Migteraretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: zolmitriptan 2,5 mg yoki 5 mg; yordamchi moddalar: laktoza angidridi, mikrokristallik tsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati; qobiq: 2,5 mg – Opadru OY-S-32924 Yellow (gipromelloza, titan dioksidi, propilglikol, gidroksipropiltsellyuloza, polisorbat, xinolin sarig‘i, alyumin laki, vanilin, sorbin kislotasi); 5 mg – Opadru 20A24556 Pink (gipromelloza, gidroksipropiltsellyuloza, titan dioksidi, qizil temir oksidi, sariq temir oksidi, “SY”, sariq bo‘yovchisi, indigo-karmin laki).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

zolmitriptan

Preparatning savdo nomi:

Migtera

Farmakalogik guruhi:

Migrenga qarshi faollikga ega bo‘lgan preparat.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

2,5 mg – sariq rangli, oval shaklidagi, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida riskasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 5 mg – pushti rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida riskasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Migrenga qarshi faollikga ega bo‘lgan preparat.

N02CS03

Ichga qabul qilingandan keyin Migtera® tez va yaxshi (kamida 64%) so‘riladi. Smax ning 75% ga 1 soat davomida erishiladi; plazmada aniqlanadigan kontsentratsiyasi keyingi 4-6 soat davomida saqlanib qoladi. Preparatni so‘rilishi ovqat qabul qilishga bog‘liq emas. Bir martalik doza qabul qilinganda zolmitriptan va uning faol metaboliti 2,5 mg dan 5 mg gacha bo‘lgan dozagacha mutanosib ravishda bog‘liq bo‘lgan AUC va Smax ko‘rsatkichlarini namoyon etadi. O‘rtacha mutloq biokiraolishligi – taxminan 40% ni tashkil etadi. Ko‘p marta qabul qilinganda preparat kumulyatsiyasi kuzatilmagan. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past (taxminan 25%). 3 ta asosiy metabolitini: indolsirka kislotasi (plazma va siydikdagi asosiy metabolit), N-oksid va N-desmetil analoglar hosil bo‘lishi bilan jigarda metabolizmga uchraydi. N-desmetillangan metabolit (183S91) faol hisoblanadi, boshqa ikkita metaboliti faol emas. N-desmetillangan metabolit (183S91) zolmitriptanga nisbatan, 5NT1D-retseptorlarning agonisti sifatida 2-6 marta kuchliroq faollikga ega (hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar natijasiga asoslanib). N-desmetil-metabolitning (183S91) plazmadagi kontsentratsiyasi zolmitriptanning kontsentratsiyasini taxminan yarimini tashkil etadi, demak bu metabolit zolmitriptanning davolovchi ta’siriga o‘z hissasini qo‘shadi deb taxmin qilish mumkin.Bir martalik peroral doza ko‘rinishida qabul qilingan preparatning 60% dan ortig‘i siydik bilan (asosan indol-sirka metaboliti ko‘rinishida) chiqarib yuboriladi va taxminan 30% asosan o‘zgarmagan holda ahlat bilan chiqariladi. Zolmitriptaning T1/2 o‘rtacha 4,7 soat. Uning metabolitlarini T1/2 ko‘rsatkichi ular hosil bo‘lgani sayin, ularning ham taxminan xuddi shunday qiymatiga ega bo‘ladi. O‘rtacha va og‘ir og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda zolmitriptan va uning metabolitlarini klirensi sog‘lom ko‘ngillilarnikiga qaraganda 7-8 marta past, biroq zolmitriptan va faol metabolitning AUC ko‘rsatkichi bir oz oshadi (muvofiq ravishda 16% va 35% ga), T1/2 esa 1 soatga (3-3,5 soatgacha) uzayadi. Turli og‘irlik darajasidagi jigar kasalliklarida zolmitriptanning farmakokinetikasini baholaganda sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan, jigar funktsiyasini o‘rtacha og‘irlikdagi buzilishlari AUC ni 94% ga va Cmax ni 50% ga ortishi va og‘ir jigar yetishmovchiligida esa muvofiq ravishda 226% va 47% ga ortishi ko‘rsatilgan. Jigar kasalliklarida metabolitlarni (shu jumladan faol metabolitni) hosil bo‘lishi kamayadi. 183S91 metaboliti uchun jigar funktsiyasini o‘rtacha og‘irlikdagi buzilishlari bo‘lgan bemorlar guruhida AUC va Cmax ko‘rsatkichi 33% va 44% ga va jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda 82% va 90% ga kamayadi. Jigar funktsiyasi o‘rtacha buzilishi bo‘lgan bemorlar guruhida zolmitriptanning T1/2 7,3 soatni, jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda esa, 12 soatni tashkil etadi. Metabolitlarning T1/2 ko‘rsatkichiga muvofiq ravishda 5,7 s, 7,5 s va 78 s ni tashkil etdi. Ergotamin bilan farmakokinetik o‘zaro ta’siri kuzatilmagan. Sog‘lom keksa yoshdagi odamlardagi zolmitriptan farmakokinetikasi sog‘lom yosh odamlarning farmakokinetikasiga o‘xshash. Zolmitriptanni ergotamin/kofein bilan bir vaqtda yuborish yaxshi o‘zlashtirilgan va noxush reaktsiyalarning uchrash soni oshishiga va faqat zolmitriptanni yuborilganiga nisbatan, arterial bosimni o‘zgarishlariga olib kelmagan. Selegilin (V tipidagi MAO ingibitori) va fluoksetin (serotoninni qayta qamrab olishining selektiv ingibitori) zolmitriptanning farmakokinetik parametrlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Migren hurujlarini bartaraf etish uchun tavsiya qilingan doza – 2,5 mg. Agar simptomlar saqlanib qolsa yoki 24 soat ichida yana paydo bo‘lsa, preparatning takroriy dozasini qabul qilish talab etilishi mumkin. Bunda takroriy dozani birinchi doza qabul qilingandan keyin 2 soat davomida qabul qilinmasligi kerak. Agar uni 2,5 mg dozada qabul qilingandan keyin davolovchi samaraga erishilmasa, keyingi migren hurujlarini bartaraf etish uchun preparatni 5 mg dozada qo‘llash mumkin. Muhim klinik t’asiri  Migtera® qabul qilinganidan keyin 1 soat ichida namoyon bo‘ladi. Preparatning samaradorligi, tabletka huruj boshlangandan so‘ng qancha vaqtdan keyin qabul qilinganiga bog‘liq emas, biroq preparatni migrenoz bosh og‘riqlari boshlangan vaqtdan boshlab iloji boricha ertaroq qabul qilish tavsiya etiladi. Migrenning® takroriy xurujlari yuz berganida, 24 soat davomida qabul qilingan Migteraning® umumiy dozasi 10 mg dan oshmasligi kerak. Jigar funktsiyasini yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan bemorlarga dozani tuzatish kiritish talab etilmaydi, jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlarida 24 soat davomida qabul qilinadigan preparatning tavsiya qilinadigan maksimal dozasi 5 mg ni tashkil etadi. Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan bemorlarga preparatning dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma’lum – mavjud ma’lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlashni imkoniyati yo‘q. Immun tizimi tomonidan: kamdan–kam – anafilaksiya/anafilaktik reaktsiyalar, allergik reaktsiyalar. Asab tizimi tomonidan: tez-tez – sezuvchanlikni buzilishlari, bosh aylanishi, bosh og‘rishi, og‘riq sezuvchanligining oshishi, parasteziyalar, uyquchanlik, isib ketish hissi. Yurak qon-tomirlar tizimi tomonidan: tez-tez – yurakni urib ketishi; kam – taxikardiya, tranzitor arterial gipertenziya; juda kam – stenokardiya, koronar tomirlarini spazmi, miokard infarkti. Me’da-ichak yullari tomonidan: tez-tez – qorinda og‘riq, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, kusish; juda kam – gemorragik diareya, ichak ishemiyasi yoki infarkti, ishemik kolit, taloq infarkti. Teri va teri osti to‘qimlari tomonidan: kamdan-kam – Kvinke shishi, eshakemi. Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tez-tez – mialgiya, mushak kuchsizligi. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: juda kam – poliuriya, tez-tez siyishi. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidan buzilishlar: tez-tez – asteniya, og‘irlikni his qilish, halqumda, bo‘ynida va ko‘krak sohasida siqilish (EKG da ishemik o‘zgarishlar bilan kechmaydi). Migtera® odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Noxush reaktsiyalar yengil yoki o‘rtacha darajada namoyon bo‘ladi, o‘tkinchi hususiyatga ega va davolashsiz o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush reaktsiyalar ko‘pincha preparat qabul qilingandan so‘ng 4 soatdan keyin paydo bo‘ladi va takroriy dozalar qabul qilingani sayin tezlashmaydi.

Migrenni oldini olish uchun qo‘llaniladigan preparatlarni (beta-adrenoblokatorlar, digidroergotamin, pizotifen) birgalikda qabul qilish, Migteraning® samaradorligi, yoki noxush samaralariga biron-bir ta’sirini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q. Preparatning farmakokinetik parametrlari va o‘zlashtira olishi paratsetamol, metoklopramid va ergotamin bilan birga qo‘llanilganda o‘zgarmagan. Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida Migtera® va ergotamin orasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sir yo‘qligi ko‘rsatilgan, biroq koronar arteriyalarning vazospazmini rivojlanishi xavfi nazorat jihatdan ortishi mumkin. Shu boisdan, ergotamin saqlovchi preparatlarni bekor qilish va Migterani® buyurish o‘rtasidagi intervalga (kamida 24 soat) amal qilish tavsiya etiladi. Migtera® bekor qilingandan so‘ng ergotamin saqlovchi preparatlarni kamida 6 soatdan keyin buyurish kerak. Preparat qabul qilingandan keyin 12 soat davomida 5NT1v/1D – serotonin retseptorlarining boshqa agonistlarini yondosh qabul qilish istisno qilinishi lozim. Moklobemid (MAO ning A tip ingibitori) yuborilgandan keyin zolmitriptanning AUC ko‘rsatkichini biroz oshishi (26% ga) va uning faol metabolitining AUC ko‘rsatkichini uch barobar oshishi aniqlangan. Shuning uchun MAO ning A tipidagi ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlar uchun 24 soat davomida qabul qilingan preparatning maksimal tavsiya etiladigan dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak. Tsimetidin (tsitoxrom R450 fermentlarining ingibitori) qabul qilgandan keyin zolmitriptanning T1/2 ni 44% ga va AUC ko‘rsatkichini 48% ga oshishi aniqlangan. Faol N-demetillangan metabolitning T1/2 va AUC ko‘rsatkichlari ikki barobar ortgan, shuning uchun, tsimetidin qabul qilayotgan bemorlar uchun Migtera® prepratining 24 soat davomida qabul qilinadigan maksimal tavsiya etiladigan dozasi 5 mg ni tashkil etadi. Zolmitriptanning o‘zaro ta’siri umumiy profiliga asoslanib, uning CYP1A2 izofermenti ingibitorlari bilan o‘zaro ta’sirini istisno qilib bo‘lmaydi. Demak, shu turdagi preparatlar (fluvoksamin va xinolon qatori antibiotiklari) ni birga qo‘llanganda, 24 soat davomida qabul qilinadigan preparatning umumiy dozasini 5 mg gacha kamaytirish kerak. Rifampitsin yuborilgandan keyin zolmitriptan yoki uning faol metabolitlarining farmakokinetikasida klinik axamiyatli o‘zgarishlar kuzatilmagan. Birga qo‘llanganda dalachoy (Hypericum perforatum) preparatlari bilan o‘zaro ta’siri ro‘y berishi extimoli mavjud bo‘lgan va bu, noxush samaralarni yuz berishi xavfini (boshqa 5NT1v/1D serotoninli retseptorlarining agonistlari qo‘llanilganida bo‘lgani kabi) oshirishi mumkin.

Migtera® migren xurujlarini oldini olish uchun mo‘ljallanmagan. Preparat aura va aurasiz kechuvchi migrenda va hayz ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan migrenda yuqori samaraga ega. Preparatning samaradorligiga bemorlarning jinsi va yoshi, xurujni davomiyligi, preparatni qabul qilishdan oldin kuzatiladigan ko‘ngil aynishi va migren xurujlarini oldini olish uchun ishlatiladigan oddiy preparatlarni qabul qilinishi ta’sir etmaydi. Preparatni faqat tashxis aniq qo‘yilganda qo‘llash kerak. Preparatni qo‘llashdan oldin bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa jiddiy nevrologik xolatlarni istisno qilish kerak. Xozirgi paytda Migterani® gemplegik yoki bazilyar migrenda qo‘llanganini to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Migreni bo‘lgan bemorlarda miyada qon aylanishini buzilishlarni rivojlanish xavfi oshishi mumkin. 5NT1v/1D – serotonin retseptorlarining agonistlarini qabul qilayotgan bemorlarda gemorragik insult, subaraxnoidal insult, ishemik insult va miyada boshqa qon aylanishi buzilishlari aniqlangan. Ushbu sinf preparatlarini (5NT1v/1D – serotonin retseptorlarning agonistlari) qo‘llanganda juda kam holatlarda koronar qon tomirlarini spazmi, stenokardiya yoki miokard infarkti kuzatilgan. Yurak ishemik kasalligini rivojlanish xavfi yuqori darajada bo‘lgan bemorlarga preparatni qo‘llashdan oldin yurak-qon tomir tizimining holatini tekshiruvini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Anamnezida yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lmagan bemorlarda juda kam hollardja jiddiy yurak-qon tomir tizimi asoratlari rivojlanishi mumkin. Preparat qo‘llanganda (boshqa 5NT1v/1D – serotonin retseptorlarining agonistlari qo‘llanganida bo‘lgani kabi) yurak sohasida atipik hissiyotlar to‘g‘risida xabar berilgan. Ko‘krakda og‘riqlar yoki yurak ishemik kasalligining simptomlari paydo bo‘lganda, zolmitriptanni qabul qilishni, tegishli tibbiy tekshirishlar o‘tkazilguncha, to‘xtatish kerak. Anamnezida arterial gipertenziya borligidan qat’iy nazar, Migtera® AB ni yengil tranzitor oshishini (boshqa 5NT1v/1D – serotonin retseptorlarining agonistlari bilan bo‘lgani kabi) chaqirishi mumkin; juda kam xollarda AB ni bunday oshishi klinik jihatdan yaqqol namoyon bo‘lgan. Migtera® qo‘llanganda (5NT1v/1D – serotonin retseptorlarining boshqa agonistlari qo‘llanganda bo‘lgani kabi) kam holatlarda anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar kuzatilgan. Migrenga® qarshi preparatlarni xaddan tashqari ko‘p qo‘llash bosh og‘rig‘ini rivojlanish sonini oshishiga olib kelishi mumkin va bu davolashni potentsial bekor qilishni talab etadi. Pediatriyada qo‘llanilishi Migterani® bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Transport vositalarini va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta’siri Preparatni 20 mg gacha dozada qabul qilinganda psixomotor testlarni bajarishda axamiyatli darajada yomonlashishlar kuzatilmagan. Preparatni qo‘llash bemorning potentsial xavfli faoliyat turlari bilan mashg‘ul bo‘lishi yomonlashuviga olib kelishi extimolidan uzoq, lekin bemorni uyquchanlik rivojlanishi extimoli to‘g‘risida ogoxlantirish kerak. Preparatni bolalar ola olmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

FDA tasnifi bo‘yicha homilaga ta’siri –  S toifa. Xayvonlarda otkazilgan tadqiqotlarda dori vosita homilaga salbiy  tasir etgan, homilador ayollarga mos yetarli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, ammo, homilador ayollarda shu dori vositasini qullanganlik bilan bog‘lik potentsial foyda, xavf extimoli bulishiga qaramay, undan foydalanishni oqlashi mumkin. Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash yuzasidan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Migterani® homiladorlikda, faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan xolatlardagina qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida dori buyurilishini ehtiyotkorlik bilan hal kilinishi lozim Tajribalik tadqiqotlarda zolmitriptanni laktatsiya davridagi hayvonlar suti bilan ajralishi aniqlangan. Zolmitriptanni odamlarda ko‘krak suti bilan ajralishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Retsept bo‘yicha

«Migtera® 2,5» qobiq bilan qoplangan tabletkalar 2,5 mg dan №3 va №6. «Migtera® 5» qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg dan №3 va №6.

2 yil.