So‘nggi vaqtlardagi ayrim tekshirishlarning natijalari, faqat gestagen saqlovchi kontratseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda, venoz trombozning xavfi biroz oshishi mumkinligini ko‘rsatadi; biroq bu natijalar yetarli darajada aniq emas.
Shunday bo‘lsada, venalar va arteriyalar trombozining belgilari paydo bo‘lganida, Siz darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerak.
Venoz yoki arterial trombozning simptomlariga: oyoqlarda bir tomonlama og‘riq va/yoki shish; ko‘krak qafasida, u chap qo‘lga berish-bermasligidan qat’iy nazar kuchli og‘riq; nafasni to‘satdan paydo bo‘ladigan yaqqol buzilishlari; to‘satdan paydo bo‘lgan yo‘tal; g‘ayrioddiy og‘ir uzoq muddatli bosh og‘rig‘i; ko‘rishni to‘satdan qisman yoki to‘liq yo‘qotish; ikkita ko‘rish; cho‘zilgan yoki qiyinlashgan nutq; bosh aylanishi; kollaps (ba’zida tirishish xuruji bilan); holsizlik yoki tananing bir tomonida yoki bir qismida to‘satdan paydo bo‘lgan sezuvchanlikni juda ahamiyatli yo‘qolishi; harakat buzilishlari, qorinda keskin og‘riq kiradi.
Ko‘z qon tomirlarida trombni hosil bo‘lishi belgilariga ko‘rishni tushuntirib bo‘lmaydigan qisman yoki to‘liq yo‘qolishi va har qanday boshqa tushuntirib bo‘lmaydigan uning buzilishlari kiradi.
Hozirgi vaqtgacha venalarning varikoz kengayishi yoki yuza tromboflebitni (venalarni trombni hosil bo‘lishi bilan) venoz tromboemboliya orasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligi aniqlanmagan.
Tug‘magan ayollar Mirena® hech qachon homilador bo‘lmagan yosh ayollar uchun va yosh o‘tgan sari bachadonning o‘lchamlarini kamayishi bilan kechuvchi postmenopauzal davrdagi ayollar uchun birinchi tanlov usuli hisoblanmaydi.
Infektsiyalar O‘tkazgich naychasi, bachadonga yuborish vaqtida Mirenani mikroorganizmlar bilan ifloslanishdan himoya qilishga yordam beradi, Mirenaning o‘tkazgichi esa, infektsiyaning xavfini minimumga yetkazish uchun o‘ziga xos tuzilgan.
Shunga qaramasdan, tizim bachadonga kiritilganidan keyin o‘sha zahotiyoq va keyingi to‘rt oy davomida chanoq a’zolarining infektsiyasini xavfi yuqori bo‘ladi.
Bachadon ichki tizimlarini ishlatuvchi bemorlarda chanoq a’zolarining infektsiyalari, ko‘pincha jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarga kiradi.
Infektsiyaning xavfi, agar ayol yoki uning sherigi bir nechta jinsiy sherikka ega bo‘lsa, oshadi.
Chanoq a’zolarining infektsiyalari aniqlanganida ularni darhol davolash kerak.
Bu infektsiyalar bola tug‘ish qobiliyatini buzishi va kelajakda bachadondan tashqari homiladorlik xavfini oshirishi mumkin.
Chanoq a’zolarining bir necha kun davomidagi davolashga chidamli qaytalanuvchi infektsiyalarida Mirena® olib tashlanishi kerak.
Agar Sizda qorinning pastki qismida og‘riq, isitma, jinsiy aloqa bilan bog‘liq og‘riq yoki g‘ayrioddiy qon ketishi paydo bo‘lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashing.
Agar tashxis qo‘yilgandan so‘ng kuchli og‘riq yoki isitmani ko‘tarilishi davom etsa, Sizda jiddiy infektsiyaning borligini anglatishi mumkin, bunda davolashni zudlik bilan davom ettirish mumkin.
Oligo- va amenoreya Tug‘ruq yoshidagi ayollarda oligo- va amenoreya asta-sekin, Mirenani qo‘llashni birinchi yilining oxiriga kelib, muvofiq ravishda taxminan 57% va 16% holatlarda rivojlanadi.
Agar hayz ko‘rish oxirgi hayz ko‘rish boshlanganidan keyin olti hafta davomida kuzatilmasa, homiladorlikni istisno qilish lozim.
Amenoreyada homiladorlikka takroriy testlar, agar faqat homiladorlikning boshqa belgilari bo‘lmasa, shart emas.
Mirenani doimiy estrogen bilan o‘rinbosar davolash bilan majmuada qo‘llansa, ko‘pchilik ayollarda Mirenani qo‘llashning birinchi yili davomida asta-sekin amenoreya rivojlanadi.
Ekspulsiya (bachadon ichki tizimini tushishi) Hayz ko‘rish vaqtida bachadon mushaklarining qisqarishi bachadon ichki tizimini siljishiga yoki xatto uni bachadondan itarilib chiqib ketishiga olib keladi.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlarga og‘riq va Siz uchun g‘ayritabiiy qon ketishi kiradi.
Agarda Mirena bachadon bo‘shlig‘ida siljisa, uning samaradorligi pasayadi.
Iplarni masalan, Siz dush qabul qilayotganingizda, barmoqlar bilan tekshirish tavsiya qilinadi.
Agarda Siz bachadon ichki tizimini siljishi yoki tushishining belgilarini aniqlasangiz yoki iplarni ushlab ko‘rolmasangiz, jinsiy aloqalardan saqlanish yoki boshqa kontratseptsiya usullarini qo‘llash, shuningdek iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak.
Mirena menstrual qon ketishlarining jadalligini kamaytiradi; ularning jadalligini oshishi tizimni tushib ketganini ko‘rsatadi.
Perforatsiya va penetratsiya Bachadon tanasi yoki bachadon bo‘yini perforatsiyasi yoki penetratsiyasi bachadon ichki kontratseptivi ta’sirida, ayniqsa kontratseptivni kiritish vaqtida kuzatiladi va Mirena preparatining samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Bunday tizim olib tashlanishi kerak.
Bachadon ichki tizimidan foydalangan shaxslarda o‘tkazilgan yirik, prospektiv, qiyosiy nointerventsion kogort tekshiruvlarda (N=61448 ayollar) perforatsiyani rivojlanish chastotasi barcha kogort tekshiruvlarida 1000 ta kiritilgandan 1,3 (ishonchli interval (II) 95% bo‘lganida: 1,1-1,6); Mirena preparatini qo‘llagan tekshiruvlardagi 1000 shaxslarga 1.4 (II 95% bo‘lganida: 1,1-1,8) va misli bachadon ichki tizimini qo‘llagan kogort shaxslarda 1000 kiritilgandan 1,1 (II 95% bo‘lganida: 0,7-1,6) tashkil etgan.
Tadqiqotlar emizikli ayollarga, shuningdek tug‘ruqdan so‘ng 36 haftagacha bo‘lgan muddatda kiritish perforatsiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi (1-jadvalga qarang).
Bu xavf omillari kiritilayotgan bachadon ichki tizimi turiga bog‘liq bo‘lmagan.
1-jadval.
Emizish fakti va tug‘ilgandan boshlab tizim kiritilguncha (tuqqan ayollar) vaqt bo‘yicha strafikatsiyalangan barcha tekshirilayotgan kogortlar uchun 1000 ta kiritilgan ayolda perforatsiyani rivojlanish chastotasi Kiritish vaqtida emizishKiritish vaqtida emizmaslikKiritish < 36 hafta tuqqandan keyin5,6 (II 95% bo‘lganida 3,9–7,9; n=6047 kiritish)1,7 (II 95% bo‘lganida 0,8–3,1; n = 5927 kiritish)Kiritish > 36 hafta tuqqandan keyin1,6 (II 95% bo‘lganida 0,0-9,1; n=608 kiritish)0,7 (II 95% bo‘lganida 0,5–1,1; n = 41910 kiritish) Bachadoni orqaga mustahkam egilgan ayollarda perforatsiya xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.
Perforatsiya va penetratsiya Kamdan-kam hollarda, odatda bachadonga yuborish vaqtida, Mirena bachadon devoriga kirib ketishi (penetratsiya) yoki to‘liq teshishi (perforatsiya, yoki teshilish) mumkin, bu Mirenaning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Bachadon bo‘shlig‘i chegarasidan tashqariga chiqqan bachadon ichki tizimi samarasizdir va u iloji boricha tezroq olib tashlanishi kerak.
Tug‘ruqdan keyin qisqa vaqt o‘tgach BIT ni o‘rnatish vaqtida bachadonning perforatsiyasini xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.
Bachadondan tashqari homiladorlik Mirena ishlatilganida homiladorlik juda ham kam hollarda yuz beradi.
Agarda Siz Mirenani qo‘llash davrida homilador bo‘lib qolsangiz, ehtimol homila bachadondan tashqarida (bachadondan tashqari homiladorlik) bo‘lishi mumkin.
Bachadondan tashqari homiladorlik – darhol shifokor aralashuvini talab qiluvchi og‘ir patologik holatdir.
Bachadondan tashqari homiladorlikni paydo bo‘lish xavfi, ilgari bachadondan tashqari homiladorlik kuzatilgan ayollarda, shuningdek bachadon naychalarida jarrohlik aralashuvi yoki chanoq a’zolarining infektsiyasi bo‘lgan ayollarda yuqori bo‘ladi.
Sizda bachadondan tashqari homiladorlik bo‘lgani va Siz zudlik bilan shifokorga murojaat qilishingiz lozimligi to‘g‘risida quyidagi simptomlar dalolat berishi mumkin: Hayz ko‘rish tsikllarini yo‘qolishi, shundan so‘ng doimiy qon ketishi yoki og‘riq paydo bo‘ladi.Qorinning pastki qismida adashgan yoki juda kuchli og‘riq.Qon ketishi va bosh aylanishini his qilish bilan kechuvchi normal homiladorlik belgilari.
Holsizlik