Mikaminretsept bilan

Preparatning savdo nomi:

Mikamin

oq rangli liofillangan massa

J02AX05

Preparat vena ichiga yuboriladi. 12,5-200 mg va 3-8 mg/kg sutkalik dozalar diapazonida mikafungin to‘g‘ri chiziqli farmakokinetikaga ega. Takror yuborilganida preparatning tizimli kumulyatsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q, muvozanatli kontsentratsiyasi, qo‘llash boshlangan vaqtdan boshlab 4-5 kun davomida aniqlanadi. Taqsimlanishi Vena ichiga yuborilganidan keyin mikafunginning kontsentratsiyasi bieksponentsial pasayadi. Mikafungin to‘qimalarga tez taqsimlanadi. Tizimli qon oqimida mikafungin plazma oqsillari bilan, asosan albumin bilan faol (> 99%) bog‘lanadi. Albumin bilan bog‘lanishi 10-100 mkg/ml kontsentratsiyalar diapazonida barqaror qoladi. Muvozanatli kontsentratsiyaga erishilganda taqsimlanish hajmi (Vss) 18-19 l ni tashkil qiladi. Metabolizmi Mikafungin tizimli qon oqimida asosan o‘zgarmagan holda aylanib yuradi. Mikafunginni bir necha birikmani hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchrashi ko‘rsatilgan; ulardan mikafunginning M-1 (katexol shakli), M-2 (M1 metoksi hosilasi) va M-5 (yon bog‘ni gidroksillanishi natijasida hosil bo‘ladi) hosilalari tizimli qon oqimida oz miqdorda aniqlanadi. Metabolitlari mikafunginning samaradorligiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. In vitro sharoitida mikafungin CYP3A izofermentlari tomonidan metabolizmga uchrashi mumkinligiga qaramasdan, CYP3A izofermentlari ishtirokida gidroksillanish, preparatning in vivo sharoitidagi metabolizmining asosiy yo‘li hisoblanmaydi. Eliminatsiyasi va ekskretsiyasi Mikafunginning yarim chiqarilish davri (T1/2) 10-17 soatni tashkil qiladi, preparat bir marta va takroran yuborilganidan keyin 8 mg/kg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida o‘zgarmaydi. Sog‘lom ko‘ngillilarda va katta yoshdagi patsiyentlarda umumiy klirensi xam bir marta, ham takroran yuborishlarda 0,15-0,3 ml/min/kg ni tashkil qildi va dozaga bog‘liq bo‘lmagan. 25 mg 14S-mikafungin sog‘lom ko‘ngillilarga bir marta yuborilganidan keyin 28 kundan so‘ng radioaktiv nishonning 11,6% siydikda va 71,0% – ahlatda aniqlangan, bu mikafunginning asosan buyraklar orqali bo‘lmagan eliminatsiyasidan dalolat beradi. M-1 va M-2 metabolitlari plazmada juda xam oz kontsentratsiyalarda aniqlangan, M-5 metabolit esa, dastlabki birikmaning 6,5% ni tashkil qilgan. Turli guruh patsiyentlardagi farmakokinetikasi Bolalar: Bolalarda “kontsentratsiya-vaqt” (AUC) farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydonning kattaligi preparatning 0,5-4 mg/kg dozalar diapazoniga proportsionaldir. Klirensi yoshga bog‘liq bo‘lib, kichik (2-11 yosh) yoshli bolalarda klirensning o‘rtacha kattaliklari, katta yoshli (12-17 yosh) bolalarda va kattalardagiga qaraganda taxminan 1,3 marta yuqori. Chala tug‘ilgan chaqaloqlardagi (taxminan 26 haftalik) o‘rtacha klirensi, kattalarga qaraganda taxminan 5 marta yuqori. Keksa patsiyentlar: 50 mg mikafungin 1 soat davomida infuzion yuborilganida keksa yoshli (66-78 yosh) shaxslarda farmakokinetik parametrlari, yoshlardagi (20-24 yosh) shunday kattalikdan ahamiyatli farq qilmagan. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar: Jigar faoliyatining o‘rtacha darajada buzilishi (Chayld-Pyu indeksi – 7-9) bo‘lgan 8 patsiyent ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda, mikafunginning farmakokinetikasi 8 nafar sog‘lom ko‘ngillining farmakokinetikasidan biroz farq qilgan. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda mikafunginning farmakokinetikasi o‘rganilmagan. Buyrak disfunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlar: Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kalava filtratsiyasi < 30 ml/min) mikafunginning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmagan. Jins/irq: Jins va irq mikafunginning farmakokinetik parametrlariga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmagan.

Kattalar, shu jumladan keksalar va >16 yoshli o‘smirlar:Invaziv kandidozni davolash;Zamburug‘larga qarshi preparatlarni vena ichiga yuborish talab qilingan patsiyentlarda qizilo‘ngach kandidozini davolash;Patsiyentlarda qon yaratuvchi o‘zak hujayralarni allogen transplantatsiyasidan keyin yoki neytropeniya (neytrofillar soni <500/mkl) taxmin qilinayotgan bemorlarda 10 kun va undan ortiq vaqt davomida kandidozni oldini olish.Bolalar (shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar) <16 yoshli o‘smirlar:Invaziv kandidozni davolash;Patsiyentlarda qon yaratuvchi o‘zak hujayralarni allogen transplantatsiyasidan keyin yoki neytropeniya (neytrofillar soni <500/mkl) taxmin qilinayotgan bemorlarda 10 kun va undan ortiq vaqt davomida kandidozni oldini olish.

Mikamin® vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Mikamin® preparatining dozalash tartibi ko‘rsatmalar, patsiyentning yoshi va tana vaznini hisobga olingan holda 1- va 2-jadvallarda keltirilgan. 1-jadval. Kattalar, shu jumladan keksalar va > 16 yoshli o‘smirlarda dozalash tartibi:

Xavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilinganida jins va irqqa bog‘liq klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan. Turli a’zolar va tizimlar bo‘yicha nohush reaktsiyalar, tez-tezligi ko‘rsatilgan holda quyida keltirilgan: tez-tez: 1/100 dan < 1/10 gacha, tez-tez emas: ≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha, kam: ≥ 1/10 000 dan 1/1000 gacha, tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar tez-tezligini aniqlashga imkon bermaydi).

Faol moddaga yoki yordamchi komponentlarning biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik yoki ularni o‘zlashtiraolmaslik (galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi). Ehtiyotkorlik bilan Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari, surunkali jigar kasalliklari (jigar fibrozi, jigar tsirrozi, virusli gepatit, jigarning neonatal kasalliklari va fermentlarning tug‘ma nuqsonlari), yo‘ldosh gepatotoksik va/yoki genotoksik terapiya, bolalik yoshi (ayniqsa 1 yoshgacha), buyrak yetishmovchiligi, sirolimus, nifedipin, itrakonazol va amfoteritsin V bilan bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Mikafungin CYP3A izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalari bilan past potentsialli o‘zaro ta’sirga ega. Mikamin®ni 0,9% natriy xloridi va 5% dekstroza eritmasidan tashqari, boshqa farmatsevtik mahsulotlar bilan aralashtirish va patsiyentlarga bir vaqtda yuborish mumkin emas. Mikafungin mofetil, tsiklosporin, takrolimus, prednizolon, sirolimus, nifedipin, flukonazol, ritonavir, rifampitsin, itrakonazol, varikonazol va amfoteritsin B kabi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, mikafunginning dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Mikafungin ishlatilganida itrakonazol, sirolimus va nifedipinning AUC ahamiyatsiz – muvofiq ravishda 22%, 21% va 18% ga oshgan. Mikafungin va amfoteritsin V dezoksixolatni birga qo‘llanilishi amfoteritsin V dezoksixolatning ekspozitsiyasini 30% ga oshishi bilan kechgan. Bu holat klinik ahamiyatga egaligi tufayli, bunday preparatlarni birga qo‘llanishiga faqat, foyda xavfdan yaqqol ustun bo‘lgan hollarda, amfoteritsin V dezoksixolatning toksikligini sinchkov nazorati ostida jazm etish lozim. Mikamin® bilan majmuada sirolimus, nifedipin yoki itrakonazol olayotgan patsiyentlarda sirolimus, nifedipin yoki itrakonazolning toksik ta’sirini aniqlash maqsadida monitoring o‘tkazish va zarurati bo‘lganida ko‘rsatilgan preparatlarning dozasini pasaytirish lozim.

Mikafungin yuborilganida anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar, shu jumladan shok yuz berishi mumkin. Ular yuz berganida mikafungin infuziyasini to‘xtatish va tegishli davolashni buyurish lozim. Mikafungin qo‘llanganida Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi eksfoliativ teri reaktsiyalari paydo bo‘lishi mumkin. Agar patsiyentda toshma paydo bo‘lsa, ularni sinchkovlik bilan nazorat qilish va agar ular avj olsa, mikafunginni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Kam hollarda mikafungin bilan davolash fonida gemoliz, shu jumladan o‘tkir tomirlar ichki gemolizi va gemolitik anemiya kuzatilgan. Gemolizning klinik yoki laborator belgilari paydo bo‘lganida, patsiyentning holatini sinchkov monitoringini ta’minlash va davolashni davom ettirishning xavfi va foydasining nisbatini baholash lozim. Mikafungin ishlatilganida buyrak faoliyatini o‘zgarishi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi aniqlangan, shuning uchun davolash vaqtida buyrak faoliyatini sinchkov monitoringini ta’minlash lozim. Mikafunginni qo‘llash sog‘lom ko‘ngillilarda ham, bemorlarda ham jigar faoliyatini sezilarli yomonlashishi (alanin transaminaza, asparagin transaminazaning yoki umumiy bilirubinning darajasini normaning yuqori chegarasidan 3 martadan ko‘proq oshishi) bilan kechishi mumkin. Ayrim hollarda jigarning og‘ir disfunktsiyasi (gepatit yoki o‘lim bilan yakunlanuvchi jigar yetishmovchiligi) aniqlangan. 2 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda gepatotoksiklik xavfi oshadi. Kalamushlarda preparat >3 oy davomida qo‘llanganda o‘zgargan gepatotsitlarning lokal o‘choqlarini va jigar xujayralarining o‘smalarini shakllanishi kuzatilgan. Preparatni patsiyentlarda qo‘llash uchun bunday holatning ahamiyati aniqlanmagan. Mikafungin bilan davolash jaranida jigar faoliyatini sinchkov monitoringini ta’minlash lozim. Adaptiv regeneratsiya xavfini minimumga keltirish uchun va jigar o‘smalarini keyinchalik hosil bo‘lishi mumkinligini oqibati sifatida, alanin transaminaza, asparagin transaminaza darajasini ahamiyatli yoki persistik oshishida, preparatni bekor qilish tavsiya qilinadi. Mikafungin bilan davolashni, ayniqsa jigarning yaqqol fibrozi, tsirroz, virusli gepatit, chaqaloqlardagi jigar kasalliklari yoki tug‘ma fermentopatiyalar kabi o‘smaoldi holatlari sifatida namoyon bo‘lgan jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari yoki surunkali jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek gepatotoksik va/yoki genotoksik ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash hollarida, xavf va foyda nisbatini sinchkov chamalab o‘tkazish kerak. Ayrim nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi katta patsiyentlarga qaraganda bolalarda yuqoriroq bo‘lgan. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, 1 yoshdan katta bolalarga nisbatan alanin transaminaza, asparagin transaminaza va ishqoriy fosfatazaning faolligini taxminan 2 marta oshishi aniqlangan. Bu farqlarning eng ishonli sababi katta yoshdagi bolalar va katta bemorlarga nisbatan, klinik tadqiqotlardagi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarning turli dastlabki holati hisoblanadi. Patsiyentlarni tadqiqotga kiritish paytida neytropeniyasi bo‘lgan, suyak ko‘migini allogen transplantatsiyasidan keyingi bemorlar, shuningdek bolalar orasida xavfli gematologik o‘smalari bo‘lgan bemorlar ulushi (muvofiq 40,2%, 29,4% va 29,1%), katta patsiyentlarga (muvofiq 7,3%, 13,4% va 8,7%) qaraganada bir necha marta yuqoriroq bo‘lgan. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlarda qo‘llashning klinik tajribasi yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda mikofunginni yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi, shuningdek reproduktiv toksikligi aniqlangan. Shuning uchun Mikamin® ni homiladorlik vaqida faqat xavf/foyda nisbati sinchiklab baholanganidan keyingina qo‘llash kerak. Mikafunginni ko‘krak sutiga o‘tish, yoki o‘tmasligi noma’lum. Emizishni davom ettirish/to‘xtatish yoki Mikamin® bilan davolashni davom ettirish/to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni, bola uchun emizishning foydasi va ona uchun Mikamin® bilan davolashning foydasini hisobga olib qabul qilish kerak. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda testikulalarga nisbatan uningn toksik samarlari aniqlangan. Mikofungin erkaklarning reproduktiv potentsialiga potentsial ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga mikafunginni ta’sirini baholash bo‘yicha xech qanday tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta’sir qilishi mumikn bo‘lgan nohush reaktsiyalar yuz berishi mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Original o‘ramida, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Mikafunginning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Doza oshirib yuborilgan hollarda umumiy tutib turuvchi choralar va simptomatik davolashni qo‘llash kerak. Mikafungin oqsillar bilan yuqori bog‘lanish darajasi bilan xarakterlanadi va dializ yordamida chiqarilmaydi.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 50 mg yoki 100 mg. 52,5 mg (50 mg doza) yoki 106,0 mg (100 mg doza) dan mikafungin (mikafungin natriy ko‘rinishida), tiqin, alyuminiy/polipropilen qopqoqcha va issiqlikda zichlashuvchi o‘ram plyonkasi bilan berkitilgan rangsiz shisha (I turdagi) flakonlarda. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil