S gipovitaminozi, gemorragik diatez, kapillyarotoksikoz, gemorragik insult, yordamchi vositasi sifatida: qon ketishlari (burun, o‘pka, bachadon va boshqalardan), infektsion kasalliklar, intoksikatsiyalar, alkogolli va infektsion deliriy, o‘tkir nur kasalligi, posttransfuzion asoratlar, jigar (Botkin kasalligi, surunkali gepatitlar va tsirrozlar), me’da-ichak yo‘llarining kasalliklari (axiliya, yara kasalligi, ayniqsa qon ketishidan keyingi, enteritlar, kolitlar, gelmintozlar), xoletsistit, buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi (Addison kasalligi), uzoq bitmaydigan yaralar, jarohatlar, suyak sinishlari, distrofiya, jismoniy va aqliy yuklamalar, homiladorlik va laktatsiya, gemosideroz, melanodermiyalar, eritrodermiyalar, psoriaz, surunkali tarqalgan dermatozlar, ateroskleroz, bronxial astma, biriktiruvchi to‘qimaning diffuz kasalliklari (revmatoid artrit, tizimli qizil yugurik, sklerodermiya) va boshqalar; antikoagulyantlar dozasini oshirib yuborish, akonit, anestezin, anilin, antabus, barbituratlar, benzol, dixloretan, kaliy permanganat, metil spirti, margimush, is gazi, sinil kislotasi, sulfanilamidlar, talliy, fenol, xinin bilan zaharlanishda qo‘llanadi.