Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Metronidazol
Preparatning savdo nomi:
Metronidazol-RG
Farmakalogik guruhi:
Protozoylarga qarshi vositalar
Protozoylarga qarshi vositalar
Preparat mahalliy qo‘llanganda umumiy qon oqimiga juda sust so‘riladi.
Maksimal kotsentrattsiyasi (Smax) taxminan 70 ng/ml ni tashkil qiladi.
Umumiy qon oqimiga tushgan metronidozol gematoentsefalik va gematoplatsentar to‘siqlar orqali o‘tadi.
Preparatni quyidagi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda mahalliy davolash uchun qo‘llanadi: husnbuzar toshma, shu jumladan o‘smirlarda jinsiy yetilishi davrida;pushti husnbuzar, shu jumladan gormonal preparatlarni qabul qilish fonida paydo bo‘lgan pushti husnbuzar;orqa teshik yorig‘ida va gemmoroidal venalarning yallig‘lanishida infektsiyalanish xavfi;yomon bitadigan yotoq yaralar, oyoqlarning trofik xarakterga ega yarali shikastlanishlari, shu jumladan qandli diabet va/yoki venalarning varikoz kengayishi bilan asoratlangan;seboreya.
Sirtga.
Preparatni odatda yupqa qavat qilib shikastlangan sohaga ertalab va kechqurun surtiladi.
Gel bilan ishlov beriladigan sohani preparatni surtishdan oldin yaxshilab tozalash zarur.
Zarurat bo‘lganida preparatni bog‘lov ostiga surtish mumkin.
Odatda terapevtik samara preparatni qo‘llash boshlanganidan keyin ikki haftadan keyinoq seziladi.
Surtilganda preparatni barmoqlarning yostiqchalari (do‘mboq joyi) yoki kaft bilan shikastlangan soxaga yaxshilab ishqalanadi.
Preparatni ishlatishdan oldin va keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish tavsiya qilinadi.
Preparatni sirtga qo‘llanganda metronidazolning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi juda oz, shuning uchun metronidozol uchun xos bo‘lgan tizimli nojo‘ya ta’sirlarni rivojlanishi kuzatilmaydi.
Ammo ayrim patsiyentlarda preparatni surtilgan joyda terini qichishishi, eshakemi, ta’sirlanish, achishish hissi, qizarish va shish rivojlanishi mumkin.
Bundan tashqari, terini qurishi va tortishish hissi, teri qoplamlarini ko‘chishi yuz berishi mumkin.
Preparatni komponentlariga va imidazol hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Preparatni homiladorlik davrida qo‘llashga qarshi ko‘rsatma yo‘q.
Ammo uni homiladorlikning I uch oyligida va laktatsiya davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganda, faqat davolovchi shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Metronidazolni sulfanilamidlar va antibiotiklar bilan birga qo‘llash mumkin.
Varfarinning antikoagulyant ta’sirini kuchaytiradi (protrombin hosil bo‘lish vaqtini oshiradi).
Disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llash, gelning zaharliligini kuchaytiradi, bu nevrologik belgilarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Tsimetidin metronidazolni metabolizmini bostiradi, bu metronidazolning qon zardobidagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Mahalliy qo‘llanganda tizimli qon oqimiga juda oz so‘rilishiga qaramay, uning tarkibiga kiruvchi metronidazol, bilvosita antikoagulyantlar ishlatilganda protrombin vaqtini oshirishi mumkin.
Gelni ko‘zga tushishidan saqlanish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 1525°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Hozirgi vaqtda sirtga qo‘llash uchun gel shaklidagi preparat dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabarlar tushmagan.
Retseptsiz
1% gel 5, 10, 20, 30 g dan tubalarda yoki 30 g dan bankalarda.