Mol

Tarkibi:

faol modda: paratsetamol – 500 mg. yordachi moddalar: kraxmal – 32,16 mg; talk – 5,0 mg; magniy stearati – 5,0 mg; metilparaben – 0,56 mg; propilparaben – 0,28 mg; natriy kraxmal glikolyati – 5,0 mg; mikrokristall tsellyuloza – 50,0 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

): paratsetamol (atsetaminofen)

Preparatning savdo nomi:

Mol

Farmakalogik guruhi:

analgetik – antipiretiklar.

Dori shakli:

tabletka

analgetik – antipiretiklar.

N02BE01

Paratsetamol ichga buyurilganda tez va yaxshi so‘riladi. Qon plazmasidagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Organizmning deyarli barcha to‘qimalariga kiradi, yo‘ldoshga oson o‘tib ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Paratsetamol plazma oqsillari bilan kuchsiz bog‘lanadi, jigar mikrosomalari va fermentlari bilan jigarda metobolizmga uchraydi. Jigarni mikrosomal fermentlari bilan parchalanadi, asosan glyukuron kislotasi bilan va oz miqdorda sulfatlar bilan birikadi. Metabolitlari farmakologik faol emas, ammo ko‘p miqdorda to‘planib qolganda jigarni nekrozini keltirib chiqarishi mumkin. Asosan birikmalar ko‘rinishida buyrak orqali va qisman (5%) o‘zgarmagan holda ajraladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 dan 3 soatgacha oralig‘ida. Jigar faoliyatining buzulishida yarim chiqarilish davri uzayadi, natijada organizmda metabolitlarni to‘planishiga olib keladi.

Kuchsiz va o‘rta kuchdagi, turli sababga ega og‘riq sindromi (bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i, nevralgiya, mialgiya, algodismenoreya va b.), yuqumli yallig‘lanish kasalliklaridagi isitmalashlarni davolashda qo‘llaniladi.

Preparatni ovqatdan keyin, oz miqdordagi suyuqlik bilan ichga qabul qilinadi. Vazni 60 kg dan ortiq bo‘lgan kattalarga va o‘smirlarga bir martalik qabul miqdori 0,5 g tavsiya qilinadi, qabul qilish oralig‘i – 4 soatdan kam emas. Maksimal sutkalik qabul qilish miqdori qisqa muddatli qabul qilinsa – 4 g; 3-4 kun qabul qilinsa – 2,5 g. Davollanishni maksimal davomiyligi 5-7 kun. Bir martalik qabul miqdori 7-12 yoshdagi bolalar uchun 0,25-0,5 g; 3-6 yosh uchun – 0,125 g – 0,25 g; 1-2 yosh uchun – 0,125 g; 4 oylikdan 1 yoshgacha – 0,04 g; 3 oygacha – 0,024 – 0,04 g; Go‘daklar uchun preparatni 1 ml da 0,05 g eritma shaklida beriladi, bu eritmani tayyorlash uchun 1 ta tabletkani 10 ml qaynatilgan suvda eritish lozim. Preparat sutkada 3-4 marta buyuriladi, xar bir qabul oralig‘i 4 soatdan kam bulmasligi kerak. Bolalarni  maksimal davolash davomiyligi – 3 kun .

Ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq, teri qizarishi, terida nuqtali toshmalar chiqishi ko‘rinishdagi allergik reaktsiyalar, Kvinke shishi, qon bosimining tushib ketishi (shok holatigacha), qon manzarasini o‘zgarishi – leykopeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya, metgemaglabinemiya, anemiya bo‘lishi mumkin. Allergiyaga moyil odamlarda bronxospazm kuzatilishi mumkin (“aspirin asmasi”). Uzoq muddat davomida odatdagi doza qabul qilinsa, yoki juda ko‘p miqdorda qabul qilinganda og‘ir jigar va buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Jigarning mikrosomal fermentlarini kuchaytiruvchi dorilar-barbituratlar va ayrim tutqanoqqa qarshi vositalar (fenobarbital, fenition, karbamazepin, benzonal) alkogol, rifampitsinlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda preparatning gepatotoksik ta’siri kuchayyadi. Fenotiazinlar bilan birga qabul qilinganda gipotermiya, azidotimedin bilan esa neytropeniya kuzatilishi mumkin. Preparat xloramfenikolning toksiklik darajasini oshiradi, uzoq muddatli qabul paytida esa, bilvosita antikoagulyantlar ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Jigar va buyrak faoliyatining yengil va o‘ta darajadagi buzilishlarida, Gilbert sindromida va go‘daklarga ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi (bir martalik qabul qilish oralig‘ini uzaytirish yoki bir martalik qabul qilish dozasini kamaytirish tavsiya etiladi). Paratsetamol yo‘ldosh orqali so‘riladi va sut bilan ajralib chiqiladi. Shuning uchun ham emizikli va homiladorlik davrida uzoq vaqt yoki katta doza qabul qilishidan (ayniqsa homiladorlikning birinchi trimestrida) saqlanish kerak, dorining foydasi va kutilishi mumkin bo‘lgan zararini nazarda tutish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin

Quruq, salqin yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°Sdan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dorini 6 g dan ortiq ichilsa, jigarni og‘ir shikastlab, jigar komasigacha olib kelishi mumkin. Preparatdan intoksikatsiya belgilari: 1-bosqich (1-kunlarda) – ko‘ngil aynishi, qusish, terlash, uyquchanlik; 2-bosqich (2-kunlarda) – subyektiv xolatning yaxshilanishi. Qorinda kuchsiz og‘riq, jigarning kattalashuvi, qon zardobidagi transaminaza va bilirubin miqdorini oshishi, protrombin vaqtining uzayishi. 3-bosqich (3-kunlarda) – bemor ahvolining og‘irlashuvi, qon zardobidagi transaminaza miqdorini keskin oshib ketishi, sariqlik, qon ivishining buzilishi, gipokaliyemiya, jigar komasi kuztilishi mumkin. Paratsetamoldan intoksikatsiya belgilari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qilish va me’dani yuvib tozalash lozim.

: Retseptsiz

Tabletkalar 500 mg dan № 10.

3 yil.