Moditen deporetsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 25,00 mg flufenazin dekonati, yordamchi moddalar: benzil spirti, kunjut (sezam) moyi

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

flufenazin

Preparatning savdo nomi:

Moditen depo

Farmakalogik guruhi:

antipsixotik vosita (neyroleptik).

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

sariq rangli, ko‘rinadigan mexanik kiritmalarsiz tiniq moyli eritma.

antipsixotik vosita (neyroleptik).

N05AB02.

So‘rilishi va taqsimlanishi Flufenazin dekanoati – flufenazin va dekanoat kislotasining efiri bo‘lib, flufenazinni ajralib chiqishi bilan sekin gidrolizlanadi, u tizimli qon oqimiga tushadi. Preparatning ta’siri 24 soatdan 72 soatgacha namoyon bo‘ladi. Metabolizmi va chiqarilishi

Shizofreniya va boshqa psixozlarni davomli bir maromda saqlab turuvchi davolash va qaytalanishlarini oldini olish uchun qo‘llanadi.

Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez-tezligini tasnifi (JSST): juda tez-tez               >1/10 tez-tez                        >1/100 dan <1/10 gacha tez-tez emas               >1/1000 dan <1/100 gacha kam hollarda             >1/10000 dan <1/1000 gacha juda kam hollarda  <1/10000 dan, shu jumladan ayrim xabarlar Har bir guruhda noxush samaralar ularning jiddiyligini kamayishi tartibida berilgan. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas: taxikardiya, yengil darajadagi arterial gipertenziya, noturg‘un AB ;kam hollarda: QT intervali va T tishini uzayishi;juda kam hollarda: aritmiya, yurak qorinchalari taxikardiyasi, fibrillyatsiya. Qon yaratish tizimi tomonidan: uchrash tez-tezligi noma’lum: leykopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, eozinofiliya, pantsitopeniya. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez: ekstrapiramid buzilishlar (soxta parkinsonizm, distoniya, akatiziya, okulogir kriz, opistotonus, giperrefleksiya), tardiv diskineziya (til, yuz mushaklari, og‘iz, lablar, tana va qo‘l oyoqlarni ixtiyorsiz xarakatlari);tez-tez emas: bosh og‘rig‘i;kam hollarda: xavfli neyroleptik sindrom (gipertermiya, mushaklar rigidligi, akineziya, AB pasayishi, stupor, koma, uyquchanlik, letargiya);uchrash tez-tezligi noma’lum: bezovtalik, qo‘zg‘alish yoki yorqin tush ko‘rishlar, depressiv holatlar, suiqasdlik fikrlarini kuchayishi. Sezgi a’zolari tomonidan: tez-tez emas: ko‘rishni noaniqligi, glaukoma, ko‘z ichki bosimini oshishi;kam hollarda: gavxar va shox pardaning xiralashishi. Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas: burunni bitishi;juda kam hollarda: bronxial astma. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, ishtaxani yo‘qolishi, salivatsiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi, qabziyat, falajli ileus;kam hollarda: xolestatik sariqlik. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas: poliuriya, qovuqni falaji;kam hollarda: tungi enurez, siydikni tutib turolmaslik. Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas: kuchli terlash;kam hollarda: teri pigmentatsiyasi, fotosezuvchanlik, allergik dermatit, eshakemi, seboreya, eritema, ekzema, eksfoliativ dermatit. Metabolizm va ovqatlanishni buzilishlari: tez-tez emas: ishtahani oshishi, tana vaznini oshishi. Reproduktiv tizimi tomonidan: tez-tez emas: ginekomastiya, patologik laktatsiya, libidoni buzilishi va impotentsiya, hayz ko‘rish tsiklining muntazamligini buzilishlari, homiladorlikka soxtamusbat sinama;kam hollarda: priapizm, eyakulyatsiyani buzilishi. Allergik reaktsiyalar: juda kam hollarda: tomoqni shishi, angionevrotik shish. Boshqalar:

Preparatning komponentlaridan biriga, shuningdek boshqa fenotiazinlarga yuqori sezuvchanlik; bosh miyani aniq yoki taxmin qilingan subkortikal shikastlanishlari, ongni og‘ir darajasidagi buzilishlari, og‘ir darajasidagi tserebral ateroskleroz, feoxromotsitoma, jigar yetishmovchiligi, dekompensatsiya bosqichidagi yaqqol buyrak va/yoki yurak yetishmovchiligi; MNT faoliyatini susaytiruvchi preparatlar (alkogol, antidepressantlar, neyroleptiklar, sedativ preparatlar, anksiolitiklar, uyqu va narkotik dori vositalari) bilan o‘tkir zaxarlanish; homiladorlik, emizish davri, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Flufenazin bilan alkogol, antigistamin vositalar, antidepressantlar, boshqa antipsixotiklar, sedativ, uyqu yoki narkotik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, MNT faoliyatini susaytiruvchi ta’siri kuchayadi. Barbituratlar, nobarbiturat uyqu vositalari, karbamazepin, grizeofulvin, fenilbutazon va rifampitsin fenotiazinlarning metabolizmini kuchaytiradi, bu MNT faoliyatini susaytiruvchi samarasini kuchayishiga va nafasni susayishiga olib keladi. Paratsetamol, xloramfenikol, disulfiram, MAO ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari guruxidan bo‘lgan antidepressantlar va peroral kontratseptivlar fenotiazinlarning metabolizmini susaytiradilar, bu xavfli neyroleptik sindromni rivojlanish xavfini oshiradi. Fenotiazinlar uglevodlarning metabolizmiga ta’sir qiladi, bu qonda glyukozaning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemik preparatlarning dozasini o‘zgartirish talab etilishi mumkin. Fenotiazin adrenalin va boshqa simpatomimetiklarning samaralarini bloklaydi, shuningdek alfa-adrenoblokatorlarning gipotenziv ta’sirini kamaytiradi. Dofamin retseptorlarini blokadasi oqibatida flufenazin levadopaning parkinsonizmga qarshi samarasini kamaytiradi. Flufenazin tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasaytirishi mumkin, shuning uchun bir vaqtda qabul qilinayotgan tutqanoqqa qarshi preparatlarning dozasini oshirish talab qilinishi mumkin. Flufenazin antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun vaqti-vaqti bilan protrombin vaqtini nazorat qilish tavsiya etiladi. Flufenazin yaqqol arterial gipotenziyani kam chaqiradi. Agar arterial gipotenziya shunda ham paydo bo‘lsa, vena ichiga noradrenalin darxol yuborish kerak. Adrenalinni qo‘llash mumkin emas, chunki fenotiazinlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida u, AB ni oshishi o‘rniga, uni yana ham ko‘proq pasayishini chaqiradi. Buni hamma vaqt, ayniqsa xirurgik operatsiyalar va anesteziya o‘tkazishda hisobga olish kerak. Bir vaqtning o‘zida aritmiyaga qarshi preparatlarni qo‘llashdan saqlanish kerak, yoki ular qat’iy tibbiy kuzatuv ostida qo‘llanishi kerak.

Inyektsiyalar uchun eritmani boshqa eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

8oS dan 25oS gacha haroratda saqlansin. Yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Simptomlari: og‘ir darajadagi ekstrapiramid buzilishlar, sedatsiya, tirishishlar, ongni arefleksiya bilan kechuvchi, komagacha buzilishi, AB ni yaqqol pasayishi, mioz, gipotermiya, siydikni tutilishi, EKG da o‘zgarishlar, yurak ritmini buzilishi. Davolash: simptomatik. Spetsifik antidoti mavjud emas. Patsiyent doimiy kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Aritmiyalar rivojlanganida: natriy bikarbonati, magniy sulfati buyuriladi. Ekstrapiramid simptomlarni parkinsonizmga qarshi preparatlar bilan davolash mumkin. Yaqqol arterial gipotenziyada – noradrenalin; adrenalin AB ni qo‘shimcha pasayishiga olib kelishi mumkin. Gemodializ va jadallashtirilgan diurez samarali emas.

Inyektsiyalar uchun mushak ichiga yuborish uchun eritma, 25 mg/ml. 1 ml dan to‘q shisha ampulalarda. 1 ml dan 5 ampula blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.