MR Dimidrolinretsept bilan

Tarkibi:

Faol modda: Difengidramin gidroxloridi – 10 mg. Yordamchi modda: inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

) Difengidramin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

MR Dimidrolin

Farmakalogik guruhi:

Allergiyaga qarshi vositalar.

Dori shakli:

Inyektsiya uchun eritma.

Rangsiz tiniq suyuqlik.

Allergiyaga qarshi vositalar.

R06AA02

Ichga qabul qilinganidan keyin preparat me’da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Biokiraolishligi 50% ni tashkil qiladi. Preparatning ta’siri 15-30 minut davomida yuz beradi, 1 soatdan so‘ng maksimal ta’sirga erishadi va ta’sirining davomiyligi 4-6 soatni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan faol bog‘lanadi (98%-99%). Organizmning to‘qimalari va suyuqliklarida keng taqsimladi, yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Asosan jigarda metabolizmga uchraydi difenilmetoksisirka kislotasi hosil bo‘ladi; shuningdek boshqa metabolitlar ham hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri 3 soatdan 10 soatni tashkil qiladi. Siydik orqali (asosan o‘zgarmagan holda) 24-48 soat davomida chiqariladi.

Allergik reaktsiyalar (eshakemi, pichan isitmasi, angionevrotik shish), allergik kon’yunktivit, vazomotor rinit; gemorragik vaskulit, zardob kasalligi, qichimali dermatozlar. Uyquning buzilishi (monoterapiya yoki uxlatuvchi preparatlari bilan majmuaviy), xoreya, dengiz va havo kasalligi, homilador ayollardagi qusish, Menyer sindromi.

Mushak ichiga (m/i) 0,01-0,05 g dan 1% eritma ko‘rinishida, vena ichiga (v/i) 0,02-0,05 g difengidramin gidroxloridi natriy xloridni 75-100 ml izotonik eritmasida tomchilab yuboriladi. Kattalar uchun m/i yuqori dozalari: bir martalik 0,05 g (5 ml 1%eritma), sutkalik 0,15 g (15 ml 1% eritma). Bolalar uchun m/i yuboriladigan bir martalik dozalari: 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,002-0,005 g; 2 yoshdan 5 yoshgacha 0,005-0,015 g; 5 yoshdan 12 yoshgacha 0,015-0,03 g. Teri ostiga ta’sirlovchi samarasi tufayli yuborilmaydi.

Qon va yurak-qon tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, yurak urishi, taxikardiya, ekstrasistoliya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya. Me’da-ichak yo‘llari a’zolari tomonidan: og‘izni qurishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining qisqa muddatli uvishishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, epigastral distress, qusish, diareya, qabziyat. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: tez-tez va/yoki siyishni qiyinlashishi, siydik ajralishining kechikishi, erta menstruatsiyalar. Respirator tizimi tomonidan: burun va tomoqning qurishi, burunni bitishi, bronxlar sekretining quyuqlashishi va nafasni qiyinlashishi. Allergik reaktsiyalar: toshma, eshakemi, anafilaktik shok. Boshqalar: ko‘p terlash, etni uvishishi, fotosensibilizatsiya, harakat koordinatsiyasining buzilishi. Nojo‘ya ta’sirlari preparatning dozasi kamaytirilganida yoki preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, yopiq burchakli glaukoma, prostata bezining gipertrofiyasi, me’da va o‘nikki barmoq ichak yarasi, qovuq bo‘ynining stenozi, bronxial astma, homiladorlik va laktatsiya davri. Preparatni yurak kasalliklarida va gipertoniya kasalligida vena ichiga va mushak ichiga yuborish tavsiya etilmaydi.

Preparat analgetiklar va psixotrop vositalarining ta’sirini potentsiyalaydi, shuning uchun uni tritsiklik antidepressantlar, monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari, barbituratlar, anksiolitiklar, sedativ va uxlatuvchi vositalar, opiat retseptorlarining agonistlari bilan bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi. M-xolinobloklovchi vositalarining samarasini kuchaytiradi.

Difengidramin gidroxloridi sedativ va uxlatuvchi ta’sirga ega, shuning uchun  preparatni transport bilan ishlaganda va undan oldin, shuningdek kasbiy faoliyati adekvat ruhiy va harakat reaktsiyalarini talab qiladigan boshqa shaxslarga buyurib bo‘lmaydi; dimedrol bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Preparatni homiladorlik vaqtida, ayniqsa III uch oyligida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Preparat buyurilganida ona uchun bo‘ladigan terapevtik samara bilan homila uchun potentsial xavfni taqqoslash kerak. Preparatni emizish vaqtida buyurish chaqaloqning markaziy nerv tizimi (MNT) ni paradoksal stimulyatsiyasini chaqirishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: yuqori uyquchanlik, umumiy holsizlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, og‘izning qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm qilishni  buzilishi, koordinatsiyaning buzilishi, hushdan ketish. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni (20g) ichga buyurish, tuzli surgi vositalari. Transfuzion davolash o‘tkazish. Prednizolon v/i yuborish. Tirishishlarda –natriy oksibutirati, geksenal buyuriladi. Jadallashtirilgan diurez. Peritoneal dializ. Gemosorbtsiya. Oksigenoterapiya.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 1 ml dan ampulalarda. 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.