Moksoftretsept bilan

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 5 mg moksifloksatsin gidroxloridi; yordamchi moddalar: borat kislotasi, natriy xloridi, 10% li natriy gidroksidi eritmasi, 1M xlorid kislotasi, inyektsiya uchun eritma.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

moksifloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Moksoft

Farmakalogik guruhi:

antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

ko‘z tomchilari, eritma

tiniq, och sariq rangli eritma.

antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

S01AЕ07.

So‘rilishi Moksifloksatsin 0,5% ko‘z tomchilari eritmasini kuniga 3 marta ikkala ko‘zga besh kun davomida (beshinchi kuni bir doza) qo‘llanganidan keyin moksifloksatsinning maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) va vaqtga bog‘liq egri chiziq ostidagi maydoni (AUC0∞) 2,7 ng/ml va 45 ng*soat/ml ni tashkil qiladi. Ko‘zga mahalliy qo‘llangandan keyin moksifloksatsinning yarim chiqarilish davri taxminan 13 soatni tashkil qiladi. Taqsimlanishi 0,5% li moksifloksatsin ko‘zga mahalliy qo‘llanganidan so‘ng odam ko‘z yoshi qobig‘iga taqsimlanadi. Ikkala ko‘zga kuniga uch marta uch kun davomida tomizilganidan so‘ng, moksifloksatsinning ko‘z yoshidagi cho‘qqi kontsentratsiyasi 55,2 μg/ml ni tashkil qilgan, kuniga uch marta ikki tomonlama qo‘llanganida 1 kun o‘tgach qoldiq kontsentratsiya 4,2 μg/ml ni tashkil qilgan. Bu qiymatlar bakterial kon’yunktivitga olib kelgan ko‘pchilik tarqalgan qo‘zg‘atuvchilar uchun minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiyadan yuqori. Moksifloksatsinni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi, erkaklarda bog‘lanmagan fraktsiya bilan 55% past bo‘ladi, u kontsentratsiyalarning keng doirasida (0,1 dan 10 μg/ml gacha) kontsentratsiyaga bog‘liq emas. Metabolizmi Moksifloksatsin odamda xam sulfatatsiyaga (asosiy yo‘l), xam glyukuronizatsiyaga (ikkilamchi yo‘l) uchraydi. Sulfatatsiya moksifloksatsinning ikkilamchi aminida yuz beradi, glyukuron kislotasini qo‘shilishi esa glyukuronid atsilini xosil bo‘lishi uchun karbon kislotasida yuz beradi. N-sulfonat va atsil glyukuronidi peroral yuborilganidan keyin dastlabki dori vositasining maksimal kontsentratsiyasini taxminan uchdan birini va o‘ndan birini tashkil qiladi. Peroral qabul qilinganidan keyin atsil glyukuronidning ta’sirini ahamiyatli foizi metabolizmning II bosqichini birinchi o‘tishini natijasi hisoblanadi. Na N-sulfonat metaboliti, na atsil glyukuronidi o‘zini farmakologik faolligini ko‘rsatmagan. Chiqarilishi Moksifloksatsin tizimli qabul qilinganidan keyin dozaning >95% siydik va axlatda topilgan. Axlat bilan chiqarilishi asosiy chiqarilish yo‘li sifatida belgilangan. Asosiy preparat ham (dozaning 25%), N-sulfonat metaboliti ham (35%) ahlatdagi umumiy dozaning 60% ni tashkil qilgan. Tizimli qo‘llangandan so‘ng atsil glyukuronid axlatda aniqlanmagan. Siydik bilan chiqarilishi umumiy dozaning yana 35% ni tashkil qilgan – 20% preparatni dastlabki ko‘rinishida, 15% N-sulfonat metaboliti ko‘rinishida va 5% glyukuronid metaboliti ko‘rinishida chiqarilgan. Siydik bilan chiqarilishi kalavalar filtratsiyasi, faol sekretsiya (atsil glyukuronid metaboliti) va naychalar orqali qayta so‘rilish natijasi hisoblanadi.

Moksoft ko‘z tomchilari moksifloksatsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan yiringli bakterial kon’yunktivitni mahalliy davolash uchun ko‘rsatilgan.

Kattalar (shu jumladan keksalar) va bolalar Doza shikastlangan ko‘z(lar)ga bir tomchidan kuniga 3 martani tashkil qiladi. Odatda holatni yaxshilanishi 5 kundan keyin yuz beradi va davolashni keyingi 2-3 kun davomida davom ettirish kerak. Agar 5 kundan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, tashxisni va/yoki buyurilgan davolashning muvofiqligi yuzasidan masalani ko‘rib chiqish kerak. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligi va infektsiyani klinik hamda bakteriologik kechishiga bog‘liq. Jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar quyidagi tartibda tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000) yoki noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida baholash mumkin emas). Har bir uchrash tezligi guruhida nojo‘ya reaktsiyalar jiddiyligini kamayishi tartibida keltirilgan. Qon va limfa tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: kam hollarda – gemoglobinni pasayishi. Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: noma’lum – yuqori sezuvchanlik. Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i; kam hollarda – paresteziya; noma’lum – bosh aylanishi. Ko‘rishni buzilishlari: tez-tez – ko‘zlarda og‘riq, ko‘zlarni ta’sirlanishi; tez-tez emas – nuqtali keratit, ko‘zlarni qurishi, kon’yunktivadan qon ketishi, ko‘zlarni qizarishi, ko‘zlarni qichishishi, qovoqni shishi, ko‘rish diskomforti; kam hollarda – shox parda epiteliysini nuqsoni, shox pardani shikastlanishi, kon’yunktivit, blefarit, ko‘zlarni shishi, kon’yunktivani shishi, ko‘rishni noaniqligi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, astenopiya, qovoqlarni qizarishi; noma’lum – endoftalmit, yarali keratit, shox parda eroziyasi, shox pardani ishqalanishi, ko‘z ichki bosimini oshishi, shox pardani xiralashishi, shox pardada infiltratlar, ko‘z allergiyasi, keratit, shox pardani shishi, ko‘z yoshini ko‘p oqishi, fotofobiya, ko‘zlardan ajralmalar ajralishi, ko‘zlarda yot jismni his qilish. Yurak tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: noma’lum – yurakni tez urishi Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: kam hollarda – burunda diskomfort, faringolaringeal og‘riq, yot jismni his qilish (tomoqda); noma’lum – hansirash. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – disgveziya; kam hollarda – qusish; noma’lum – ko‘ngil aynishi. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: kam hollarda – alanin aminotransferazani oshishi, glyutamiltransferazani oshishi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: noma’lum – eritema, qichishish, toshma, eshakemi.

Faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birortasiga yuqori sezuvchanlik.Boshqa xinolonlarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Moksoft ko‘z tomchilarini boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri o‘rganilmagan. Preparat ko‘zga maxalliy qo‘llanganidan so‘ng moksifloksatsinning tizimli kontsentratsiyasi pastligi tufayli, dorilar bilan o‘zaro ta’siri qilish extimoli kam.

Faqat ko‘zga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Moksoft ko‘z tomchilarini subkon’yunktival yoki bevosita ko‘zning oldingi kamerasiga yuborish mumkin emas. Tizimli buyuriladigan xinolonlarni olayotgan patsiyentlarda jiddiy va ba’zida o‘lim bilan yakunlangan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalar (anafilaktik reaktsiyalar) kuzatilgan, ayrim patsiyentlarda – hatto birinchi doza tomizilgan zahoti kuzatilgan. Ba’zi reaktsiyalar yurak-qon tomir yetishmovchiligi, xushdan ketish, anginevrotik shish (shu jumladan hiqildoq, yutqun yoki yuzni shishi), nafas yo‘llarini obstruktsiyasi, dispnoe, eshakemi va qichishish bilan kechgan. Agar Moksoft ko‘z tomchilariga allergik reaktsiyalar paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Moksoft ko‘z tomchilariga nisbatan jiddiy o‘tkir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarni rivojlanishi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni talab etishi mumkin. Klinik ko‘rsatmalar bo‘lganida kislorod buyurish va nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash kerak. Boshqa infektsiyalarga qarshi qo‘llanadigan preparatlar kabi, preparatni uzoq vaqt qo‘llash, sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar, shu jumladan zamburug‘larni xaddan ziyod o‘sishiga olib kelishi mumkin. Agar superinfektsiya rivojlansa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va muqobil davolashni buyurish kerak. Ftorxinolonlar, shu jumladan moksifloksatsin bilan tizimli davolashda, ayniqsa keksa patsiyentlarda va bir vaqtda kortikosteroidlarni olayotgan patsiyentlarda, paylarni yallig‘lanishi va uzilishi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun paylarni yallig‘lanishini birinchi belgilari paydo bo‘lganida, Moksoft ko‘z tomchilari bilan davolashni to‘xtatish kerak. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kon’yunktivitni davolash uchun Moksoft ko‘z tomchilarini qo‘llash samaradorligi va xavfsizligini aniqlash uchun ma’lumotlar juda cheklangan. Demak, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kon’yunktivitni davolash uchun ushbu dori preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Moksoft ko‘z tomchilarini gonokokkli kon’yunktivitni, shu jumladan chaqaloqlardagi gonokokkli blenoreyani oldini olish yoki empirik davolash uchun, ftorxinolonga chidamli Neisseria gonorrhoeae tarqalganligi tufayli, qo‘llash mumkin emas. Neisseria gonorrhoeae chaqirgan ko‘z infektsiyasi bo‘lgan patsiyentlar tegishli tizimli davolash olishlari kerak. Preparat 2 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda xlamidiozni davolash uchun tavsiya qilinmaydi, chunki u ushbu toifa patsiyentlarda qo‘llash uchun o‘rganilmagan. Chlamydia trachomatis chaqirgan ko‘z infektsiyasi bo‘lgan 2 yoshdan oshgan patsiyentlar tegishli tizimli davolash olishlari kerak. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar blenoreyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, ularning holati uchun muvofiq davolash, masalan Chlamydia trachomatis yoki Neisseria gonorrhoeae chaqirgan holatlarda oladigan tizimli davolashni olishlari kerak. Agar patsiyentlarda ko‘zning bakterial infektsiyasi belgilari va simptomlari bo‘lsa, kontakt linzalarni taqmaslikni tavsiya qilish kerak.

25oC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Flakon ochilganidan so‘ng 30 kun davomida ishlatish mumkin.

Moksoft ko‘z tomchilarining dozasi oftalmologik oshirib yuborilganda, uni ko‘zlardan iliq suv bilan yuvib tashlash mumkin. Kon’yunktivani oftalmologik preparatlarni ushlab qolish hususiyatini cheklanganligi dori preparatining dozasini har qanday oshirib yuborilishini inkor qiladi. Ushbu preparatning hususiyatlariga ko‘ra, preparatning dozasi oshirib yuborilganda yoki flakonning ichidagisi tasodifan yutib yuborilganida, hech qanday toksik ta’siri kutilmaydi.

5 ml dan plastik flakon-tomchilagichda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.