, anafilaksiya va angionevrotik shish (preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatishni talab qiluvchi), kam – hollarda ko‘pshaklli eritma (Stiven-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan Q-T intervalini davomliligini oshishi, qorinchalarni lipillashi/titrashi. Qon yaratish a’zolari tomonidan; kam hollarda – agranulotsitoz. Og‘ir zamburug‘li infektsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda gematologik o‘zgarishlar (leykopeniya va trombotsitopeniya), jigar fermentlari faolligini oshishi va jigar faoliyati yaqqol buzilishlari aniqlanishi mumkin. Boshqalar: kam – buyraklar faoliyatini buzilishi giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliyemiya.

Flukonazolga, azol birikmalariga va preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa ingrediyentlarga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktatsiya davri, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, flukonazolni (sutkada 400 mg va undan ko‘proq dozada) tsizaprid terfenadin va astemizol bilan bir vaqtda buyurish. Ehtiyotkorlik bilan – alkogolizm, axlorgidriya, gipoxlorgidriya, jigar yetishmovchiligi, yuzaki va invaziv/tizimli zamburug‘ infektsiyalari flukonazol va terfenadinni bir vaqtda qabul qilish (sutkada 400 mg dan kamroq dozada) proaritmogen holatlar (ko‘plab xavf omillari bo‘lgan patsiyentlarda: yurakning organik kasalliklari, elektrolit muvozanatini buzilishi, aritmiyani chaqiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish). Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Hayotga xavf tug‘diruvchi infektsiyalarda ona uchun davolashdan bo‘lgan foyda xomila uchun bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lganda qo‘llash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganda emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.

Flukonazolni (sutkada 200 mg dozada) terfenadin, tsizaprid va astemizol bilan o‘zaro ta’siri, bu preparatlarni plazmadagi kontsentratsiyalarini oshishiga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida QT intervalini uzayishini sababchisi bo‘lishi va yurak ritmini jiddiy buzilishlariga olib kelishi mumkin. Flukonazol jigarda R450 tizimi fermentlarini ingibirlaydi, shunday qilib terfenadin, tsizaprid va astemizolni metabolizmini pasaytiradi. Flukonazol va bu preparatlarni bir vaqtda buyurish mumkin emas. Varfarin va flukonazol birga buyurilganida protrombin vaqtini uzayishi aniqlanadi. Shu sababli flukonazol va kumarin turi antikoagulyantlarni bir vaqtda olayotgan patsiyentlarda protrombin vaqtini nazorat qilish kerak. Flukonazol peroral qandni tushiruvchi preparatlarning (sulfonilmochevina hosilalari) T1/2 uzaytiradi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda flukonazol va qandni tushiruvchi preparatparning shu turini bir vaqtda buyurish mumkin, ammo gipoglikemiyani rivojlanishi mumkin bulgan xavfini e’tiborga olish kerak. Gidroxlortiazid va flukonazol bir vaqtda qayta buyurilganida plazmada flukonazolning kontsentratsiyasini oshishini e’tiborga olish kerak. Rifampitsin flukonazolning metabolizmini tezlashtiradi. Flukonazolning dozasini, ular bir vaqtda ishlatilganida muvofiq oshirish kerak. Buyraklar ko‘chirib o‘tkazilgan patsiyentlarda flukonazol tsiklosporinning plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Shu sababli, tsiklosporin va flukonazolni bir vaqtda olayotgan patsiyentlarda tsiklosporinning kontsentratsiyasini monitoringini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Flukonazol teofillinning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi. Shu sababli teofillin va flukonazolni bir vaqtda olayotgan patsiyentlarda teofillinning kontsentratsiyasini monitoringini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Flukonazol plazmada indinavir va midazolamning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Bu preparatlar flukonazol bilan bir vaqtda buyurilganida, ularning dozalari muvofiq kamaytirilishi kerak. Klinik tekshirishlar zidovudinning metabolizmini sekinlashishi natijasida flukonazol bilan bir vaqtda buyurilganida, uning plazmadagi kontsentratsiyasi oshishi mumkin. Bu ikkala preparatni bir vaqtda olayotgan patsiyentlarni kuzatish kerak, chunki bu holatda zidovudinning nojo‘ya samaralarini tez-tezligi oshishi mumkin. Rifabutin va fenitoinning (bir vaqtda qo‘llanganida uveit hollari ta’riflangan) klinik ahamiyatli darajada samaradorligin (birga qo‘llanganida fenitoinning plazmadagi kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak) oshiradi. Takrolimusning kontsentratsiyasini oshiradi – nefrotoksiklik xavfi.

Flukonazol asosan siydik bilan chiqarilganligi tufayli, buyraklar faoliyatining buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Flukonazolning ko‘p martalik dozalari bilan davolanishda dozalashni KK hisobga olgan holda amalga oshirish kerak. Flukonazol jigar faoliyatining buzilishlari bo‘lgan bemorlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Davolash vaqtida jigar fermentlari darajasini muntazam monitoring qilish va mumkin bo‘lgan toksik samaralarni aniqlash maqsadida patsiyentlarni kuzatishni o‘tkazish kerak. Jigar fermentlarining darajasini oshishida shifokor davolashdan kutiladigan foydani va jigarning yanada og‘irroq shikastlanishini rivojlanish xavfini baholashi kerak. Flukonazolni bolalarda qo‘llashning yetarli tajribasi yo‘q. Bu guruh bemorlarda shifokor bunday davolashni zarurligi to‘g‘risidagi qarorni mustaqil qabul kilishi kerak. Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatga salbiy ta’siri noma’lum. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin

Simptompari: ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi. yanada og‘irroq holatlarda tirishishlar aniqlanishi mumkin. Davolash: simptomatik davolash tavsiya qilinadi. Flukonazol asosan siydik bilan chiqariladi, kuchaytirilgan diurez uning chiqarilishini oshiradi. Uch soatlik gemodializ muolajasi flukonazolning plazmadagi kontsetratsiyasini yarmiga kamaytiradi.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun eritma 2 mg/ml. 100 ml dan polipropilen flakonlarda.

2 yil.