Mikoseptin

Tarkibi:

Har bir tuba (30 g) quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: undetsilen kislotasi -1,500 g; rux undetsilenati – 6,000 g; yordamchi moddalar: stearin kislotasi – 0,390 g; oq asal ari mumi – 0,690 g; qattiq parafin-1,050 g, suyuq parafin- 10,110 g, qattiq parafin (erish nuqtasi 64-680S) –      1,500 g, metilparagidroksibenzoat – 0,060 g, makrogol oleati -1,200 g; monoglitseridlar distillangan – 0,990 g; oq yumshoq parafin  – 4,110 g; tozalangan suv – 2,400 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

): undetsilen kislotasi + rux undetsilenati

Preparatning savdo nomi:

Mikoseptin

Farmakalogik guruhi:

zamburug‘larga qarshi vosita.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun surtma

deyarli oqdan to och-sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli, mayda yog‘li donalari bo‘lgan surtma.

zamburug‘larga qarshi vosita.

D01AE54

Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi. Shikastlangan terining toza, quruq yuzasiga sutkada 2 marta qo‘yiladi. Davolash kursi davomiyligi 4-6 hafta. Kasallikning klinik ko‘rinishlari yo‘qolganidan keyin, qaytalanishini oldini olish uchun surtmani sutkada 1 marta bir hafta davomida va keyin kunora yoki haftada ikki marta bir oy davomida qo‘yish tavsiya etiladi, davolash kursini qisqartirish kasallikning qaytalanishini xavfini oshiradi.

Qizarish, teri qoplamalarining qichishishi, shish, achishish hissi, teri toshmalari ko‘rinishidagi preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin. Yuqori sezuvchanlikning belgilari paydo bo‘lganida preparat qo‘llashni to‘xtatish va bu haqida shifokorga xabar berish kerak.

Mikoseptin® preparatining boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri haqida ma’lumotlar olinmagan. Sirtga qo‘llash uchun boshqa dori vositalarini bir vaqtda ishlatish mumkinligi shifokor tomonidan aniqlanadi.

Mikoseptin® preparatini ochiq jarohat yuzasiga, teri qoplamalarining shikastlangan yuzalariga, periorbital sohaga qo‘yish mumkin emas, surtmani ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida ishlatishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki preparatni homiladorlik va emizish davrida faqat shifokor tomonidan qat’iy ko‘rsatmalar bo‘lgandagina va ona uchun kutilgan foyda bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborish hollari ta’riflanmagan. Preparat tasodifan ichga qabul qilinganida ko‘ngil aynashi va qusish paydo bo‘lishi mumkin. Me’dani yuvish va shifokorga murojaat qilish kerak, zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun surtma. 30 g dan surtma alyumin tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.