Mirelretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: telmisartan – 40 mg va 80 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, natriy bikarbonati, meglyumin, laktoza, o‘ta jelatinlangan kraxmal, talk, natriy stearil fumarati, povidon K-30, aerosil, kross povidon, natriy lauril sulfati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

telmisartan

Preparatning savdo nomi:

Mirel

Farmakalogik guruhi:

Antiotenzin II retseptorlarining antagonisti.

Dori shakli:

40 mg va 80 mg dan tabletkalar

oq, dumaloq shakilli, yuzasi silliq, chetlari kesilgan tabletkalar.

Antiotenzin II retseptorlarining antagonisti.

S09SA07

So‘rilishi Ichga qabul qilinganida me’da-ichak yo‘llaridan (MIY) tez so‘riladi. Telmisartanning biokiraolishligi 50% ni tashkil qiladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganida telmisartanning qon plazmasidagi “kontsentratsiya/vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) 6% dan (40 mg dozada) 19% gacha (160 mg dozada) o‘zgaradi. Telmisartan ichga qabul qilingandan 3 soatdan keyin qon plazmasidagi kontsentratsiyasi ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar to‘g‘rilanadi. Erkaklar va ayollarda zardobdagi kontsentratsiyalari orasida farq aniqlanadi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) va (AUC) samaradorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatmasdan erkaklarga nisbatan ayollarda muvofiq ravishda taxminan 3 va 2 marta yuqori bo‘lgan. Taqsimlanishi Qon plazmasi oqsillari, asosan albumin va alfa-1 glikoprotein bilan bog‘lanishi 99,5% ni tashkil qiladi. muvozanat kontsentratsiyasida taxminiy taqsimlanish xajmining o‘rtacha ko‘rsatkichi – 500 l ni tashkil qiladi. Metabolizmi Glyukuron kislotasi bilan kon’yugatsiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Metabolitlari farmakologik faol emas. Chiqarilishi Yarim chiqarilish davri (T1/2) 20 soatdan ortiq. Telmisartan ichga qabul qilingandan keyin o‘zgarmagan ko‘rinishda ichak orqali chiqariladi; buyraklar orqali chiqarilishi – 2% dan kamroq. Umumiy plazmadagi klirensi (Cltot) “jigar” qon oqimiga nisbatan yuqori.

Arterial gipertenziya.Yurak-qon tomir kasalliklari yuqori xavfi bo‘lgan 55 yosh va undan katta patsiyentlarda yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallanish va o‘limni kamaytirishda qo‘llanadi.

Ovqatlanishdan qat’iy nazar, sutkada 1 marta ichga qabul qilinadi.

Kuzatilgan nojo‘ya samaralari doza, patsiyentlarning jinsi, yoshi yoki irqiy mansubligi bilan korrelyatsiya qilmagan. Yurak-qon tomir kasalliklarini profilaktikasi uchun preparatni qo‘llayotgan patsiyentlarda telmisartanning xavfsizligi arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Infektsion va parazitar kasalliklar: tez-tez emas: siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari, shu jumladan tsistit, yuqori nafas yo‘llari infektsiyalari, shu jumladan faringit va sinusit; kam xollarda: sepsis, shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi1. Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: anemiya; kam xollarda: eozinofiliya, trombotsitopeniya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: kam xollarda: anafilaktik reaktsiya, o‘ta yuqori sezuvchanlik. Moddalar almashinuvi va oziqlanishni buzilishlari: tez-tez emas: giperkaliyemiya; kam xollarda: gipoglikemiya (qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda). Ruhiy buzilishlar: tez-tez emas: uyqusizlik, depressiya; kam xollarda: xavotirlik. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: hushdan ketish; kam xollarda: uyquchanlik. Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar: kam xollarda: ko‘rishni buzilishi. Eshitish a’zosi va tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari: tez-tez emas: vertigo. Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: bradikardiya; kam xollarda: taxikardiya. Qon tomirlar tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: arterial bosimni haddan tashqari pasayishi, ortostatik gipotenziya. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: hansirash, yo‘tal; juda kam xollarda: o‘pkaning interstitsial kasalligi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: qorinda og‘riq; diareya, dispepsiya, qorinni dam bo‘lishi, qusish; kam xollarda: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, me’dada diskomfort. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: kam xollarda: jigar faoliyatini buzilishi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: teri qichishishi, teri toshmasi; kam xollarda: angionevrotik shish (shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi), ekzema, eritema, eshakemi, dorili teri toshmasi, toksik teri toshmasi. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: belda og‘riq, mushaklar spazmi, mialgiya; kam xollarda: artralgiya, qo‘l-oyoqlarda og‘riq, paylarda og‘riq (tendinit simptomlari). Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: buyrak faoliyatini buzilishi, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez emas: ko‘krakda og‘riq, asteniya (xolsizlik); kam xollarda: grippsimon simptomlar. Laborator va instrumental ma’lumotlar: tez-tez emas: qon plazmasida kreatinin kontsentratsiyasini oshishi; kam xollarda: gemoglobin kontsentratsiyasini kamayishi, siydik kislotasi kontsentratsiyasini oshishi, “jigar” fermentlarining faolligini oshishi, kreatinfosfokinaza (KFK) faolligini oshishi.

Preparatning faol moddasiga yoki yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik, o‘t chiqarish yo‘llarining obstruktiv kasalliklari, jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha S sinfi), homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas.

Jigar faoliyatini buzilishi Mirel® preparatini xolestaz, o‘t chiqarish yo‘llari obstruktsiyasi yoki jigar faoliyatini og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas, chunki telmisartan asosan safro bilan ichak orqali chiqariladi. Mirel® preparatini jigar faoliyatini yengil yoki o‘rtacha buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A va V sinfi) bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Buyrak faoliyatini buzilishi Mirel® preparatini buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llaganda zardobda kaliyning darajasi va kreatininning kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Yaqinda o‘tkazilgan buyrak transplantatsiyasidan keyin preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q. Gipovolemiya Jadal diuretik davolash, tuzni iste’mol qilishni cheklash, diareya yoki qusish oqibatidagi gipovolemiya va/yoki giponatriyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda simptomatik arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin, ayniqsa Mirel® preparatining birinchi dozasi qabul qilingandan keyin. Davolashni boshlashdan oldin suv-elektrolit muvozanatining buzilishlarini muvofiqlashtirish kerak. Renovaskulyar gipertenziya Buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi bo‘lgan yoki faoliyat ko‘rsatuvchi yagona buyrak arteriyasi stenozi bo‘lgan patsiyentlarda angiotenzin II retseptorlarining antagonistlarini qo‘llaganda yaqqol arterial gipotenziya va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfi oshadi. RAATni ikki tomonlama blokadasi Ayrim patsiyentlarda RAAT susayishi oqibatida, ayniqsa bu tizimga ta’sir etuvchi majmualar qo‘llanilganida buyrak faoliyati buziladi (shu jumladan, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanadi). Shuning uchun bunday RAAT ni ikki tomonlama blokadasi bilan kechuvchi davolash qat’iy shaxsiy ravishda va buyrak faoliyatini sinchkovlik bilan nazorati ostida (shu jumladan, qon zardobida kreatinin kontsentratsiyasi va kaliyning darajasini nazorati ostida) o‘tkazilishi kerak. RAAT ni faollashishi bilan kechuvchi boshqa xolatlar Qon tomirlar tonusi va buyrak faoliyatini RAAT faolligi bilan belgilanadigan patsiyentlarda (masalan, surunkali yurak yetishmovchiligi yoki buyrak kasalligi, shu jumladan ikkala buyrak arteriyasi stenozi yoki yagona buyrak arteriyasi stenozi bo‘lgan patsiyentlar) RAAT ga ta’sir etuvchi dori vositalarini qo‘llash arterial gipotenziya, giperazotemiya, oliguriya va kam xollarda o‘tkir buyrak yetishmovchilini rivojlanishi bilan kechishi mumkin. Birlamchi giperaldosteronizm Birlamchi giperaldosteronizmi bo‘lgan patsiyentlar RAAT ga ta’sir qiluvchi gipotenziv preparatlarga rezistent, shuning uchun bunday patsiyentlarda Mirel® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Aortal va/yoki mitral klapan stenozi, GOKMP Mirel® preparatini aortal va/yoki mitral klapanning gemodinamik ahamiyatli stenozi yoki GOKMP bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Insulin yoki ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar Bunday patsiyentlarda telmisartanni qo‘llaganda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Qonda glyukoza kontsentratsiyasini muntazam nazorat qilish va zarurati bo‘lganida gipoglikemik vositalarning dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi. Giperkaliyemiya RAAT ga ta’sir etuvchi prepaparatlarni qo‘llash giperkaliyemiya chaqirishi mumkin. RAAT ga ta’sir etuvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llashdan oldin foyda/xavf nisbatani baholash kerak. Giperkaliyemiya rivojlanishining xavf omillari: Buyrak yetishmovchiligi, keksa yoshdagi patsiyentlar (70 yoshdan oshgan), qandli diabet;RAAT ga ta’sir etuvchi preparatlarni (masalan, AAF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari) va/yoki kaliy tejovchi diuretiklar (spironolakton, eplerenon, triamteren, amilorid), shuningdek kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi ozuqa tuzini o‘rnini bosuvchi, shuningdek NYAQP (shu jumladan, TsOG-2 selektiv ingibitorlari), geparin, immunosupressiv preparatlar (tsiklosporin yoki takrolimus) va trimetoprimni bir vaqtda qo‘llash;Yondosh holatlar (AYUQX ni kamayishi, dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi, metabolik atsidoz, buyrak faoliyatini yomonlashishi, buyrak kasalligini to‘satdan zo‘rayishi (masalan, infektsion kasalliklar), to‘qima ishemiyasi/nekrozi bilan kechuvchi holatlar (masalan, qo‘l-oyoqlarni o‘tkir ishemiyasi, rabdomioliz, yirik jarohat)). Yuqori xavf guruhiga mansub patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash va qon zardobida kaliyning darajasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Irqiy xususiyatlari Telmisartan (RAAT ga ta’sir etuvchi boshqa preparatlar kabi) ehtimol, arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda giporeninemiyani uchrash tez-tezligi yuqoriroq bo‘lganligi tufayli, boshqa irqlarga nisbatan negroid irqiga mansub patsiyentlarda kamroq darajada antigipertenziv ta’sir ko‘rsatadi. Boshqalar Har qanday antigipertenziv preparatlar bilan bo‘lgandagi kabi YUIK yoki tserebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda arterial bosimni haddan tashqari pasayishi miokard infarkti yoki insult rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlikda Mirel® preparatini qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik rejalashtirilganida yoki u tasdiqlanganida preparatni iloji boricha ertaroq bekor qilish va homiladorlikda qo‘llashning xavfsizlik profili ma’lum bo‘lgan boshqa antigipertenziv davolashni buyurish kerak. Angiotenzin II retseptorlarining antagonistlarini, shu jumladan telmisartanni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni homiladorlikning II va III uch oyliklarida qo‘llash mumkin emas, chunki homiladorlikning II va III uch oyliklarida qo‘llash fetotoksik samaralar (buyrak faoliyatini susayishi, kam suvlik, homilaning bosh suyaklarini suyaklanishini sekinlashishi) va neonatal toksik samaralar (buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, giperkaliyemiya) chaqirishi mumkin. Agar homiladorlikning II va III uch oyliklarida preparat qo‘llangan bo‘lsa, homilaning buyrak va bosh miya suyaklarini ultratovush tekshiruvini o‘tkazish kerak. Telmisartanni ko‘krak suti bilan ajralishi mumkinligi haqidagi ma’lumot yo‘qligi tufayli, preparatni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni bu davrda qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlar: arterial bosimni yaqqol pasayishi, taxikardiya, bradikardiya. Bosh aylanishi, zardobda kreatininning kontsentratsiyasini oshishi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi holatlari ta’riflangan. Davolash: simptomatik davolash. Davolash taktikasi preparat qabul qilingandan keyin o‘tgan vaqt va simptomlarning og‘irlik darajasiga bog‘liq. Quyidagilar tavsiya etiladi: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash. Zardobda elektrolitlar darajasi va qon zardobida kreatininning kontsentratsiyasini muntazam nazorat qilish kerak. Arterial bosim yaqqol pasayganida bemorni oyoqlarini yuqoriga qaratgan holda “yotgan” holatga o‘tkazish kerak; so‘ngra yurak-qon tomir va nafas tizimi faoliyatini, AYUQX ni (vena ichiga natriy xloridining 0,9%li eritmasini yuborish) tutib turishga qaratilgan choralarni amalga oshirish va sutkalik diurezni nazorat qilish kerak. Gemodializ samarasiz.

Retsept bo‘yicha

7, 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramlarda. 1, 2, 3, 4 ta kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.