Motonium rasmini ko'rish

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: domperidon – 10,00 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati – 48,44 g,mikrokristall tsellyuloza- 10,00 mg, povidon (quyimolekulyar polivinilpirrolidon) – 10,00 mg, glitserol (glitserin) – 0,56 mg, magniy stearati – 1,00 mg, makkajo‘xori kraxmali – vazni 100,00 mg qobiqsiz tabletka olingunicha; yordamchi moddalar (qobiq): gipromelloza – 1,74 mg, makrogol 6000 – 0,26 mg, vazni 102,00 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka olingunicha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

domperidon

Preparatning savdo nomi:

Motonium

Farmakalogik guruhi:

qusishga qarshi vosita – dofamin retseptorlarining markaziy blokatori.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq, ikki yoqlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ko‘ndalang kesimda oq rangli tabletkalar.

qusishga qarshi vosita – dofamin retseptorlarining markaziy blokatori.

A03FA03.

Ichga qabul qilinganidan keyin, och qoringa – tez (ovqat qabul qilgandan keyin, me’da shirasining kislotaligini pastligi so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi). Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (TSmax) – 1 soat. Biokiraolishligi – 15% (jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasi). Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%. Turli to‘qimalar orqali o‘tadi, gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Jigar va ichak devorida metabolizmga uchraydi (gidroksillanish va N-alkil guruhini qo‘shilish yo‘llari bilan). Ichak orqali 66%, buyraklar orqali – 33% chiqariladi, shu jumladan o‘zgariagan xolda muvofiq – 10% va 1%. Yarim chiqarilish davri – 7-9 soat, yaqqol surunkali buyrak yetishmovchiligida – uzayadi.

Turli genezli qusish va ko‘ngil aynishi (shu jumladan funktsional va organik kasalliklar, infektsiyalar fonida, toksemiyada, nur bilan davolashda, parhez buzilganida, dori qabul qilish bilan bog‘liq genezli – morfin, apomorfin, levodopa va bromokriptinni qabul qilishda; me’da-ichak yo‘llarini endoskopik va rentgenokontrast tekshirishilar o‘tkazishda), xiqichoq tutishi, me’da-ichak yo‘llarining atoniyasi (shu jumladan operatsiyadan keyingi); me’da-ichak yo‘llarini rentgenokontrastli tekshirishlarni o‘tkazishda peristaltikani tezlashtirishning zarurati bo‘lganida.Me’daning bo‘shalishini sekinlashi, gastroezofagal reflyuks va ezofagit fonidagi dispeptik buzilishlar: epigastriyda to‘lib ketish xissi, qorinni dam bo‘lish xissi, meteorizm, gastralgiya, kekirish, me’da ichidagisini og‘iz bo‘shlig‘iga chiqarib tashlanishi bilan yoki usiz jig‘ildon qaynashida qo‘llanadi.

Ichga, ovqatdan 30 minut oldin buyuriladi. Kattalar va 5 yoshdan oshgan bolalarga surunkali dispeptik ko‘rinishlarda – 50 mg dan sutkada 3-4 marta va zarurati bo‘lganida qo‘shimcha uyqudan oldin. Yaqqol ko‘ngil aynishi va qusishda – 5 mg/10 kg dan sutkada 3-4 marta va uyqudan oldin. Zarurati bo‘lganida doza ikki marta oshirilishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish kerak, qabul qilishlar soni kun davomida 1-2 martadan oshmasligi kerak.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: ichakning o‘tuvchan spazmlari. Nerv tizimi tomonidan: ekstrapiramid buzilishlar (bolalarda va gematoentsefalik to‘siqning o‘tkazuvchanligi oshgan shaxslarda). Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi. Boshqalar: giperprolaktinemiya (galaktoreya, ginekomastiya).

Tsimetidan, natriy gidrokarbonati domperidonning biokiraolishligini pasaytiradi. Antixolinergik dori vositalari domperidonning markaziy ta’sirini neytralizatsiya qiladi. Domperidonning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradilar: azol qatori zamburug‘larga qarshi vositalar, makrolidlar guruhi antibiotiklari, OITV-proteaza ingibitorlari, nefazadon (antidepressant). Antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar), dofaminergik retseptorlarning agonistlari (bromokriptin, levodopa) qabul qilish bilan mutanosib. Paratsetamol va digoksinni bir vaqtda qabul qilish bu dori vositalarining qondagi kontsentratsiyasiga ta’sir qilmagan.

Preparatni xomiladorlik yoki laktatsiya davrida, agar ona uchun kutilayotgan foyda xomila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lganida yo‘l qo‘yiladi.

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Simptomlari: uyquchanlik, dezoriyentatsiya, ekstrapiramid buzilishlar (ayniqsa bolalarda). Davolash: faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, ekstrapiramid buzilishlarda – antixolinergik dori vositalari, antixolinergik xususiyatlarga ega bo‘lgan parkinsonizmga qarshi yoki antigistamin dori vositalari.

Retseptsiz

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 3 kontur uchli o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.