Qon va limfatik tizim tomonidan: agranulotsitoz, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan: angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Ruhiyatni buzilishi: ruxiy buzilishlar, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, depressiya, uyqusizlik, jizzakilik, yuqori qo‘zg‘aluvchanli.
Nerv tizimi tomonidan: periferik sensor neyropatiya, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, bosh aylanishi, entsefalopatiyani va nimo‘tkir miya sindromini (harakat koordinatsiyasi va sinergizmini buzilishi, ataksiya, dizartriya, qadam tashlashni buzilishi, nistagm, tremor) rivojlanishi to‘g‘risida xabarlar qilingan bo‘lib, ular metronidazol bekor qilingandan keyin qaytuvchandir, aseptik meningit.
Ko‘rish a’zolari tomonidan: Ko‘rishni o‘tkinchi buzilishi, diplopiya, miopiya, jismlarning konturlarini yoyilib ketishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, rangli ko‘rishni buzilishi, neyropatiya/ko‘rish nervini nevriti.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: epigastriya sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish diareya, glossit, stomatit og‘izda “metall” ta’mi, ishtahani pasayishi, anoreksiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, qabziyat, pankreatit (qaytuvchan holatlar), til rangini o‘zgarishi/“karashlangan til” (zamburug‘li mikroflorani o‘sib ketishi tufayli).
Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: jigar fermentlari faolligini oshishi (aspartataminotransferaza/alaniaminotransferaza, ishqoriy fosfataza), xolestatik yoki aralash gepatit va jigarni ba’zida sariqlik bilan kechuvchi gepatotsellyular shikastlanishi.
Metronidazolni boshqa antibakterial vositalar bilan majmuaviy qabul qilayotgan patsiyentlarda jigarni ko‘chirib o‘tkazilishini talab qiladigan, jigar yetishmovchiligini rivojlanish hollari kuzatilgan.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: teri toshmasi, terini qichishishi, terini qizarishi, eshakemi, pufakli teri toshmasi, Stivens-Djonson sindromi, toksik elidermal nekroliz.
Buyrak va siydik-chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: siydikda metronidazolni suvda eriydigan metabolitini bo‘lishi bilan bog‘liq siydikni jigarrang-qizil rangga bo‘yalishi, dizuriya, poliuriya, tsistit, siydikni tutib turaolmaspik, kandidoz.
Umumiy buzilishlar va va yuborish joyidagi buzilishlar: isitma, burunni bitishi, artralgiya, xolsizlik, tromboflebit, (og‘riq, yuborish joyida og‘riq, qizarish yoki shish).
Laborator va instrumental ma’lumotlar: elektrokardiogrammada T tishchasini yassilanishi.