Morfin Kaltseksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: morfin gidroxloridi 10,0 mg; yordamchi moddalar: 0,1 M xlorid kislotasi eritmasi rN 3,0-5,0 gacha, inyektsiya uchun suv 1,0 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

): morfin

Preparatning savdo nomi:

Morfin Kaltseks

Farmakalogik guruhi:

analgetiklar, opium alkaloidlari.

Dori shakli:

10 mg/ml inyektsiya uchun eritma

shaffof rangsiz yoki sarg‘ish suyuqlik.

analgetiklar, opium alkaloidlari.

So‘rilishi Teri osti va mushak ichiga yuborilganda qonga tez so‘riladi. Tsirkulyator shok holatida so‘rilishi sekinlashadi. Teri ostiga yuborilgandan keyin 50-90 minutdan keyin, mushak ichiga yuborilgandan keyin esa – 30-60 minutdan keyin maksimal samaraga erishiladi, ta’sir davomiyligi – 4-5 soatni tashkil qiladi. Taqsimlanishi Faol moddaning katta qismi jigar va ichakda birikmalar hosil qiladi. Morfin asosan buyrak, jigar, o‘pka va taloqqa, past kontsentratsiyada – bosh miya va mushaklarga tarqaladi. Morfin gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan oson o‘tadi, ko‘krak suti (yuborilgan dozaning 1% dan kam miqdorda) va ter tarkibiga o‘tadi. Taxminan 35 % plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Taxminiy taqsimlanish xajmi muvozanat holatida 3,3±0,9 l/kg teng. Metabolizmi Morfin jigarda glyukuronidlargacha metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi Morfinning yarim chiqarilish vaqti (T½) 2 soat, birikmalarining – 2,4-6,7 soat. Morfinning 10% dan kam qismi o‘zgarmagan holda chiqariladi. Morfinning katta qismi birikmalar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi, lekin 10% gacha birikmalar ko‘rinishida – safro bilan chiqariladi. Morfinning taxminan 90% ga organizmdan 24 soat davomida chiqariladi, uning izlari siydikda 48 soatdan ko‘proq vaqt saqlanadi. Keksalik yoshidagi odamlarda morfin organizmdan tezroq, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – sekinroq chiqariladi. Jigar va buyrak funktsiyasini buzilishi ham morfinni chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Og‘ir yaralanish, suyak sinishi, kuyish jarrohlik muolajalaridan keyingi kuchli, o‘tkir og‘riq;miokard infarktidagi o‘tkir va surunkali og‘riq, shuningdek o‘tkir pankreatit;xavfli o‘smalarda kuchli, surunkali og‘riqlar;buyrak va o‘t qopida toshlar harakatlanishi natijasida og‘riqlar;ko‘krak qafasi jarohatlarida va o‘pkadan qon ketishida, yo‘tal xurujlari hayot uchun havfli bo‘lib qolganda, o‘pka rakining oxirgi bosqichida bartaraf etilishi qiyin bo‘lgan yo‘talda yo‘talga qarshi vosita sifatida;yurak chap qorinchasi zararlanishi va o‘pka shishi bilan bog‘liq nafasni faoliyati buzilishi;anesteziyadan oldingi premedikatsiya (medikamentoz tayyorlash) da qo‘llaniladi.

Yuborish yo‘llari – vena ichiga (v/i), mushak orasiga (m/i) yoki teri ostiga (t/o) buyuriladi. Izoh: shishlarda faqat m/i. Vena ichiga asta-sekin yuborilganda mushak ichiga yuboriladigan muvofiq dozaning ¼-½ qismi yuboriladi. Suyultirish uchun natriy xloridining 0,9% li yoki glyukozaning 5% li eritmasidan foydalaniladi.

Nojo‘ya ta’sirlari tizim va a’zolar guruhlari, shuningdek MedDRA uchrash darajasiga muvofiq ravishda tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000) va noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas). Immun tizimini buzilishlari Kam hollarda: anafilaktik shok. Ruhiy buzilishlar Tez-tez: uyquchanlik, parishonlik. Noma’lum: gallyutsinatsiyalar, disforiya (ichki diskomfort, qoniqmaslik), xavotirlik, kayfiyat o‘zgaruvchanligi, jinsiy mayl yoki potentsiya sustlashishi. Nerv tizimini buzilishlari Noma’lum: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi. Ko‘rish a’zolari funktsiyasini buzilishlari Noma’lum: mioz, ko‘zda ikkilanish. Yurak funktsiyasini buzilishlari Noma’lum: bradikardiya, taxikardiya, yurak titrashi. Qon tomirlar tomonidan buzilishlar Kam hollarda: gipotenziya. Noma’lum: yuz qizarishi, postural gipotenziya. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari funktsiyasini buzilishlari Noma’lum: nafas susayishi, bronxokonstriktsiya. Yuqori dozalar yaqqol nafas sustlashishini chaqirishi mumkin. Astmasi bo‘lgan patsiyentlarda morfin bronxospazm chaqirishi mumkin. Me’da-ichak yo‘llari funktsiyasini buzilishlari Tez-tez: og‘izda quruqlik his qilish, ko‘ngil aynashi, qusish, qabziyat. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari funktsiyasini buzilishlari Noma’lum: o‘t chiqarish yo‘llari spazmlari. Teri va teri osti to‘qimasi shikastlanishi Noma’lum: teri qichishi, toshmalar, eshakemi, kontakt dermatit. Tayanch-harakat va yondosh tizimlar zararlanishi Kam hollarda: mushak rigidligi (ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llanilganda). Noma’lum: tirishishlar (ayniqsa bolalarda). Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari funktsiyasini buzilishi Noma’lum: siydik chiqarishni buzilishi, siydik chiqarish yo‘llari spazmi. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaktsiyalar

Morfin gidroxloridi yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.Nafasning o‘tkir susayishi, bronxial astma xurujlari.Alkogol bilan o‘tkir zaharlanish.Ichak tutilishi, kelib chiqishi noaniq bo‘lgan qorin og‘riqlari yoki “o‘tkir qorin”.Zaxarlanish bilan bog‘liq o‘tkir diareya.Bosh miya ichki bosimini oshishi yoki bosh miya jarohati, bosh miya o‘smasi.Yurak koronar kasalligi.Miksedema.Buyrak usti bezlari yetishmovchiligi (Addison kasalligi), buyrak usti bezlari o‘smasi (feoxromotsitoma).Og‘ir jigar va buyrak kasalliklari.O‘t sanchig‘i.Koma holati.Porfiriya.Emizish.Monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari bilan birgalikda qo‘llash yoki ularni qo‘llash to‘xtatilgandan keyin 2 xafta o‘tmasdan qo‘llash mumkin emas. Morfin gidroxloridini o‘t chiqarish yo‘llarida bevosita jarrohlik operatsiyasidan keyin, shuningdek toksinlar tufayli rivojlangan diareya vaqtida qo‘llash mumkin emas. Morfin gidroxloridini alkogol yoki uyqu chaqiruvchi preparatlar ta’siridagi xavotirlik holatida qo‘llash mumkin emas.

Morfin gidroxloridining susaytiruvchi ta’sirini MNTning boshqa depressantlari (alkogol, barbituratlar, neyroleptik yoki antipsixotik vositalar, benzodiazepinlar, antidepressantlar, allergiyaga qarshi yoki antigistamin vositalar), MAO ingibitorlari, fizostigmin, neostigmin, amfetamin kuchaytirishi mumkin. Ularning o‘zaro ta’siri MNT va nafas susayishini chaqiradi, gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi.Morfin gidroxloridini MAO ingibitorlarini qabul qilish to‘xtatilgandan keyin 2 xafta o‘tib buyurish mumkin.Tritsiklik antidepressantlar, asosan dezipramin, morfin gidroxloridining analgetik ta’sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.Boshqa opioidlar bilan birga qo‘llash sedativ ta’sirini kuchaytiradi.Morfin gidroxloridi vena ichiga yuboriladigan va uchuvchan umumiy anesteziya moddalarining ta’sirini kuchaytirishi mumkin.Baklofen morfin gidroxloridining sedativ ta’sirini kuchaytiradi.Morfin gidroxloridi plazmada esmolol kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.Morfin gidroxloridi gabapentinning biokiraolishligini oshiradi.Rifampitsin morfin gidroxloridi metabolizmini kuchaytirishi mumkin.Tsizaprid bilan birga qo‘llanilganda plazmada morfin gidroxloridining kontsentratsiyasi oshadi (toksiklik xavfi).Ritonavir morfinning plazmadagi kontsentratsiyasini kamaytirishi mumkin.Opiyga o‘xshash aralash agonistlar‑antagonistlar va qisman agonistlar (pentazotsin, butorfanol, buprenor) morfin gidroxloridi ta’sirini kamaytiradi. Bu preparatlar morfin gidroxloridini uzoq vaqt qabul qilayotgan bemorlarda abstinentsiya simptomlarini kuchaytirishi mumkin.Morfin gidroxloridi va metoklopramid yoki domperidon bilan birga qo‘llanilishi morfin gidroxloridining me’da-ichak yo‘lllariga ta’sirini kamaytiradi.Morfin gidroxloridi antidiuretik gormonni ajratib, diuretik vositalar ta’sirini kamaytiradi, shuningdek ich surgi vositalar ta’sirini kamaytiradi.Opioidlar meksiletin so‘rilishini sekinlashtiradi.Morfin gidroxloridi organik fosfatlar toksikligini oshiradi.Morfin gidroxloridi aminofilin, geparinom, tiopental, pentobarbital, fenobarbital va metaraminol bilan nomutanosib, shuning uchun ularni bir shpritsda aralashtirish mumkin emas (aralashmada qo‘llash).

Bronxial astmasi, yallig‘lanish yoki ichak obstruktiv kasalliklari, miasteniya, prostata bezini kattalashishi va homilador patsiyentlarga morfin gidroxloridini buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Keksa va xolsiz patsiyentlarga, buyrak va/yoki jigar funktsiyasi buzilishlari, gipotenziya va tirishishlarga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarga morfin gidroxloridini pastroq dozalarini qo‘llash kerak. O‘t chiqarish tizimi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (shuningdek kelib chiqishi biliar pankreatit xollarida), chunki morfin gidroxloridi Oddi sfinkterini spazmini va xolatini yomonlashishini chaqirishi mumkin. Morfin gidroxloridi aritmiyasi, og‘ir cor pulmonale, shuningdek siydik chiqarish yo‘llarini sanchig‘i bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yo‘talni davolash uchun odatda morfin gidroxloridi qo‘llanmaydi. Morfin gidroxloridini qo‘llaganda ruhiy va jismoniy qaramlik rivojlanishi mumkinligini e’tiborga olish kerak. Abstinentsiyani tezlashishidan saqlanish uchun jismoniy qaramligi bo‘lgan patsiyentlarni opioidlar bilan davolashni asta-sekin to‘xtatish kerak.

Davolashni boshlashdan oldin shifokor vaziyatni baxolaydi va morfin gidroxloridini agar ona uchun foyda bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan xollarida buyurish mumkin. Morfin gidroxloridini bevosita tug‘ruqdan oldin qo‘llaganda nafasni susayishini chaqirib chaqaloqni xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Morfinga qaram onalarda kam tana vaznli bolalar tug‘iladi, bunday xollarda shuningdek yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limi yuqori bo‘ladi. Tug‘ilgandan keyin yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda abstinentsiyani quyidagi simptomlari kutilishi mumkin: anormal reflekslar, mushak tonuslarini oshishi, tirishishlar, ich ketishi, ko‘p terlash. Morfin gidroxloridini tug‘ruqdagi og‘riqlarni kamaytirish uchun qo‘llash mumkin emas. Morfin gidroxloridi ko‘krak sutiga ajraladi (yuborilgan dozadan 1% kamroq), shuning uchun uni emizayotgan onalarga qo‘llash mumkin emas.

25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yorug‘likdan himoyalangan joyda original o‘ramda saqlansin.

Morfin gidroxloridiga sezuvchanlik  individualdir. Yuqori sezuvchanlik 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (nafasning susayishi va qo‘zg‘aluvchanlik) va keksa yoshdagi patsiyentlarga (nafasni susayishi) xosdir. Sezuvchanlik morfin yoki narkotiklarni muntazam qabul qilgan patsiyentlarda kamayishi mumkin. Past darajada intoksikatsiya simptomlari: eyforiya, uyquchanlik, mioz va ichak faoliyatini sekinlashishi. Og‘ir zaxarlanish nafasni sezilarli susayishi, ko‘z qorachig‘ining kuchli torayishi va koma bilan xarakterlanadi. Nafas olish qiyinlashishining natijasi bo‘lib, tsianoz va to‘qimalarning gipoksiyasi, kapillyarlar zararlanishi va shok hisoblanadi. Zaxarlanishning boshqa simptomlari bo‘lib tana haroratining pasayishi, mushaklar lanjligi, til bo‘shashishi natijasida nafas yo‘llari susayishi hisoblanadi. Gipotenziya, gipotermiya va nafas susayishini davolash – simptomatik davolash. Darhol sun’iy nafas yoki nazorat qilinadigan nafas yordamida tegishli nafasni tiklashga e’tibor qaratmoq lozim. Gipotenziya holatida natriy xloridining izotonik eritmasi yoki plazma o‘rnini bosuvchi boshqa vosita buyuriladi. Natija qoniqarsiz bo‘lganda qo‘shimcha minutiga 5‑15 mkg/kg dozada dofamin yuborish mumkin. Morfinning maxsus antidoti intoksikatsiya simptomlarini kamaytiradigan nalokson hisoblanadi. Naloksonning tavsiya qilinadigan dozasi kattalar uchun 0,4 mg (bolalar uchun 0,01 mg/kg) v/i asta-sekinlik bilan, lozim bo‘lganda dozani patsiyent uyg‘onguncha hamda yo‘tal va nafas reflekslari tiklanguncha asta-sekin oshirish mumkin. Morfin bilan zaxarlanishda preparatlarni chiqarish usullari (peritoneal dializ, gemodializ, gemoperfuziya) qo‘llanilmaydi.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 10 mg/ml. 1 ml dan I gidrolitik sinfning sindirish chizig‘i yoki nuqtasiga va ikkita belgilovchi xalqaga ega rangsiz shisha ampulada. 5 ampuladan polivinilxloridli plenkadan alyuminiyli folga bilan berkitilgan konturli uyali o‘ramda. 2 yoki 20 konturli uyali karton o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga.

3 yil.