Mikstard 30 Penfillretsept bilan

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi Faol modda: gen-injeneriya yo‘li bilan olingan odam insulini 3,50 mg (100 TB)1, Yordamchi moddalar: rux (rux xloridi ko‘rinishida) glitserin, fenol, metakrezol, natriy gidrofosfat digidrati, protamin sulfati, xlorid kislotasining 2M eritmasi, natriy gidroksidning 2M eritmasi rN 7,3 bo‘lgunicha, inyektsiya uchun suv. 1Preparat 30% eruvchan odam insulini va 70% izofan – insulin saqlaydi.

Preparatning savdo nomi:

Mikstard® 30 Penfill®

Farmakalogik guruhi:

Qandli diabetni davolash uchun vositalar. Insulinlar va o‘rtacha ta’sirga ega bo‘lgan analoglari tez ta’sir etuvchi insulin bilan majmuada.

Dori shakli:

teri ostiga inyektsiya qilish uchun suspenziya, 100 XB/ml

oq rangli suvli suspenziya, tinch turganda rangsiz yoki deyarli rangsiz cho‘kma ustidagi suyuqlik va oq cho‘kma qatlamlarini hosil qiladi. Biroz chayqatilganda, cho‘kma osongina qayta suspenziyaga aylanadi.

Qandli diabetni davolash uchun vositalar. Insulinlar va o‘rtacha ta’sirga ega bo‘lgan analoglari tez ta’sir etuvchi insulin bilan majmuada.

A10AD01

Insulin preparatlarining ta’sir etish davomiyligi asosan bir necha omillarga (masalan, insulinning dozasi, yuborish joyi va usuli, teri osti yog‘ qatlamining qalinligi va qandli diabetning turiga) bog‘liq bo‘lgan so‘rilish tezligi bilan boshlanadi. Shuning uchun insulinning farmakokinetik parametrlari turli inter va intra individual o‘zgarishlarga uchraydi. So‘rilishi Insulinning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) teri ostiga yuborilgandan keyin 1,5-2,5 soat davomida erishiladi. Taqsimlanishi Plazma oqsillari bilan, insulinga qarshi antitelolardan tashqari (ular bor bo‘lsa), yaqqol bog‘lanishi deyarli ro‘y bermaydi. Metabolizmi Odam insulini insulin proteazasi yoki insulinni parchalaydigan fermentlar, shuningdek protein-disulfid-izomeraza ta’sirida ham parchalanadi. Odam insulini molekulasida bir nechta parchalanish (gidroliz) sohalari mavjud deb taxmin qilinadi; lekin parchalanish natijasida hosil bo‘lgan metabolitlarning birontasi faol emas. Chiqarilishi Yarim chiqarilish davri (T1/2) teri osti to‘qimalaridan so‘rilishi bo‘yicha aniqlanadi. Shunday qilib, T1/2 insulinni plazmadan chiqarilish ko‘rsatkichi bo‘lmay (insulining qondagi T1/2 davri hammasi bo‘lib bir necha minutga teng), balki so‘rilish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Tadqiqotlar preparatning T1/2 taxminan 5-10 soatlarni tashkil etishini ko‘rsatdi.

– qandli diabetni davolash.

Insulining majmuaviy preparatlari odatda tez yoki uzoq davom etuvchi samaraga erishish kerak bo‘lganida kuniga bir yoki ikki marta yuboriladi. Preparatning dozasi patsiyentning ehtiyojini hisobga olib, shaxsiy ravishda tanlanadi. Odatda insulinga bo‘lgan ehtiyoj sutkada 0,3 dan 1 XB/kg gachani tashkil qiladi. Insulinga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj insulinga rezistent bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, jinsiy balog‘atga yetish davrida, shuningdek semiz patsiyentlarda) yuqori va insulinni endogen qoldiq hosil bo‘lishi bo‘lgan patsiyentlarda esa past bo‘lishi mumkin. Agar qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda glikemiyaning optimal nazoratiga erishilsa, u holda diabetning asorati ularda odatda kechroq namoyon bo‘ladi. Shu boisdan, metabolik nazoratni uyg‘unlashtirishga harakat qilish kerak, xususan qondagi glyukoza darajasini sinchkov monitoringini o‘tkazish kerak. Preparat ovqat qabul qilishdan yoki uglevodlar saqlovchi yengil tamaddi qilishdan 30 minut oldin yuboriladi. Qo‘llash usuli Preparat teri ostiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Insulin suspenziyasini vena ichiga yuborish umuman mumkin emas. Mikstard® 30 Penfill® odatda teri ostiga, son sohasiga teri ostiga yuboriladi. Agar qulay bo‘lsa, inyektsiyalarni shuningdek dumba sohasiga yoki yelkaning deltasimon mushagi sohasiga ham (teri ostiga) qilish mumkin. Preparat qorinning oldingi devori sohasiga yuborilganda, boshqa sohalarga yuborilganiga qaraganda tezroq so‘riladi. Inyektsiyani teri burmasiga qilinishi mushakka tushish xavfini kamaytiradi. Lipodistrofiyani rivojlanish xavfini oldini olish uchun, inyektsiya joyini anatomik soha chegarasida o‘zgartirish kerak. Mikstard® 30 Penfill® ni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini patsiyentlarga berish kerak. Mikstard® 30 Penfill® preparatini qo‘llashdan oldin: Insulinni turi to‘g‘ri tanlanganligiga ishonch hosil qilish uchun o‘ramni tekshiringHar doim kartridjni, shu jumladan rezinali porshenni ham tekshiring. Agar qandaydir shikastlar aniqlansa, yoki kauchukli porshen va markirovkali oq tasma orasida ochiq joy aniqlansa, bunday kartridjni ishlatish mumkin emas. Keyingi ko‘rsatmalar bo‘yicha insulinni yuborish uchun tizimni ishlatilishi bo‘yicha yo‘riqnomaga murojaat qiling.Infektsiya yuqishini oldini olish uchun xar bir inyektsiya uchun doimo yangi igna ishlating.Paxtali tampon yordamida rezinali membranani dizenfektsiya qiling. Mikstard® 30 Penfill® preparatini quyidagi hollarda ishlatish mumkin emas: Insulin nasoslarida (pompalarida)Agar kartridj yoki insulinni yuborish uchun moslamadan suyuqlik oqsa, yoki agar ularda shikastlar bo‘lsa, yoki ezilgan bo‘lsa, chunki bu hollarda insulinni oqib ketish xavfi borAgar gipoglikemiya (qonda qand miqdori kamayishi) boshlanayotgan bo‘lsa.Agar insulin noto‘g‘ri saqlangan bo‘lsa, yoki agar u muzlatilgan bo‘lsa.Qayta suspenziya holatiga keltirilganidan keyin insulin bir xil oq va loyqa bo‘lmasa. Mikstard® 30 Penfill® ni ishlatishdan oldin: Insulinning turi to‘g‘ri tanlab ishlatayotganingizga ishonch hosil qilish uchun, etiketkadagi yozuvni tekshiring.Himoya qalpog‘ining yechingMikstard® 30 Penfill® ignalari faqat individual ishlatishga mo‘ljallangan Mikstard® 30 Penfill® ni qanday qo‘llanadi Mikstard® 30 Penfill® preparatini teri ostiga yuborishga mo‘ljallangan. Hech qachon insulinni vena ichiga yoki mushak ichiga yubormang. Inyektsiya joyida qattiqlashish va yiriglashning xavfini oldini olish uchun inyektsiya joyini anatomik soha chegarasida doimo o‘zgartiring. Inyektsiya uchun dumba, sonning old yuzasi va yelka eng yaxshi joylar hisoblanadi. Inyektsiya qilish texnikasi Insulinni qanday yuborish to‘g‘risida patsiyent uchun yo‘riqnoma Penfill® kartridjini insulinni yuborish uchun tizimiga o‘rnatishdan oldin kartridj ichidagi shisha sharcha kartridjning bir tomonidan ikkinchisigacha kamida 20 marta siljishi uchun kartridjni rasmda ko‘rsatilganidek a va b holatlar orasida kamida 10 marta chayqating. Har bir inyektsiyani bajarishdan oldin kamida 10 ta xuddi shunday xarakatni amalga oshirish kerak. Ushbu manipulyatsiyani suyuqlik bir tekis oq va xira bo‘lmagunicha qaytarish kerak. O‘sha zahoti inyektsiya qilish kerak. Bir meyorda aralashtirilgandan keyin kartridjda kamida 12 birlik insulin qolganligini tekshiring. Agar kartridjda 12 birlikdan kam qolgan bo‘lsa, u holda yangi Mikstard® 30 Penfill® ni ishlatish kerak. Patsiyentga insulinni teri ostiga yuborish texnikasini tushuntiring Insulin teri ostiga yuboriladi. Buning uchun “Insulinni yuborish uchun tizimni (shprits-ruchka) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ta’riflangan usul qo‘llanadi.Igna teri ostida kamida 6 sekund qoldirilishi kerak, bu dozani to‘liq yuborilganligini kafolatlaydi.Har bir inyektsiyadan keyin ignani shprits-ruchkadan yechish kerak. Aks holda suyuqlik shprits-ruchka kartridjidan oqib chiqishi mumkin, bu preparatning kontsentratsiyasini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Penfill® kartridjlari NovoNordisk insulin dozatorlari va NovoFayn® va NovoTvist® ignalari bilan birga ishlatishga mo‘ljallangan. Dozani korrektsiyalash Yondosh kasalliklar, ayniqsa isitma bilan kechuvchi yuqumli kasalliklar odatda, organizmning insulinga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Preparatning dozasini korrektsiyasi, shuningdek patsiyentda yondosh buyrak, jigar kasalliklari bo‘lganda, buyrak usti bezi, gipofiz yoki qalqonsimon bezi faoliyati buzilganda ham talab etilishi mumkin. Dozani korrektsiya qilish zarurati jismoniy zarurati yuklama o‘zgarganda yoki patsiyentning odatdagi ovqatlanish tartibi o‘zgarganda ham tug‘ilishi mumkin. Bemorni bir insulin turidan boshqa turiga o‘tkazilganda ham dozani korrektsiya qilish talab etilishi mumkin.

Mikstard® 30 Penfill® preparati bilan davolashda patsiyentlarda kuzatilgan nojo‘ya ta’sirlar, asosan dozaga bog‘liq bo‘lib, insulinning farmakologik ta’siri bilan belgilanadi. Quyida klinik sinovlar vaqtida Mikstard® 30 Penfill® preparatini qo‘llash bilan bog‘liq deb hisoblangan nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligining ko‘rsatkichlari keltirilgan. Nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligi quyidagicha belgilangan: tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100); juda kam (<1/10000), alohida spontan xolatlar. Eng ko‘p – gipoglikemiya Gipoglikemiya insulinning dozasi unga bo‘lgan ehtiyojdan ancha yuqori bo‘lgan xollarda rivojlanadi. Og‘ir gipoglikemiyada hushni yo‘qotish xollari va/yoki tirishish, bosh miya faoliyatini vaqtincha yoki doimiy buzilishi va o‘lim yuz berishi mumkin. – immun tizimi tomonidan o‘zgarishlar Tez-tez emas – eshakemi, toshma – diabetik retinopatiya Agar uzoq vaqt davomida glikemiyani adekvat nazorati ta’minlansa, unda diabetik retinopatiya rivojlanish xavfi kamayadi. Biroq, glikemiya nazoratini yaxshi yo‘lga qo‘yib, insulinoterapiya jadal olib borilsa, diabetik retinopatiyani vaqtincha rivojlanishiga olib kelishi mumkin. – teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar – lipodistrofiya Lipodistorofiya tananing ma’lum qismida inyektsiya joyini doimo o‘zgartirib turilmagan hollarda, inyektsiya o‘tkazilayotgan joyda rivojlanishi mumkin. – inyektsiya joyida mahalliy reaktsiyalar (terini qizarishi, shish, qichishish, og‘riq, gematoma hosil bo‘lishi) kuzatilishi mumkin. Biroq ko‘pchilik hollarda bu reaktsiyalar o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lib, davolash jarayonida o‘tib ketadi. – shish Shish odatda insulinoterapiyaning boshlang‘ich bosqichida qayd etiladi. Bu simptomlar odatda vaqtinchalik xarakterga ega. – periferik neyropatiya Agar qonda glyukoza darajasining nazoratini yaxshilanishiga tez erishilgan bo‘lsa, “o‘tkir og‘riqli neyropatiya” deb ataluvchi xolat yuzaga keladi, odatda bu holat qaytuvchandir. Juda kam – anafilaktik reaktsiyalar Butun tananing o‘ta yuqori sezuvchanligi simptomida butun tana bo‘yicha toshma, qichishish, terlash, me’da-ichak yo‘llari a’zolari tomonidan o‘zgarishlar, angionevrotik shish, nafasni qiyinlashishi, yurak urishi, qon bosimining pasayishi, xushdan ketish xollari bo‘lishi mumkin. Yoyilgan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin. – refraktsiyani buzilishi Refraktsiya anomaliyalari odatda insulinoterapiyaning boshlang‘ich davrida aniqlanadi. Ushbu simptomlar odatda vaqtincha hisoblanadi.

Insulinga bo‘lgan ehtiyojiga ta’sir qiluvchi qator dori vositalari mavjud. Insulining gipoglikemik ta’sirini peroral gipoglikemik vositalar, monoaminooksidaza ingibitorlari, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari, karboangidraza ingibitorlari, noselektiv β-adrenoblokatorlar, bromokriptin, sulfonamidlar, anabolik steroidlar, tetratsiklinlar, klofibrat, ketokonazol, memendazol, piridoksin, teofillin, tsiklofosfamid, fenfluramin, litiy preparatlari, etanol saqlovchi preparatlar kuchaytiradi. Insulining gipoglikemik ta’sirini peroral kontratseptivlar, glyukokortikosteroidlar, tireoid gormonlar, tiazid diuretiklar, geparin, tritsiklik antidepressanlar, simpatomimetiklar, dinazol, klonidin, kaltsiy kanallarining blokatorlari, diazoksid, morfin, fenitoin, nikotin susaytiradi. Rezerpin va salitsilatlar preparatning ta’sirini susaytirishi ham, kuchaytirishi ham mumkin. Beta-blokatorlar gipoglikemiya simptomlarini niqoblashi va gipoglikemiyani yo‘qotishni qiyinlashtirishi mumkin. Oktreotid/lanreotid insulinga ehtiyojni kamaytirishi, shuningdek oshirishi ham mumkin. Alkogol insulinning gipoglikemik ta’sirini kuchaytirishi va uzaytirishi mumkin. Tiazolidin guruhi preparatlari va insulin preparatlarini bir vaqtda qo‘llanishi Patsiyentlarni davolashda tiazolidindionlarni insulin preparatlari bilan majmuada qo‘llanganda, ayniqsa bunday bemorlarda dimlangan yurak yetishmovchiligi rivojlanish xavf omillari mavjud bo‘lganda, dimlangan yurak yetishmovchiligini rivojlanish hollari xabar berilgan. Bemorlarga tiozolidindionlar va insulin preparatlari bilan majmuaviy davolashni tavsiya etishda ushbu faktni hisobga olish kerak. Bunday majmuaviy davolash buyurilganda, bemorlarda yurak yetishmovchiligini aniqlash, tana vaznini oshishi va shishlarni aniqlashga yo‘naltirilgan tibbiy tekshirishlar olib borish kerak. Bemorlarda yurak yetishmovchiligi simptomatikasini yomonlashishi yuz berganida, tiazolidionlar bilan davolash to‘xtatilishi kerak. Nomutanosiblik Insulin suspenziyalarini  infuziya uchun eritmalarga qo‘shish mumkin emas.

Xolodilnikda 2oS dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda (muzlatkich kamerasiga yaqin bo‘lmagan holda) saqlsh kerak. Muzlatilmasin. Kartridjlar karton qutichada yorug‘likdan himoya qilingan joyda saqlansin. Ishlatilayotgan kartridjlarni 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda 6 hafta davomida saqlash mumkin. Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydi. Ortiqcha issiqlik va yorug‘likdan saqlansin.

Retsept bo‘yicha

Preparat 3 ml dan bir tomonidan kauchuk disklar, boshqa tomonidan kauchuk porshen bilan berkitilgan gidrolitik 1 sinfga mansub shisha kartridjlarda chiqariladi. Kartridj ichiga suspenziyani yengil aralashtiruvchi shisha sharik joylashtirilgan. Har bir kartridjda yengil yopishadigan etiketka bor. 5 dona kartridj polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folga kontur uyali o‘ramlarga joylangan. Bir kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga yig‘ma karton qutiga joylashtiriladi.

2,5 yil.