Moksi Millretsept bilan

Tarkibi:

250 ml infuziya uchun eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 436 mg moksifloksatsin gidroxloridi, bu 400 mg moksifloksatsin asosiga ekvivalentdir. 1 ml quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1,6 mg moksifloksatsin (gidroxloridi ko‘rinishida); yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyektsiya uchun suv. 250 ml infuziya uchun eritma 34 mmol natriy saqlaydi. Eritmaning rN ko‘rsatkichi           3,5-5,5 Nazariy Osm                                    282 mOsm/l

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

moksifloksatsin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Moksi-Mill

Farmakalogik guruhi:

tizimli ta’sirga ega antibakterial vositalar, ftorxinolonlar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma

ko‘kimtir-sariq rangli eritma.

tizimli ta’sirga ega antibakterial vositalar, ftorxinolonlar.

J01MA14.

So‘rilishi va biokiraolishligi Moksi-Millni bir marta 400 mg dozada 1 soat davomidagi infuziyasidan keyin preparatning maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) infuziyaning oxirida erishiladi va taxminan 4,1 mg/l ni tashkil qiladi, bu, preparat ichga qabul qilinganidagi shu ko‘rsatkichning kattaligiga nisbatan uni taxminan 26% ga oshishiga to‘g‘ri keladi. AUC (kontsentratsiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi maydon nisbati) ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlanadigan va 39 mg soat/l ga teng bo‘lgan preparatning ekspozitsiyasi, preparat ichga qabul qilinganidagi ko‘rsatkichga nisbatan biroz yuqori (35 mg soat/l). Mutloq biokiraolishligi taxminan 91% ni tashkil qiladi. Preparatning 400 mg dozada 1 soat davomiylikdagi ko‘p martalik infuziyalaridan keyin, barqaror xolatidagi (400 mg bir marta xar kuni) plazmadagi cho‘qqi va minimal kontsentratsiyalari muvofiq 4,1 dan 5,6 mg/l gacha va 0,43 dan 0,84 mg/l gacha qiymatlargacha yetgan. Barqaror xolatida dozalash intervali chegaralarida preparatning ta’siri, birinchi dozadan keyingiga nisbatan taxminan 30% ga yuqori bo‘lgan. 4,4 mg/l ga teng o‘rtacha barqaror kontsentratsiyasiga infuziyaning birinchi soatini oxirida erishiladi. Taqsimlanishi Moksifloksatsin qon tomir havzasidan tashqarida tez taqsimlanadi. Moksifloksatsinning taxminan 2 l/kg muvozanatli taqsimlanish hajmi (Vss) bilan katta farmakokinetik egri chizig‘i osti maydoni AUC (AUCnorm = 6 kg soat/l) kuzatiladi. Moksifloksatsinning so‘lakdagi cho‘qqi kontsentratsiyasi, plazmadagiga qaraganda yuqori. In-vitro va in-vivo tadqiqotlarda 0,02 dan 2 ml/l gacha bo‘lgan kontsentratsiyalar diapazonida moksifloksatsinni oqsillar bilan bog‘lanishi, preparatning kontsentratsiyasidan qat’iy nazar taxminan 45% ni tashkil qildi. Moksifloksatsin asosan plazma albuminlari bilan bog‘lanadi. Hajm pastligi tufayli erkin kontsentratsiyasining yuqori cho‘qqisi >10xMIC kuzatiladi. Preparatning plazmadagidan yuqori kontsentratsiyalari o‘pka to‘qimasida (epitelial suyuqlik, alveolyar makrofaglar, biologik to‘qima), bo‘shliqlarda (yuqori jag‘ bo‘shlig‘i va kataksimon suyakning bo‘shliqlari, burun poliplari), yallig‘lanish o‘choqlarida (teri shikastlanganida pufaklarning ichidagi moddada) hosil bo‘ladi. Interstitsial suyuqlikda (so‘lakda, mushak orasi, teri osti) erkin holatdagi preparatning yuqori kontsentratsiyalari aniqlanadi. Bundan tashqari, preparatning yuqori kontsentratsiyalari abdominal to‘qimalarda va suyuqliklarda va shuningdek ayollarning jinsiy yo‘llarida aniqlanadi. Ikkala yuborish yo‘llarida moksifloksatsinning 400 mg bir martalik dozasidan keyin plazmadagi kontsentratsiyasiga qaraganda turli nishon-to‘qimalarda xuddi shunday maksimal kontsentratsiyalari kuzatilgan. Metabolizmi Biotransformatsiyaning 2-nchi fazasidan o‘tganidan keyin moksifloksatsin organizmdan ham buyrak va me’da-ichak yo‘llari (MIY) orqali o‘zgarmagan holda, ham faol bo‘lmagan sulfobirikmalar (M1) va glyukuronidlar (M2) ko‘rinishida chiqariladi. Ushbu metabolitlari faqat odam organizmiga nisbatan xos va antimikrob faollikka ega emas. Moksifloksatsin tsitoxrom R450 mikrosomal tizimi tomonidan biotransformatsiyaga uchramaydi. Qo‘llash usulidan qat’iy nazar, M1 va M2 metabolitlari qon plazmasida, o‘zgarmagan moksifloksatsinning kontsentratsiyasiga qaraganda past kontsentratsiyada aniqlanadi. Chiqarilishi Preparatning yarim chiqarilish davri taxminan 12 soatni tashkil qiladi. 400 mg dozada yuborilganidan keyin o‘rtacha umumiy klirensi minutiga 179 dan 246 ml gachani tashkil qiladi. Taxminan minutiga 24-53 ml ni tashkil qiluvchi buyrak klirensi, buyrakda preparatni qisman naychalar reabsorbtsiyasi yo‘li bilan yuz beradi. Ranitidin va probenetsidni bir vaqtda qo‘llash preparatning buyrak klirensiga ta’sir qilmaydi. Yuborish yo‘lidan qat’iy nazar dastlabki modda moksifloksatsin, oksidlanishli metabolizmning belgilarisiz metabolizmning II bosqich metabolitlarigacha deyarli to‘liq 96-98% metabolizmga uchraydi.

Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan kattalardagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida buyuriladi: Streptococcus pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Haemophilus influenzae tomonidan chaqirilgan o‘tkir sinusit;Streptococcus pneumoniae (shu jumladan antibiotiklarga ko‘p sonli rezistentligi bo‘lgan mikroorganizmlarning shtammlari tomonidan chaqirilgan*), Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, metitsillinga sezgir Staphylococcus aureus, Klebsiella pneumoniae, Mycoplasma pneumoniae yoki Chlamydia pneumoniae tomonidan chaqirilgan kasalxonadan tashqari pnevmoniya;bakterial infektsiya (Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, metitsillinga sezgir Staphylococcus aureus yoki Moraxella catarrhalis) bilan bog‘liq bo‘lgan surunkali bronxitni zo‘rayishi;teri va uning tuzilmalarining metitsillinga sezgir Staphylococcus aureus yoki Streptococcus pyogenes tomonidan chaqirilgan asoratlanmagan infektsion kasalliklari;teri va uning hosilalarining metitsillinga sezgir Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae yoki Enterobacter cloacae tomonidan chaqirilgan asoratlangan infektsion kasalliklariEscherichia coli, Bacteroides fragilis, Streptococcus anginosus, Streptococcus constellatus, Enterococcus faecalis, Proteus mirabilis, Clostridium perfringens, Bacteroides thetaiotaomicron yoki Peptostreptococcus spp. tomonidan chaqirilgan asoratlangan intraabdominal infektsiyalar, shu jumladan abstsesslar kabi polimikrob infektsiyalar. *- antibiotiklarga ko‘p sonli rezistentlikka ega shtammlar (Multi-drug resistant Streptococcus pneumoniae — MDRSP), shu jumladan ilgari PRSP (Penicillin-resistant S. pneumoniae) sifatida ma’lum bo‘lgan shtammlar va quyidagi ikki va undan ortiq antibiotiklarga: penitsillin (MIC≥2 mkg/ml), tsefalosporinlarning ikkinchi avlodi (masalan, tsefuroksim), makrolidlar, tetratsiklinlar va trimetoprim/ sulfametoksazolga rezistent shtammlar.

Kattalar Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatmalar uchun Moksi-Millning tavsiya qilingan dozasi kuniga 1 marta ko‘pi bilan 400 mg ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligi va klinik samaraga qarab belgilanadi va: surunkali bronxitni zo‘rayishida – 5 kunni; shifoxonadan tashqari pnevmoniyada bosqichma-bosqich davolashning umumiy davomiyligi – 7-14 kunni, avval vena ichiga, so‘ngra ichga qabul qilinadi, yoki 10 kun davomida ichga qabul qilinadi; o‘tkir sinusitda va teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlanmagan infektsiyalarida – 7 kunni; teri va teri osti to‘qimalarining asoratlangan infektsiyalarida – Moksi-Mill bilan bosqichma-bosqich davolashning umumiy davomiyligi (vena ichiga yuborish, keyinchalik ichga qabul qilishga o‘tish bilan) – 7-21 kunni tashkil etadi. Moksi-Millni vena ichiga yuborish bilan davolash davomiyligi 14 kungacha davom etishi mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlarda, jigar faoliyatini biroz buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A yoki V sinfi) bo‘lgan patsiyentlarda, buyrak faoliyatini buzilgan bemorlarda (shu jumladan kreatinin klirensi £30ml/min/1,73 kv. m.), shuningdek uzluksiz gemodializda va davomli ambulator peritoneal dializda bo‘lgan patsiyentlarda dozalash tartibini o‘zgartirish talab qilinmaydi. Bolalar. Bolalar va o‘smirlarda moksifloksatsinning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Qo‘llash usuli. Preparat davomiyligi kamida 60 minut bo‘lgan vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuboriladi. Moksi-Mill eritmasini xam o‘zini toza holda, xam quyidagi u bilan mutanosib bo‘lgan infuziya uchun eritmalar bilan yuborish mumkin: Inyektsiya uchun suv0,9% li natriy xloridi eritmasi1 molyarli natriy xloridi eritmasi5% li glyukoza eritmasi10% li glyukoza eritmasi40% li glyukoza eritmasi20% li ksilit eritmasiRinger eritmasiRinger laktati eritmasi Moksifloksatsinning yuqorida keltirilgan infuzion eritmalar bilan aralashmasi xona haroratida 24 soat davomida barqaror bo‘lib qoladi. Agar moksifloksatsin eritmasi boshqa prepartlar bilan birga qabul qilinayotgan bo‘lsa, har bir preparatni alohida qabul qilish kerak. Eritmani muzlatish yoki sovutish mumkin bo‘lmaganligi tufayli, uni sovutgichda saqlash mumkin emas. Sovutilganida cho‘kma tushishi mumkin, u xona haroratida eriydi. Eritma original konteynerda saqlanishi kerak. Faqat tiniq eritmani ishlatish kerak.

Quyida 400 mg dozada kuniga bir marta vena ichiga yoki peroral yuborilgan moksifloksatsin preparatini barcha klinik tadqiqotlarida olingan, tez-tezligi bo‘yicha tasniflangan nojo‘ya samaralari keltirilgan:

moksifloksatsinga va preparatning har qanday boshqa komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik,18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar,homiladorlikemizish davriQT intervalini uzayishida qo‘llash mumkin emas. Markaziy nerv tizimi (MNT) kasalliklarida (shu jumladan MNT ni jalb qilinishi yuzasidan shubha uyg‘otgan kasalliklarda), tirishish xurujlarini yuz berishiga moyillik keltirib chiqaruvchi va tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi kasalliklarda, QT intervalini uzayishida, gipokaliyemiyada, bradikardiyada, miokard o‘tkir ishemiyasida, antiaritmik vositalarning IA va III sinfi preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda, og‘ir jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llan kerak.

Atenolol, ranitidin, kaltsiy saqlovchi qo‘shimchalar, teofillin, peroral kontratseptiv vositalar, glibenklamid, itrakonazol, digoksin, morfin, probenitsid bilan bir vaqtda qo‘llanganida dozaga tuzatish kiritish alab qilinmaydi (moksifloksatsin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirining yo‘qligi tasdiqlangan). Varfarin Varfarin bilan birga qo‘llanganida protrombin vaqti va qon ivishining boshqa parametrlari o‘zgarmaydi. XMN (xalqaro me’yorlashtirilgan nisbat) qiymatini o‘zgarishi. Antikoagulyantlarni antibiotiklar bilan, shu jumladan moksifloksatsin bilan birga qabul qilayotgan patsiyentlarda qon ivishiga qarshi ta’sir qiluvchi preparatlarning antikoagulyantlik faolligini oshishi hollari kuzatiladi. Xavf omillari bo‘lib, infektsion kasalliklarni (va yondosh yallig‘lanish jarayoni) borligi, patsiyentning yoshi va umumiy holati hisoblanadi. Moksifloksatsin va varfarin orasida o‘zaro ta’sirlar aniqlanmaganligiga qaramay, preparatlarni birga qo‘shib davolash qabul qilayotgan patsiyentlarda XMN ning monitoringini o‘tkazish va zarurati bo‘lganida, peroral qon ivishiga qarshi preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Digoksin Moksifloksatsin va digoksin bir-birining farmakokinetik parametrlariga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Moksifloksatsinning takroriy dozalari buyurilganida sog‘lom shaxslarda digoksinning maksimal kontsentratsiyasi taxminan 30% ga oshgan, bunda “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) nisbati va digoksinning minimal kontsentratsiyasi o‘zgarmaydi. Moksifloksatsin fonida QT intervali uzayishi mumkin, shuning uchun QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar (tsizaprid, eritromitsin, neyroleptiklar, tritsiklik antidepressantlar) bilan bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki additiv samarani istisno etib bo‘lmaydi. Buning oqibati sifatida, quyida sanab o‘tilgan preparatlarning birontasi bilan moksifloksatsinni qabul qilish mumkin emas: IA sinfi antiaritmik preparatlari (masalan, xinidin, gidroxinidin, dizopiramid)IIIA sinfi antiaritmik preparatlari (masalan, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid)Neyroleptik preparatlar (masalan, fenotiazinlar, pimozid, sertindol, galoperidol, sultoprid)Tritsiklik antidepressantlarAyrim mikroblarga qarshi preparatlar (sparfloksatsin, vena ichiga yuboriladigan eritromitsin, pentamidin, bezgakka qarshi preparatlar, ayniqsa galofantrin)Ayrim antigistamin preparatlar (terfenadin, astemizol, mizolastin)Boshqalar (tsisaprid, vena ichiga vinkamin, bepridil, difemanil). Faollashtirilgan ko‘mir Faollashtirilgan ko‘mirni peroral qabul qilish bilan bir vaqtda moksifloksatsin vena ichiga yuborilganda, enterogepatik retsirkulyatsiya jarayonida moksifloksatsinni me’da-ichak yo‘llarida adsorbtsiyasi oqibatida preparatning tizimli biokiraolishligi biroz (taxminan 20% ga) pasayadi. Ozuq-ovqat  va sut mahsulotlari Bir vaqtda ovqat (shu jumladan sutli mahsulotlar) qabul qilinganida moksifloksatsinni so‘rilishi o‘zgarmaydi. Moksifloksatsinni ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilish mumkin.

Ayrim xollarda preparatni birinchi qo‘llashdan keyinoq o‘ta yuqori sezuvchanlik va allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Juda kam anafilaktik reaktsiyalar, hatto preparat birinchi marta qo‘llanganidan keyin ham hayotga xavf soluvchi anafilaktik shokkacha rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda moksifloksatsinni bekor qilish va kerakli davolash choralarini (shu jumladan shokka qarshi choralarni) ko‘rish kerak. Moksi-Mill qo‘llanganida ayrim patsiyentlarda QT intervalini uzayishi aniqlanishi mumkin. Ayollar erkaklarga nisbatan QT intervalini uzayishiga moyilroq bo‘lishlarini hisobga olib, ular QT intervalini uzaytiruvchi preparatlarga sezuvchanroq bo‘lishlari mumkin. Keksa patsiyentlar ham QT intervaliga ta’sir qiluvchi preparatlarga sezuvchanroqdirlar. QT intervalini uzayish darajasi preparatni kontsentratsiyasi oshishi bilan ko‘tarilishi mumkin, shuning uchun tavsiya qilingan dozani va infuziya tezligini (60 minut ichida 400 mg) oshirish mumkin emas. Biroq, pnevmoniyasi bo‘lgan patsiyentlarda qon plazmasidagi moksifloksatsinning kontsentratsiyasi va QT intervalini uzayishi orasida korrelyatsiya aniqlanmagan. QT intervalini uzayishi yurak qorinchalari aritmiyalari xavfini, shu jumladan polimorf qorincha taxikardiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shu boisdan QT intervalini uzayishi bo‘lgan, gipokaliyemiyasi muvofiqlashtirilmagan patsiyentlarda, shuningdek IA sinfi (xinidin, prokainamid) yoki III sinf (amidaron, sotalol) aritmiyaga qarshi preparatlar bilan davolash fonida moksifloksatsinni buyurishdan saqlanish kerak, chunki bunday patsiyentlarda moksifloksatsinni qo‘llash tajribasi cheklangan Moksifloksatsinni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki moksifloksatsinning additiv samarasini quyidagi holatlarda istisno qilib bo‘lmaydi: QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar (tsizaprid, eritromitsin, antipsixotik preparatlar, tritsiklik antidepressantlar) bilan yondosh davolash qabul qilayotgan patsiyentlardabradikardiya, o‘tkir miokard ishemiyasi kabi aritmiyaga moyil holatlari bo‘lgan patsiyentlardajigar tsirorozi bo‘lgan patsiyentlarda, chunki ularda QT intervalini uzayishi borligini istisno qilib bo‘lmaydi. Potentsial hayotga xavf tug‘diruvchi jigar yetishmovchiligiga, shu jumladan o‘limga olib keluvchi yashin tezligidagi gepatitni rivojlanish hollari haqida xabar berilgan. Jigar yetishmovchiligining belgilari paydo bo‘lganida, davolashni davom ettirishdan oldin patsiyentlar darhol shifokorga murojaat qilishlari kerak. Bullez teri reaktsiyalari, masalan, Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekrolizni (hayot uchun potentsial xavfli) rivojlanish hollari xaqida xabar berilgan. Teri va/yoki shilliq qavatlar tomonidan reaktsiyalar paydo bo‘lganida ham, davolashni davom ettirishdan oldin darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak. Moksi-Mill buyurilganda tirishish xurujlarini yuz berish xavfini hisobga olish lozim, shuning uchun tirishish xurujlari bilan kechuvchi yoki uni rivojlanishiga yoki tirishish bo‘sag‘asini pasayishiga moyilligi bo‘lgan MNT kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek bunday kasalliklar va holatlarga shubxa tug‘ilganda preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan antibakterial preparatlarni, jumladan moksifloksatsinni qo‘llash, antibiotiklarni qabul qilish bilan assotsiatsiyalangan soxtamembranoz kolitni rivojlanish xavfi bilan bog‘liq. Moksi-Mill bilan davolash fonida og‘ir diareya yuz berganida buni ko‘zda tutish kerak. Bunday hollarda preparatni bekor qilish va darhol muvofiq davolashni buyurish kerak. Moksi-Millni Gravis miasteniyasi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak, chunki preparat ushbu kasallikning simptomlarini zo‘raytirishi mumkin. Ftorxiniolonlar bilan, shu jumladan moksifloksatsin bilan davolash fonida tendenit rivojlanishi mumkin va bir vaqtda glyukokortikosteroidlarni qabul qilayotgan, ayniqsa 60 yoshdan oshgan patsiyentlarda paylarni (axollov va boshqa paylarni) uzilish xavfi oshadi. Shuning uchun og‘riq, yallig‘lanish paydo bo‘lganida yoki pay uzilganida moksifloksatsinni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Payni uzilishi xinolonlar (shu jumladan moksifloksatsin) bilan davolash vaqtida yoki undan keyin yuz berishi mumkinligini nazarda tutish kerak. Xinolonlar qabul qilinganida fotosezuvchanlik reaktsiyalari aniqlanadi, shuning uchun preparatni qabul qilish davrida patsintlar, to‘g‘ri quyosh nurlaridan va ultrabinafsha (UB) nurlanishdan saqlanishlari kerak. Tuzning miqdori past bo‘lgan parhezga amal qiluvchi patsiyentlar (yurak yetishmovchiligida, buyrak yetishmovchiligida, nefrotik sindromda) infuziya uchun eritmada natriy xloridi saqlanishini hisobga olishlari kerak.

Homiladorlikda Moksi-Millning xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun uni qo‘llash mumkin emas. Moksifloksatsinning katta bo‘lmagan miqdori ko‘krak suti bilan chiqariladi. Laktatsiya davrida ayollarda moksifloksatsinni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Shuning uchun emizuvchi ayollarda Moksi-Millni qo‘llash mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-30°S haroratda saqlansin.

Doza oshirib yuborilgan xollarda klinik manzaraga tayanish va yurak-qon tomir tizimi tomonidan – QT intervalini uzayishi mumkinligi tufayli, EKG-monitoringi bilan simptomatik tutib turuvchi davolashni o‘tkazish kerak. Oral yoki vena ichiga yuborilgan 400 mg dozadagi moksifloksatsinga muvofiq faollashtirilgan ko‘mirni bir vaqtda qo‘llanilishi preparatning tizimli biokiraolishligini muvofiq 80% yoki 20% dan ortiqqa pasaytirish imkonini beradi. Faollashtirilgan ko‘mirni ilk bosqichlarda ishlatilishi, peroral dozani oshirib yuborilganda moksifloksatsinning tizimli ta’sirini xaddan tashqari oshib ketishini oldini olish uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

250 ml infuziya uchun eritma saqlovchi PVX dan plastik konteynerlar.

2 yil.