Mezonit

Tarkibi:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi: faol modda: mometazon furoati – 1 mg; yordamchi moddalar: suyuq parafin, stearin kislotasi, oktadetsil spirti, glitserin, ikki natriyli edetati (EDTA–2Na), suvsiz natriy sulfiti, etilparaben, peregal O, etanol.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

mometazon furoati

Preparatning savdo nomi:

Mezonit

Farmakalogik guruhi:

sirtga qo‘llash uchun teri kasalliklarini davolash uchun yuqori faol kortikosteroidlar (III guruh).

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun krem

oq yoki deyarli oq rangli krem

sirtga qo‘llash uchun teri kasalliklarini davolash uchun yuqori faol kortikosteroidlar (III guruh).

D07AC13

Preparatni so‘rilishi ahamiyatsiz. Odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar Mezonit 0,1% li kremini shikastlanmagan teriga qo‘yilgan dozasining taxminan 0,4% (okklyuzion bog‘lovsiz) 8 soatdan so‘ng tizimli qon oqimida aniqlanishini ko‘rsatdi. Terida kechayotgan yallig‘lanish va boshqa jarayonlar preparatni teri orqali o‘tishini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

ekzema;atopik dermatit;to‘qnashuv dermatiti;seboreyali dermatit;fotodermatit, quyosh dermatiti;eksfoliativ dermatit;staz dermatiti;radiatsion dermatit;psoriaz;anogenital va keksalar dermatitida qo‘llanadi.

Krem terining shikastlangan sohalariga kuniga 1 marta yupqa qavat qilib qo‘yiladi.

Kam hollarda: krem mahalliy qo‘llanganidan so‘ng achishish, qichishish, qo‘yilgan joyda o‘tkir og‘riq, atrofodermiya bo‘lishi mumkin. Glyukokortikoidlarni katta dozalarda va uzoq muddat qo‘llash chaqirgan nojo‘ya samaralar atrofodermiya, ta’sirlanish, perioral dermatit, teri infiltrati, ikkilamchi infektsiyalar, gipopigmentatsiya va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Teri qoplamlarining butunligini buzilishi (shu jumladan, yaqin vaqtdagi jarrohlik aralashuvlari);preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Aniqlanmagan.

Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi (faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng). 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar va atrofodermiyasi bo‘lgan keksa odamlarga preparat shifokor buyurishi bo‘yicha qo‘llanadi. 7 kun qo‘llashdan so‘ng davolash samarasi bo‘lmaganida shifokor bilan maslahatlashish kerak. Ko‘zlarga tushishidan saqlansin. Achishish, yallig‘lanish paydo bo‘lganida, preparatni terining yuzasidan oqar suv bilan yaxshilab yuvish va keyinchalik preparatni qo‘llash mumkinligini shifokor bilan maslahatlashish kerak. Davolanmagan zamburug‘li, bakterial, virusli infektsiyalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Kremning tashqi ko‘rinishi ko‘rsatilgan ta’rifi bilan mos kelmaganida preparat ishlatilmasin. Sirtga qo‘llash uchun ikki va undan ortiq preparatlar bir vaqtda qo‘llangan holda, ularni qo‘shish mumkinligi haqida shifokor bilan maslahatlashish kerak. Avtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasining ta’sirining o‘ziga xosligi Aniqlanmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

+250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparat mahalliy qo‘llanganida tizimli so‘rilishi tizimli samaralarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Davolash simptomatik.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun krem 10 g dan tubalarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.

2 yil.