Simptomlari: arterial bosimni 90 mm sim.
ust.
dan pastga pasayishi, teri qoplamalarini ocharishi, kuchli terlash, kuchsiz puls, taxikardiya, turganda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, qizib ketish yoki et uvishishini his etish, giperemiya, qo‘rquvni his etish, holsizlik, hushdan ketish, vertigo, ortostatik gipotenziya, tserebral simptomlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, metgemoglobinemiya, tirishishlar, ko‘rishni buzilishi, bosh miya ichki bosimini oshishi, tsianoz, dispnoe, taxipnoe, hansirash, koma.
Davolash simptomatik bo‘lishi kerak.
Preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Vena ichiga fiziologik eritmani va plazmani yuborish tavsiya etiladi.
Agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, undan uni chiqarilishi uchun me’dani yuvish, enterosorbentlarni (faollashtirilgan ko‘mir) qabul qilish tavsiya etiladi.
Arterial gipotenziyada patsiyentni gorizontal yuzaga, boshini pastroq tushirgan holda yotqizish kerak (oyoqlarni ko‘tarish lozim).
Og‘ir hollarda dopamin va simpatomimetiklar yuboriladi.
Metgmoglobinemiya rivojlanganda ichga 1 g askorbin kislotasi, 1% li metilen ko‘kini vena ichiga yuborish, toluidin ko‘kini tana vazniga 2-4 mg/kg dozada vena ichiga yuborish, o‘pkani sun’iy ventillyatsiya qilish buyuriladi, zarurat bo‘lganida o‘rinbosar tarzda qon quyishni o‘tkazish lozim.
Gemodializni qo‘llash mumkin.