MILDRONATretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 250 mg meldoniy digidrati; yordamchi moddalar: quritilgan kartoshka kraxmali, kremniy dioksidi, kaltsiy stearati. Kapsula (korpusi va qopqog‘i): titan dioksidi (Ye 171), jelatin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

meldoniy (meldonium)

Preparatning savdo nomi:

MILDRONAT

Farmakalogik guruhi:

yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.

Dori shakli:

kapsulalar

oq rangli, qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – kuchsiz hidli oq kristall kukun. Kukun gidroskopik xususiyatga ega.

yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.

C01EB22.

So‘rilishi Bir martalik peroral dozadan keyin qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) 2,23-2,43 mkg/ml ni, takroriy dozalar qo‘llanilganidan keyin esa 2,77 mkg/ml ni tashkil etadi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti (tmax) 1-3 soatni tashkil etadi. Peroral yuborilganida biokiraolishligi 78% ni tashkil etadi. Ovqat ushbu dori vositasini so‘rilishini biroz sekinlashtiradi. Taqsimlanishi Meldoniy qon oqimidan to‘qimalarda tezda tarqaladi. Taqsimlanish hajmi 88,07±8,56 l ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish 78% ni tashkil etadi. Meldoniy va uning metabolitlari yo‘ldosh to‘sig‘i orqali qisman o‘tadi. Biotransformatsiyasi Eksperimental hayvonlarda metabolizmni o‘rganish yuzasidan tadqiqotlarda meldoniyni asosan jigarda metabolizmga uchrashi aniqlangan. Chiqarilishi Meldoniy va uning metabolitlarini organizmdan chiqarilishida buyrak orqali ekskretsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bir martalik doza peroral qabul qilinganidan keyin meldoniyning organizmdan erta chiqarilishining yarim davri (t1/2) taxminan 3,5-4,0 soatni tashkil etadi. Takroriy dozalar qo‘llanganida meldoniyni yarim chiqarilish davri farqlanadi. Ushbu natijalar meldoniyni qon plazmasida to‘planishi mumkinligidan dalolat beradi.

Quyidagi kasalliklarni majmuaviy davolash uchun qo‘llaniladi: yurak ishemik kasalligi (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligi va disgormonal kardiomiopatiya, shuningdek bosh miyani qon bilan ta’minlanishini o‘tkir va surunkali buzilishlarini (bosh miya insulti va tserebrovaskulyar yetishmovchilikni) majmuaviy davolashda;gemoftalm va ko‘zning shox pardasiga turli etiologiyadagi qon quyilishlari, ko‘zning shox pardasi markaziy venasi va uning shoxlarini trombozi, turli etiologiyali (diabetik, gipertonik) retinopatiyalar;ish qobiliyatini pasayishi; jismoniy zo‘riqishlar, shu jumladan sportchilardagi zo‘riqishlar;surunkali alkogolizmda abstinentsiya sindromi (alkogolizmni spetsifik davolash bilan majmuada);bronxial astma va surunkali obstruktiv bronxitda (immunomodulyator sifatida majmuaviy davolashda) qo‘llanadi.

Qo‘zg‘atuvchi samarasini rivojlanishi ehtimolini nazarda tutib, kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya etiladi.

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta’sirlar a’zolar tizimining guruhlari va MedDRA bo‘yicha uchrash tez-tezligiga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida aniqlash mumkin emas). Immun tizimi tomonidan buzilishlar Kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan allergik dermatit, eshakemi, angionevrotik shish. Juda kam hollarda: anafilaktik shok. Ruhiy buzilishlar Kam hollarda: qo‘zg‘alish, qo‘rquv hissi, shilqimlik, uyquni buzilishi. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez: bosh og‘riqlari. Kam hollarda: paresteziyalar, et uvishishi, gipesteziya, quloqlarni shang‘illashi, bosh aylanishi, yurishni buzilishi, hushdan ketishdan oldingi holat, hushdan ketish. Yurak tomonidan buzilishlar Kam hollarda: yurakni tez urib ketishi, taxikardiya/sinusli taxikardiya, yurak bo‘lmachalarining fibrillyatsiyasi, aritmiya, ko‘krakda diskomfort/ko‘krakda og‘riqlar. Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar Kam hollarda: qon bosimini oshishi/pasayishi, gipertenziv kriz, giperemiya, teri qoplamalarini oqarishi. Nafas olish tizimi tomonidan buzilishlar, ko‘krak va ko‘ks oralig‘i kasalliklari Kam hollarda: tomoqni yallig‘lanishi, yo‘tal, dispnoe, apnoe. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez: dispepsiya. Kam hollarda: disgevziya (og‘izda metall ta’mi), ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya, qorinda og‘riqlar, og‘izni qurishi yoki gipersalivatsiya. Metabolizmni buzilishlari Tez-tez: dislipidemiya, S-reaktiv oqsil miqdorini oshishi. Teri va teri osti yog‘ to‘qimalari tomonidan buzilishlar Kam hollarda: toshmalar, umumiy/makulyoz/papulyoz toshmalar, qichishish. Suyak-mushak va unga yondosh tizim tomonidan buzilishlar Kam hollarda: belda og‘riqlar, mushakni bo‘shashishi, mushak spazmlari. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Kam hollarda: pollakiuriya. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaktsiyalar Kam hollarda: umumiy holsizlik, et uvishishi, asteniya, shish, yuzni shishi, oyoqni shishi, qizib ketish hissi, gipertermiya, sovuq qotish hissi, sovuq ter chiqishi, yuborish joyida reaktsiyalar, shu jumladan yuborilgan joyda og‘riq. Tekshirishlar Kam hollarda: elektrokardiogrammada (EKG) siljishlar, eozinofiliya.

Meldoniyga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik. Bosh miya ichki bosimini oshishi (venada qon o‘tishi buzilganida, bosh miya ichi o‘smalarida). Buyrak va jigar yetishmovchiligi (qo‘llash xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetarli emas). Homiladorlik, laktatsiya davri. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (qo‘llash xavfsizligi tekshirib ko‘rilmagan).

Meldoniyni uzoq ta’sirga ega bo‘lgan nitratlar va boshqa antianginal vositalar (stabil zo‘riqish stenokardiyasida), yurak glikozidlari hamda diuretik preparatlar (yurak yetishmovchiligida) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin. Meldoniyni shuningdek antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin. Meldoniy glitseriltrinitrat, nifedipin preparatlari, beta adrenoblokatorlar, boshqa gipotenziv vositalar va periferik vazodilatorlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkinligini nazarda tutish kerak. Sorbifer va meldoniyni temir tanqisligi oqibatidagi anemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda bir vaqtda qo‘llanishi natijasida qizil qon tanachalarida yog‘ kislotalarining tarkibi yaxshilangan. Ishemiya/reperfuziya oqibatida yuz bergan shikastlanishlarni bartaraf qilish uchun meldoniyni orotat kislotasi bilan majmuada qo‘llanilganida qo‘shimcha farmakologik samara kuzatiladi. Meldoniy yurakda azidotimidin (AZT) chaqirgan patologik o‘zgarishlarni bartaraf qilishga yordam beradi va, mitoxondriyalarni disfunktsiyasiga olib keluvchi AZT chaqirgan oksidlanish stressi reaktsiyalariga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Meldoniyni azidotimidin yoki OITS ni davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada qo‘llash orttirilgan immun tanqislik (OITS) ni davolashda ijobiy ta’sirga ega. Etanol chaqirgan muvozanat refleksini yo‘qolishi yuzasidan o‘tkazilgan testda meldoniy uyquni davomiyligini kamaytirgan. Pentilentetrazol tomonidan chaqirilgan mushak tirishishlari vaqtida meldoniyni mushak tirishishlariga qarshi yaqqol ifodalangan ta’siri aniqlangan. O‘z navbatida, meldoniy bilan davolashdan oldin α2 adrenoblokatorini, yoximbinni 2 mg/kg dozada va azot oksidi sintazasi (AOS) ingibitori N-(G)-nitro-L-argininni 10 mg/kg dozada qo‘llanilganida meldoniyning mushak tirishishlariga qarshi ta’siri to‘liq bloklanadi. Meldoniyning dozasini oshirib yuborilishi tsiklofosfamid keltirib chiqargan kardiotoksiklikni kuchaytirishi mumkin. Meldoniy qo‘llanilganida hosil bo‘ladigan karnitin tanqisligi ifosfamid keltirib chiqargan kardiotoksiklikni kuchaytirishi mumkin. Indinavir keltirib chiqargan kardiotoksiklik va efavirenz keltirib chiqargan neyrotoksiklik yuzaga kelgan taqdirda meldoniy himoyalovchi ta’sirini ko‘rsatadi. 500 mg meldoniy kapsulalarini tarkibida meldoniy saqlaydigan boshqa preparatlar bilan birgalikda qo‘llash mumkin emas, chunki nojo‘ya ta’sirlarning namoyon bo‘lish xavfi oshishi mumkin.

Jigar va buyrakning surunkali kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar preparat uzoq muddat qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya etishlari kerak. Meldoniyni bolalarda qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli emas. Kardiologiya bo‘limlarida o‘tkir miokard infarkti va nostabil stenokardiyani ko‘p yillik davolash tajribasi meldoniy o‘tkir koronar sindromida birinchi qator preparati bo‘lib hisoblanmasligini ko‘rsatadi.

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan. Homilaga nojo‘ya ta’siridan saqlanish uchun homiladorlik vaqtida preparatni buyurilmaydi. Meldoniyni onaning ko‘krak sutiga ajralib chiqishi tufayli, preparatni laktatsiya davrida qo‘llanganda emizish to‘xtatilishi kerak.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Namlikdan himoya qilish uchun original o‘ramida saqlansin.

Meldoniyning dozasini oshirib yuborilgan holatlar to‘g‘risida xabar berilmagan. Preparat kam zaharli va xavf soluvchi nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarmaydi. Simptomlari: arterial qon bosimi past bo‘lganida bosh og‘riqlari, bosh aylanishi, taxikardiya, umumiy holsizlik yuz berishi mumkin. Davolash: simptomatik. Dozani oshirib yuborilishining og‘ir holatlarida jigar va buyrak funktsiyasini nazorat qilish lozim. Meldoniyni oqsillar bilan yaqqol bog‘lanishi tufayli meldoniyning dozasi oshirib yuborilganida gemodializ sezilarli ahamiyatga ega emas.

Retsept bo‘yicha

10 kapsuladan polivinilidenxlorid qoplamali polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 4 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

4 yil.