Milgamma kompozitum rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 draje quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 100 mg benfotiamin, 100 mg piridoksin gidroxloridi; yordamchi moddalar: draje yardosining tarkibi: mikrokristallik tsellyuloza – 222,0 mg, povidon (K qiymati = 30) – 8,0 mg, omega-3 triglitseridlari (20%) – 5,0 mg, kolloid kremniy dioksidi – 7,0 mg, natriy karmelloza – 3,0 mg, talk – 5,0 mg; qobiqning tarkibi: shellak – 3,0 mg, saxaroza – 92,399 mg, kaltsiy karbonati – 91,675 mg, talk – 55,130 mg, akatsiya kamedi – 14,144 mg, makkajo‘xori kraxmali – 10,230 mg, titan dioksidi – 14,362 mg, kolloid kremniy dioksidi – 6,138 mg, povidon (K qiymati =30) – 7,865 mg, makrogol-6000 – 2,023 mg, glitserol 85% – 2,865 mg, polisorbat-80 – 0,169 mg, tog‘ glikol mumi – 0,120 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

benfotiamin + piridoksin

Preparatning savdo nomi:

Milgamma kompozitum

Farmakalogik guruhi:

vitaminlar

Dori shakli:

draje

dumaloq, ikki tomoni qavariq, oq rangli draje.

vitaminlar

Ichga qabul qilinganidan keyin benfotiaminning katta qismi o‘n ikki barmoq ichakda, kamrog‘i – ingichka ichakning yuqori va o‘rta sohalarida so‘riladi. Benfotiamin ≤2 mkmol kontsentratsiyalarda faol rezorbtsiya va ≥2 mkmol kontsentratsiyalarda passiv diffuziya hisobiga so‘riladi. Tiaminning (V1 vitamini) yog‘da eruvchi hosilasi hisoblanib, benfotiamin suvda eruvchan tiamin gidroxloridiga nisbatan tez va to‘liqroq so‘riladi. Ichakda fosfatazalar yordamida fosforsizlanib, S-benzoiltiaminga aylanadi. S-benzoiltiamin yog‘da eruvchan bo‘lib, yuqori singish qobiliyatiga ega bo‘lib va asosan tiaminga aylanmasdan so‘riladi. So‘rilgandan keyin fermentativ debenzoillanish hisobiga, tiamin va tiamin difosfat va tiamin trifosfatning biologik faol kofermentlari hosil bo‘ladi. Ushbu kofermentlarining ayniqsa yuqori miqdorlari qon, jigar, buyrak, mushak va bosh miyada kuzatiladi. Piridoksin (V6 vitamini) va uning hosilalari asosan passiv diffuziya jarayonida me’da-ichak yo‘llarining yuqori sohalarida so‘riladi. Qon zardobida piridoksalfosfat va piridoksal albumin bilan bog‘lanadi. Xujayra membranasi orqali o‘tishdan oldin albumin bilan bog‘langan piridoksalfosfat ishqoriy fosfataza yordamida gidrolizlanadi va piridoksalni hosil qiladi. Ikkala vitamin asosan siydik bilan chiqariladi. Tiaminning taxminan 50% o‘zgarmagan holda yoki sulfat shaklida chiqariladi. Qolgan qismini bir necha metabolitlar tashkil qiladi, ular orasida tiamin kislotasi, metiltiazo-sirka kislotasi va piramin tafovut qilinadi. Benfotiaminni qondan o‘rtacha yarim chiqarilish davri (T½) 3,6 soatni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganda piridoksinni yarim chiqarilish davri taxminan 2-5 soatni tashkil qiladi. Tiamin va piridoksinni biologik yarim chiqarilish davri taxminan 2 haftani tashkil qiladi.

V1 va V6 vitaminlari tanqisligi tasdiqlangan nevrologik kasalliklarda qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Milgamma® kompozitum drajesini ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan ichish kerak. Agar shifokor tomonidan boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, patsiyent sutkada 1 martadan qabul qilish kerak. O‘tkir holatlarda shifokor ko‘rigidan keyin doza 1 drajedan 3 martagacha oshirilishi mumkin. 4 hafta davolashdan keyin shifokor preparatini yuqori dozada qabul qilishni davom ettirish lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi va B6 va B1 vitaminlarining yuqori dozalarini sutkada 1 drajegacha kamaytirish imkonini ko‘rib chiqishi kerak. B6 vitaminini qo‘llash bilan bog‘liq neyropatiya rivojlanishi xavfini kamaytirish maqsadida iloji boricha preparatni dozasini 1 drajegacha kamaytirish kerak.

Nojo‘ya samaralarining tez-tezligi quyidagi tartibda taqsimlangan: juda tez (10% ko‘p hollarda), tez-tez (1% – 10% hollarda), tez-tez emas (0,1% – 1% hollarda), kam hollarda (0,01% – 0,1% hollarda), juda kam hollarda (0,01% kam hollarda), shuningdek tez-tezligi noma’lum nojo‘ya samaralari.

Tiamin, benfotiamin, piridoksin yoki preparatning boshqa komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va emizish davri (“Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi” bo‘limiga qarang). Dekompensatsiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi. Ma’lumotlar yo‘qligi sababli bolalarda qo‘llash mumkin emas. Har bir draje 92,4 mg saxaroza saqlaydi. Shuning uchun preparatni fruktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza va galaktozani kam so‘rilishi sindromi yoki glyukozo-izomaltoza tanqisligi bo‘lgan shaxslarda qo‘llash mumkin emas. Agar Sizda sanab o‘tilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, preparat qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Piridoksin (V6 vitamini) terapevtik dozalarda levodopaning samarasini pasaytirishi mumkin. Piridoksin antagonistlarini (masalan, gidralazin, izoniazid, penitsillamin, tsikloserin) bir vaqtda qo‘llash, alkogol qabul qilish va estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlarni uzoq muddat qabul qilish organizmda V6 vitaminining yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Ftoruratsil bilan bir vaqtda qabul qilinganda, tiaminni (V1 vitamini) faolsizlanishi kuzatiladi, chunki ftoruratsil tiaminni tiamin difosfatgacha fosforlanishini raqobatli susaytiradi.

Preparat sutkada 100 mg dozada 6 oydan uzoqroq qo‘llanganda sensor periferik neyropatiya rivojlanishi mumkin. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Transport vositalarini haydovchilari va potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslarga nisbatan hech qanday ogohlantirishlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari. Keng terapevtik diapazonni hisobga olib, benfotiamin ichga qabul qilinganida dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam. Qisqa vaqt oralig‘ida (sutkada 1 g dan ortiq dozada) piridoksin (V6 vitamini) ni yuqori dozalarini qabul qilishni qisqa muddatli neyrotoksik samaralarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Preparatni 6 oy davomida sutkada 100 mg dozada qo‘llanganda, shuningdek neyropatiya rivojlanishi mumkin. Dozani oshirib yuborilish, odatda ataksiya bilan kechishi mumkin bo‘lgan sensor polineyropatiya rivojlanishi shaklida namoyon bo‘ladi. Preparatni o‘ta yuqori dozalarda qabul qilish konvulsiyalarga (tutqanoq xurujlariga) olib kelishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklarga preparat kuchli sedativ ta’sir ko‘rsatishi, gipotoniya va nafas buzilishlarini (dispnoe, apnoe) chaqirishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishini davolash. Piridoksinni tana vazniga 150 mg/kg dan ortiq dozada qabul qilinganda qusishni chaqirish va faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish tavsiya qilinadi. Qusishni chaqirish preparat qabul qilingandan keyin birinchi 30 minut davomida samaraliroqdir. Shoshilinch choralarni ko‘rish talab qilinishi mumkin.

Retseptsiz

15 drajedan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali o‘ramda (blisterda). 2 yoki 4 blister (har birida 15 drajedan) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

5 yil.