Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta’sirlar a’zolar tizimining guruhlari va MedDRA bo‘yicha uchrash tez-tezligiga muvofiq tasniflangan: tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez: allergik reaktsiyalar* Kam hollarda: sezuvchanldikni oshishi, allergik dermatit, eshakemi, angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiyalar.
Ruhiy tomondan buzilishlar Kam hollarda: qo‘zg‘alish, qo‘rquv hissi, shilqimlik, uyquni buzilishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez: bosh og‘rig‘i*.
Kam hollarda: et uvishishi, tremor, gipesteziya, quloqlarni shang‘illashi, bosh aylanishi, yurishni buzilishi, hushdan ketishdan oldingi holat, hushdan ketish.
Yurak funktsiyasini buzilishi Kam hollarda: qon bosimini oshishi/pasayishi, gipertenziv kriz, giperemiya, rangparlik.
Nafas olish tizimi tomonidan buzilishlar, ko‘krak va ko‘ks oralig‘i kasalliklari Kam hollarda: tomoqni yallig‘lanishi, yo‘tal, dispnoe, apnoe.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez: dispepsiya*.
Kam hollarda: disgevziya (og‘izda metall ta’mi), ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, gaz to‘planishi, diareya, qorinda og‘riqlar.
Teri va teri osti yog‘ to‘qimalari tomonidan buzilishlar Kam hollarda: toshmalar, umumiy/makulyoz/papulyoz toshmalar, qichishish.
Suyak-mushak va unga yondosh tizim tomonidan buzilishlar Kam hollarda: belda og‘riqlar, mushakni bo‘shashishi, mushak spazmlari.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Kam hollarda: pollakiuriya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaktsiyalar Kam hollarda: umumiy holsizlik, qaqshash, asteniya, shish, yuzni shishi, oyoqni shishi, qizib ketish hissi, sovuq qotish hissi, sovuq ter chiqishi.
Tekshirishlar Kam hollarda: elektrokardiogrammada (EKG) siljishlar, yurak ishlashini tezlashishi, eozinofiliya*.
* Erta o‘tkazilgan nazorat qilib bo‘lmaydigan klinik tajribalarda kuzatilgan nojo‘ya samaralar Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur.